[
OKOZ:
1.
13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.
14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OLIY VA O‘RTA MAXSUS O‘QUV YuRTLARINI, HUNAR TEXNIKA
BILIM YuRTLARINI, ILMIY-TADQIQOT TAShKILOTLARINI
VA SOG‘LIQNI SAQLASh OBYEKTLARINI O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI YuRISDIKSIYASIGA O‘TKAZISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qarorga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-martdagi 148-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 Yil 30-dekabrdagi 318-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi
qarori
bilan qisman o‘zgartirish kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, ittifoq tasarrufida bo‘lgan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va sog‘liqni saqlash obyektlari ular bo‘ysunib kelgan ittifoq vazirliklari va idoralari tugatilganligi hamda ularning normal ishlashini ta’minlash zarurati munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ilgari ittifoq vazirliklari va idoralari tasarrufida bo‘lgan oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va sog‘liqni saqlash obyektlari ilovaga
*
muvofiq respublika vazirliklari va idoralari tasarrufiga o‘tkazilsin.
* Ilova berilmaydi.
Qabul qilish-topshirish belgilangan tartibda amalga oshirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘tkazilayotgan o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va sog‘liqni saqlash obyektlariga mablag‘ ajratish tartibini belgilasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi zimmasiga respublika vazirliklari va idoralari tasarrufiga o‘tkazilgan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga o‘quv-metodik rahbarlik qilish vazifasi yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Toshkent sh.,
1991-yil 30-dekabr,
318-son