Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
28.09.2020
25.01.2012
11.02.2011
24.12.2010
25.07.2006
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
PQ-425 25.07.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
[
OKOZ:
1.
08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.03.00.00 Kommunal xo‘jalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va ta’mirlash]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
1991-YILGAChA QURILGAN KO‘P XONADONLI TURAR JOY BINOLARINING UMUMFOYDALANADIGAN JOYLARI VA MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI KAPITAL TA’MIRLANIShINI YAKUNLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini isloh qilish Dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mulkdorlarga tegishli turar joy fondini saqlashda ularning rolini oshirish, 1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalari kapital ta’mirlanishini o‘z vaqtida yakunlashni ta’minlash maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan, 1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalarini 2007—2010-yillarda kapital ta’mirlash Jadvali ilovaga
*
muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, uy-joy fondini saqlash monitoringini o‘tkazuvchi komissiyalar rahbarlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining raislari zimmasiga mazkur Jadvalning ijrosi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
2. Belgilansinki:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari, Toshkent shahrida esa Toshkent shahar hududiy kommunal-ekspluatatsiya birlashmalari turar joy binolarini kapital ta’mirlash ishlari bo‘yicha bosh buyurtmachi, xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari esa buyurtmachi hisoblanadi;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari kapital ta’mirlash umumiy smeta qiymatining 30 foizi miqdoridagi mablag‘lar depozit hisobvaraqlarda jamlanishini ta’minlash va kapital ta’mirlash yakunlangandan so‘ng binolarni foydalanish uchun qabul qilib olish ishlarini tashkil etishga javobgardirlar;
1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarini kapital ta’mirlash faqat tanlov (tender) savdolari asosida shartnoma tuzish orqali, tanlov komissiyalari tarkibiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va fuqarolarning mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillarini albatta kiritgan holda amalga oshiriladi;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari turar joy binolarini foydalanish uchun qabul qilib olgandan so‘ng uni saqlashni ta’minlash, profilaktika va ta’mirlash ishlarini olib borish, uylar atrofini yaxshi saqlash va aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishni tashkil etadilar.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, uy-joy fondini saqlash monitoringini o‘tkazuvchi komissiyalar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari ishtirokida:
1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarini puxta inventarizatsiya qilish bo‘yicha xulosalar asosida har yili uylarning nuqsonlari ko‘rsatilgan dalolatnomalar tuzsin hamda ularning shahar va tumanlar bo‘yicha 2007—2010-yillarda kapital ta’mirlashning aniq manzilli dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
har yili tasdiqlanadigan manzillar ro‘yxatiga 1991-yilgacha qurilgan turar joy binolarini kapital ta’mirlash umumiy smeta qiymatining shirkatning depozit hisobvaraqlarida jamlangan 30 foizi miqdorida, jumladan homiylar mablag‘lari hisobiga, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan moliyalashtirilishi sharti bilan kiritsin;
ko‘p xonadonli uy-joy fondida tasdiqlangan loyiha hujjatlarini, jumladan resurs smetasini (uylarni kapital ta’mirlash bo‘yicha ishlarning baholangan ro‘yxatini) hisobga olgan holda olib borilayotgan ta’mirlash-qayta tiklash ishlari ustidan nazoratni amalga oshirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, ilovaga muvofiq, 1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarini kapital ta’mirlashda bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya etilishini qattiq nazoratga olsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2007—2010-yillarda tegishli yilga Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarini kapital ta’mirlashni moliyalashtirish uchun ta’mirlash umumiy smeta qiymatining 70 foizi miqdorida mablag‘ ajratishni nazarda tutsin;
mazkur mablag‘lar turar joy binolarining muhandislik kommunikatsiyalari va tomini kapital ta’mirlashga qat’iy yo‘naltirilganligini nazarda tutgan holda, ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilsin.
6. 2007-yilning 1-yanvaridan 2014-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda barcha turdagi soliqlar, yig‘imlar va budjetga, davlat maqsadli fondlari hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga, yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, majburiy ajratmalar to‘lashdan:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli
Farmoni
tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli
qaroriga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ixtisoslashtirilgan boshqaruvchilari — xizmat ko‘rsatish tashkilotlari uy-joy fondiga xizmat qilish va ta’mirlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatganda ozod etilsin.
7. “O‘zkommunxizmat” agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalarini 2007—2010-yillarda kapital ta’mirlash Jadvalining bajarilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda tahliliy axborot berib borsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-iyul,
PQ-425-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 291-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda)
×
×