O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga asoslangan bo‘lib, ushbu Kodeksdan iboratdir.
Jazolashdan ko‘zlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar ushbu Kodeks 97-moddasining birinchi qismi,
98,
104 — 106,
118,
119,
137,
164 — 166,
169-moddalari, 173-moddasining
ikkinchi va
uchinchi qismlari,
220,
222,
247,
252,
263,
267,
271-moddalari, 277-moddasining
ikkinchi va
uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
Ushbu Kodeksning 122,
123,
127,
144,
146,
193 — 195,
205 — 210,
225,
226,
230 — 232,
234,
235,
279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom bo‘lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo‘lgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi.
Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan bo‘lsagina qo‘llaniladi.
Xizmat bo‘yicha cheklash jazo chorasi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat yoki og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish, qamoq yoki axloq tuzatish ishlari jazosi o‘rniga shu muddatga xizmat bo‘yicha cheklash jazosini qo‘llashi mumkin.
Intizomiy qismga jo‘natish jazosi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga shu muddatga intizomiy qismga jo‘natish jazosini qo‘llashi mumkin.
Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha jazolarni qo‘shish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin.
Yengillashtiruvchi holat ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
Ushbu holatlar Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni e’tiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin.
Sud shu asoslarni e’tiborga olib, ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida qo‘llanilishi shart deb ko‘rsatilgan qo‘shimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin.
g) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab (ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno) — o‘n besh yil o‘tib ketgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Sodir etilgan jinoyat uchun ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida o‘lim jazosi tayinlash nazarda tutilgan bo‘lsa, javobgarlikka tortish muddatlarini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim topmasa, o‘lim jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Bunday shaxs ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan kundan hisoblanadi.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llaniladi.
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashi mumkin.
Bunday shaxslar tuzalganidan keyin, ushbu Kodeksning 69-moddasida nazarda tutilgan va sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadigan muddatlar o‘tib ketmagan bo‘lsa, jazo ijro etiladi.
Ushbu Kodeksning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ham sudlanganlik olib tashlanishi mumkin.
Agar ushbu Kodeksning 44,
46-moddalari asosida hukm bo‘yicha tayinlangan jazoni sud boshqa jazo bilan almashtirgan bo‘lsa, sudlanganlik muddati jazoning amalda o‘tab bo‘lingan yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan mehnat va o‘qishga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnat yoki o‘qishga halol munosabatda bo‘lib kelayotgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, ularni davolash jazoni o‘tayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat bo‘lsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish —
k) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan yoxud ushbu Kodeksning
97-moddasida nazarda tutilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan shaxs tomonidan;
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar ehtiyotsizlik orqasida:
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida:
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
b) ilgari ushbu Kodeksning 118 yoki
119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ushbu Kodeksning 135 yoki
137-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan sodir qilingan bo‘lsa, —
Ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmagani holda odam o‘g‘rilash —
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini
Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish —
Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zo‘ravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining O‘zbekiston
Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik —
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish —
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar.
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Yo‘lovchi, piyoda, velosiped, ot-ulov transportining haydovchisi yoki yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari tomonidan, ushbu Kodeksning 261-263,
265 yoki
266-moddalarida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, harakat xavfsizligi qoidalarini yoki barcha turdagi transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —