“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi
nizomga muvofiq buyuraman
: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 14-noyabrdagi 132-sonli “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari”ga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
buyrug‘i” (2002-yil 20-noyabr, ro‘yxat raqami 486-1 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 22-son).
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo‘lib hisoblanadi.
17. Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi mazkur BHMSning 13-bandida nazarda tutilgan tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xarajatlarni qo‘shgan holda, bojxona yuk deklaratsiyasi yoki ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish sanasidagi chet el valyutasidagi summani O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan so‘mda belgilanadi.
22. Tashkilot tomonidan chetdan qayta sotish uchun xarid qilingan tovarlar xarid qiymati bo‘yicha hisobga olinishi mumkin. Bunda mazkur BHMSning 13-bandida nazarda tutilgan tovarlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ular yuzaga kelgan hisobot davrida tashkilotning davr xarajatlariga (sotish bo‘yicha) kiritiladi.