O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi.
Jinoyat ishlari hay’atda ko‘riladi, Jinoyat kodeksi 15-moddasining ikkinchi va
uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar esa, sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi.
Davlat va jamoat ayblovchilari, sudlanuvchi, voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari sud majlisida taraflar sifatida ishtirok etadilar va dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning to‘g‘ri hal etilishi uchun ahamiyatga molik har qanday masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar. Sudya yakka o‘zi yoki sud tarkibida ish tutib, ushbu Kodeksning 29-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bilan bog‘liq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qiladi va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi.
Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhining boshlig‘i va uning o‘rinbosari ishlarni tekshirib ko‘rishga, shuningdek dastlabki tergov o‘tkazish, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yo‘nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish haqida tergovchiga ko‘rsatmalar berishga, ishni bir tergovchidan ikkinchi tergovchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha tergovchiga topshirishga, shuningdek tergovchi vakolatlaridan foydalanib, dastlabki tergov olib borishda qatnashishga va dastlabki tergovni shaxsan o‘zi olib borishga haqlidir. Ushbu Kodeksning 38-moddasida sanab o‘tilgan har bir organning rahbarlari surishtiruv organining boshlig‘i sifatida jinoyat ishini qo‘zg‘atishga, bu ishni o‘zining ish yuritishiga qabul qilish va surishtiruvni boshlashga yoki o‘ziga bo‘ysunuvchi boshqa xodimga surishtiruv yuritishni topshirishga yoxud ish qo‘zg‘atishni rad etishga yoki arizani, xabarni tergovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazishga haqlidir.
Ushbu Kodeks 51-moddasi birinchi qismining 1 — 4 va
8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda himoyachidan voz kechish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud uchun majburiy emas.
Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; ishda ishtirok etish uchun o‘ziga ijozat berilgani to‘g‘risida surishtiruv, dastlabki tergov organlari va suddan yozma ravishda tasdiq talab qilish; gumon qilinuvchi so‘roq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov e’lon qilinayotganda hozir bo‘lish hamda ayblanuvchi so‘roq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tergov harakatlarida qatnashish va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda ishtirok etish; o‘zi qatnashgan tergov harakatlarining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar taqdim qilish; davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan hamda jamoat birlashmalaridan himoyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlar so‘rab olish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida o‘tkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, dastlabki tergov tamom bo‘lgandan keyin esa, jinoyat ishiga doir barcha materiallar bilan tanishish va ulardan kerakli ma’lumotlarni yozib olish; agar himoyani amalga oshirish zaruriyati taqozo etsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sir hisoblangan ma’lumot bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanishish; ishning suddagi muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish; apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga egadir. Mutaxassis: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; tergov harakatlari va sud muhokamasini yuritishda dalillarni topish va mustahkamlash uchun ilmiy-texnika vositalari, maxsus bilim va malakasidan foydalangan holda ishtirok etishi; ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning e’tiborini qaratishi; o‘zi bajarayotgan harakatlar bo‘yicha tushuntirishlar berishi; jinoyatning kelib chiqish sabablarini, sodir qilinishiga imkon bergan sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. 1) u shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa; Ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek ishda ishtirok etayotgan shaxslardan birortasiga xizmat yuzasidan yoki boshqa jihatdan tobe bo‘lsa, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va rad qilinishi lozim.
Ushbu Kodeksning 76 — 79-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi, jamoat birlashmasining yoki jamoaning vakili, himoyachi, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis o‘zini o‘zi rad etishi shart. Agar o‘zlari bunday qilmasalar, ular shu asosga ko‘ra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, himoyachi tomonidan, sud majlisida esa, bundan tashqari davlat ayblovchisi, jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili tomonidan rad qilinishi mumkin.
Bu ma’lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi. 2) sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa holatlari; qilmish va ro‘y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish;
Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, sxemalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, o‘tkazilgan joyi, sanasi ko‘rsatilgan izohlovchi matn bo‘lishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi o‘z imzolari bilan tasdiqlaydilar. Dalillar belgilangan tartibda to‘plangan va ushbu Kodeksning 92 — 94-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo‘lsagina, ular maqbul deb e’tirof etiladi.
Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilish oldidan so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tug‘ilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu ma’lumotlarni jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rishi yoxud so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa, aynan o‘sha shaxs ekanligiga boshqa yo‘llar bilan ishonch hosil qilishi lozim. Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek, ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi.
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va
48-moddalarida nazarda tutilgan protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi.
Yuzlashtirish o‘tkazish chog‘ida ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan so‘roq qilishning umumiy qoidalariga, shuningdek ushbu bobning quyidagi qoidalariga rioya qilinadi.
Barcha hollarda bayonnomaga: tanib oluvchi, tanib olish uchun ko‘rsatish sharoiti, jarayoni va natijalari, tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar, ularning yoshi, bo‘yi, millati, turar joyi, ko‘zga tashlanuvchi belgilari, kiyimlari; tanib olish uchun ko‘rsatilgan narsalar tavsifi; tanib olish uchun ko‘chmas obyektlar ko‘rsatilganda esa, shuningdek tanib oluvchi ko‘rsatgan yo‘nalishlar va izlanayotgan obyektga biror aniq joydan borish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim. Ko‘rsatuvlar hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirilgani haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa tekshiruvning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasiga kiritadi.
Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun ko‘rsatish chog‘ida ushbu Kodeksning 126 va
131-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinadi. Tanib olinmagan murdalarning barmoq izlari olinishi shart. Ushbu Kodeksning
188 — 191,
193 va
197-moddalari talablariga rioya qilgan holda murdadan tekshirish uchun boshqa xil namunalar ham olinishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi ko‘zdan kechirish o‘tkazilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuzadi, sud esa ko‘zdan kechirish jarayonini va uning natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi.
Guvohlantirish o‘tkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa guvohlantirish jarayoni va natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomada guvohlantirish o‘tkazgan shaxsning hamma harakatlari va guvohlantirish davomida aniqlangan barcha izlar, xususiyatlar va belgilar qayd etilgan bo‘lishi lozim.
Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksgumatsiya jarayoni va natijalarini sud majlisining bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomaga qabr, tobut va murdaning fotosuratlari, kinotasvir va videoyozuvlari ilova qilinishi mumkin.
Tajriba harakatlarini o‘tkazishdan oldin o‘rganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan ko‘rsatuv yoki tusmollarga to‘la muvofiq holda tiklangan bo‘lishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida o‘zi qatnashgan yoki shohid bo‘lgan hodisaning sharoit va holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini o‘tkazadi, shu maqsadda o‘lchash, fotosuratga tushirish, kinotasvirga olish, ovoz yozish, videoyozuv, reja, sxema va chizmalar tuzish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin. Eksperiment o‘tkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksperimentning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. Bundan tashqari, bayonnomada: eksperiment qanday maqsadda, qachon, qayerda va qanday sharoitda o‘tkazilganligi; hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda o‘z aksini topganligi; qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta o‘tkazilganligi; qanday natijalar olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Ushbu Kodeksning 157 va
158-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiyimlari, uning yonidagi buyumlari ichidan yoki badanidan topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarni olib qo‘yishi mumkin.
Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish ushbu Kodeksning 157 — 161-moddalarida ko‘rsatilgan qoidalar asosida o‘tkaziladi. Ammo shaxsiy tintuv va olib qo‘yish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan o‘tkazilishi mumkin:
Surishtiruvchi, tergovchi olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazilgani to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda bayonnoma tuzadi. Sud tomonidan o‘tkazilgan narsa va hujjatlarni olib qo‘yish natijalari sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi aloqa muassasasiga borib, ushlangan pochta-telegraf jo‘natmalarini xolislar ishtirokida, zarurat bo‘lganda esa, tegishli mutaxassis ishtirokida ochib, ko‘zdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar, hujjatlar, narsalar topilgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi pochta-telegraf jo‘natmalarini olib qo‘yadi yoxud ulardan nusxa ko‘chirish bilan chegaralanadi. Agar ko‘zdan kechirilgan jo‘natmalarda ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar, hujjatlar, narsalar bo‘lmasa, surishtiruvchi, tergovchi ularni egalariga yetkazish yoki o‘zi belgilagan muddatgacha ushlab turish haqida ko‘rsatma beradi. Ekspertizani tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertga ekspertiza tayinlanganligi to‘g‘risidagi qarorni yoki ajrimni taqdim etadi, uni ushbu Kodeksning 68-moddasida ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlari bilan tanishtiradi va xulosa berishdan bo‘yin tovlaganlik, shuningdek bila turib yolg‘on xulosa berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi. Ekspert bergan ariza va iltimosnomalar ham shu zaylda qayd etiladi. Ekspertning iltimosi rad etilsa, ekspertiza tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradi.
Ekspertning xulosasida: uning familiyasi, ismi va otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosi, ushbu ixtisoslik bo‘yicha staji, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi; xulosa berishdan bo‘yin tovlaganlik va bila turib yolg‘on xulosa berganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ekspertning ogohlantirilganligi; ekspertiza qaysi protsessual qarorga asosan va qachon o‘tkazilganligi; uni o‘tkazish vaqtida kim hozir bo‘lganligi; ekspert ishning qaysi materiallaridan foydalanganligi, qaysi ashyoviy dalillar, namunalar va boshqa obyektlar tekshiruvdan o‘tkazilganligi; xususan qanday tekshirishlar o‘tkazilganligi, qanday usullardan foydalanilganligi va ularning ishonchlilik darajasi; qo‘yilgan savollarga berilgan asosli javoblar, shuningdek ish uchun ahamiyatli bo‘lgan va ekspert o‘z tashabbusi bilan aniqlagan holatlar ko‘rsatilishi lozim. O‘zga shaxslardan namunalar faqat ushbu Kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan hollarda hamda tanosil kasalligi va boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda majburlov yo‘li bilan olinishi mumkin.
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olinganligi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa, o‘ziga kelgan namunalarni sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi.
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taqdim qilingan narsani ushbu Kodeksning 136,
137,
139 va
140-moddalarida bayon qilingan qoidalarga asosan ko‘zdan kechirishi, agar taqdim qilingan narsani ish uchun ahamiyatli deb topsa yoki kelgusida ahamiyati bo‘lishi mumkin deb hisoblasa, uni qabul qilishi shart. Shuningdek ushbu ish uchun ahamiyatli bo‘lmagan, lekin muomaladan chiqarilgan narsalar (qurollar, giyovandlik vositalari, pornografiya nashrlari va boshqalar) ham qabul qilib olinishi lozim.
Ushbu Kodeksning 203-moddasida ko‘rsatilgan alomatlari, belgilari, izlari bo‘lgan hujjatlar va boshqa xatlar ham ashyoviy dalil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ashyoviy va yozma dalil sifatida foydalaniladigan narsalar, hujjatlar va boshqa yozuvlar hodisa sodir bo‘lgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni ko‘zdan kechirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ko‘rsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, olib qo‘yish, tintuv yoki eksperiment o‘tkazish jarayonida olinishi mumkin yoxud ular ushbu Kodeksning 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilinishi mumkin.
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar saqlanadigan joy ma’muriyati: ushlangan va qamoqqa olinganlarning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga yozgan shikoyat va arizalaridan tashqari, xat-yozishmalarini nazorat qilish; ularga kelgan posilka, banderol va yo‘qlovlarni ko‘zdan kechirish; ularni shaxsiy tintuvdan o‘tkazish, barmoq izlarini olish, fotosuratga tushirish; ushlanganlar va qamoqqa olinganlar qonun bo‘yicha egalik qilishi, foydalanishi va tasarruf etishi mumkin bo‘lmagan pullar, boyliklar, shuningdek, narsalarni olib qo‘yish va saqlash; bir jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning o‘zaro muloqotda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik huquqiga ega. Militsiya yoki boshqa surishtiruv organining xodimi, shuningdek muomalaga layoqatli har qanday shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir.
Militsiya xodimi, boshqa vakolatli shaxs yoki fuqaro bevosita ko‘rib yoki boshqa shohidlarning ko‘rsatuvlari bo‘yicha ushbu Kodeksning 221-moddasida ko‘rsatilgan ushlab turish asoslaridan biri mavjudligini aniqlasalar, gumon qilinuvchiga jinoyat sodir etgani uchun ushlanganligini bildirishlari va yaqin oradagi militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishni talab qilishlari shart. Bunday hollarda ushlayotgan shaxs o‘zini tanishtirishi va ushlanganning talabiga ko‘ra shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi shart.
Ushlab turish, jinoyat ishi qo‘zg‘atish, ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorlar darhol gumon qilinuvchiga e’lon qilinadi, ayni vaqtda unga ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan huquqlari tushuntiriladi. Qaror bilan tanishtirilgani va huquqlari tushuntirilgani qarorda qayd etilib, vakolatli shaxs va ushlangan shaxs tomonidan imzolanib, tasdiqlanadi. Bunda ushlangan shaxs ushlab keltirilgan paytdan boshlab yigirma to‘rt soatdan kechiktirilmay so‘roq qilinishi lozim.
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxs ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarga ega. Bundan tashqari, u qonun bilan belgilangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan o‘z kiyimidan, poyabzalidan va boshqa zarur buyumlaridan foydalanishga haqlidir.
Ayblanuvchi, sudlanuvchi sodir etgan, Jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi va
beshinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatning xavfliligi tufayli u surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan yashirinishi mumkin degan o‘rinli taxmin ham qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asos bo‘lishi mumkin.
Ehtiyot choralaridan qaysi birini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslardan tashqari qo‘yilgan aybning og‘irligini, ayblanuvchining shaxsini, mashg‘ulot turini, yoshi, sog‘lig‘i, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni ham hisobga oladi.
Qamoqqa olinganlar Jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi va
beshinchi qismlarida nazarda tutilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan bo‘lsalar, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan turma yoki tergov hibsxonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshganlarga, shifokor tomonidan tasdiqlangan og‘ir kasallarga va ruhiy kasallikka chalinganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Turmada saqlash sharoitlari tergov hibsxonasida saqlash sharoitlaridan farq qilmasligi kerak.
Garovni qabul qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisi bayonnomasiga tegishlicha yozib qo‘yadi. Bayonnomada ayblanuvchiga, sudlanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46-moddasida ko‘rsatilgan majburiyatlari tushuntirilganligi va bu majburiyatlarni buzmaslikka u so‘z berganligi, garovga qo‘yuvchiga esa, ayblanuvchi, sudlanuvchi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda garovga qo‘yilganlaridan mahrum bo‘lishi ma’lum qilingani ko‘rsatilishi lozim. Bayonnoma garovni qabul qilgan mansabdor shaxs, garovga qo‘yuvchi va ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan imzolanadi.
Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ayblanuvchining yoki sudlanuvchining surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga tergov va suddan yashirinmaslik, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilmaslik, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanmaslik, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi bilan yetib kelish haqida bergan yozma majburiyatidan iboratdir. Tilxat beruvchi shaxs bundan tashqari o‘z zimmasiga surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan chiqib ketmaslik va shu aholi punkti doirasida istiqomat joyini o‘zgartirsa, bu haqda ularni xabardor qilish majburiyatini oladi. Jamoat birlashmasi yoki jamoa o‘z qarorini ayblanuvchining, sudlanuvchining munosib xulq-atvorda bo‘lishiga kafil ekanligi to‘g‘risidagi yozma majburiyat tarzida bayon qiladi. Bu majburiyat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga taqdim qilinadi, ular jamoat birlashmasi yoki jamoaning qaroriga rozi bo‘lsalar, shunday ehtiyot chorasini tanlab, bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradilar. Ayni vaqtda jamoat birlashmasi yoki jamoa vakiliga ushbu ehtiyot chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga esa, basharti xulq-atvori nomunosib bo‘lsa, ehtiyot chorasi jiddiyrog‘i bilan almashtirilishi mumkinligi tushuntirilgani to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Jabrlanuvchilar va guvohlarni ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirish mumkin emas. Ular gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi Jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi va
beshinchi qismlarida nazarda tutilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishda aybli ekanligini ochib berayotgan va ular bergan ko‘rsatuvlarning ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
Jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlariga o‘ldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yo‘q qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki o‘zga g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotir deyish uchun yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishlari shart. Jinoyat ishini yuritish chog‘ida Jinoyat kodeksining 230 — 241-moddalarida nazarda tutilgan, odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatni sodir etgan protsess ishtirokchilari ushbu Kodeksning umumiy qoidalariga binoan javobgarlikka tortiladilar.
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari — surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, mutaxassis, ekspert, tarjimon, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, xalq maslahatchilarining kelishiga to‘sqinlik qilganlik, jinoyatning sabablariga va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarga barham berish to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasini yoki sudning xususiy ajrimini bajarmaganlik yoxud talab darajasida bajarmaganlik uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishlari mumkin. Sud majlisida tartibni buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunmagan yoki sudni behurmat qilgan taqdirda tartibbuzar bunday harakatlarning takrorlanishi uni sud majlisi zalidan chiqarib yuborishga sabab bo‘lajagi haqida, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibbuzar esa, bundan tashqari, ma’muriy javobgarlikka tortilishi ham mumkinligi xususida ogohlantiriladi. Bu ogohlantirish ta’sir qilmasa, protsess ishtirokchisi sudning ajrimiga, boshqa shaxslar esa, raislik qiluvchining farmoyishiga muvofiq sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Ishni ko‘rish chiqarib yuborilgan shaxslarsiz davom ettiriladi.
Sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan qilmish jinoyat deb topilmaganligi sababli u oqlangan taqdirda, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan asoslardan boshqa asoslarga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha ish yuritish tugatilganda sud da’voning isbotlanish darajasi va hajmini e’tiborga olib, uni to‘liq yoki qisman qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi mol-mulkni xatlash to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan kam bo‘lmagan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada xatlangan barcha mol-mulkning nomi, o‘lchovi, og‘irligi, eskirish darajasi va boshqa o‘ziga xos belgilari sanab o‘tilib, mol-mulkni xatlayotgan shaxsning harakatlari to‘g‘risidagi va bayonnomaga kiritilgan mol-mulkning uchinchi shaxslarga tegishliligi haqidagi arzlar bayon etiladi. Mol-mulk olib qo‘yilgan taqdirda aynan nimaning olinganligi va qayerga yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada ko‘rsatiladi.
Oqlov hukmi, shuningdek ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan holatlar shaxsni reabilitatsiya etishga asos bo‘ladi.
Bunday hollarda reabilitatsiya etilgan shaxsning ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan mehnat qilish, nafaqa olish, uy-joydan foydalanish va boshqa huquqlari ham tiklanishi lozim.
Reabilitatsiya etilgan shaxsga ushbu Kodeksning 302 va
303-moddalarida ko‘rsatilgan qonunga xilof harakatlar bilan yetkazilgan mulkiy ziyon to‘la hajmda qoplanadi.
Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqdirda ushbu moddaning 1,
3,
4,
5 va
6-bandlarida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga uning merosxo‘rlari,
2-bandida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga esa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanishi lozim bo‘lganlar jumlasiga kiruvchi oila a’zolari ega bo‘ladilar.
Ushbu Kodeks 304-moddasining 1,
3,
4,
5 va
6-bandlarida ko‘rsatilgan ziyon moliya organlari tomonidan,
2-bandida ko‘rsatilgan ziyon ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Ushbu Kodeks 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda (qarorda) sud, ishni tugatish to‘g‘risidagi qarorda esa tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan shaxsning o‘ziga yetkazilgan mulkiy ziyonni undirib olish huquqini e’tirof etishlari lozim. Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan shaxsga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi.
Shaxs ushlab turilganligi, qamalganligi, lavozimidan chetlashtirilganligi, tibbiy muassasaga joylashtirilganligi yoki hukm qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar matbuotda e’lon qilingan, radio, televideniye yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan bo‘lsa, reabilitatsiya etilgan shaxsning, u vafot etgan bo‘lsa, qarindoshlarining, sud, prokuror, tergovchining talabiga ko‘ra tegishli ommaviy axborot vositalari uning reabilitatsiya etilganligi to‘g‘risida bir oy ichida xabar berishlari shart. Mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni to‘lashni reabilitatsiya etilgan shaxs yoki ushbu Kodeks 304-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bunday to‘lovlarni amalga oshirish haqidagi ajrim yoki qarorni olgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida talab qilishlari mumkin.
4) ushbu Kodeksning 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi to‘lovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun himoyachiga to‘lanadigan haqdan;
Ushbu moddaning 1,
2,
3 va
4-bandlarida ko‘rsatilgan summalar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Guvoh tariqasida, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tariqasida chaqiriladigan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligi bilan bog‘liq butkul vaqt uchun ularning ish joyida o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Protsessual chiqimlar, ushbu moddaning oltinchi,
yettinchi va
sakkizinchi qismlarida nazarda tutilganidan tashqari hollarda, mahkumlardan undiriladi yoki davlat hisobiga o‘tkaziladi.
Sudlanuvchi oqlangan yoki ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq ish tugatilgan taqdirda protsessual chiqimlar davlat hisobiga o‘tkaziladi. Sudlanuvchi bir ayblov bo‘yicha oqlangan, boshqa ayblov bo‘yicha esa aybli deb topilgan bo‘lsa, sud u aybli deb topilgan ayblov bilan bog‘liq protsessual chiqimlarni to‘lashni uning zimmasiga yuklaydi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atishga ushbu Kodeksning 113-moddasida nazarda tutilgan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz sabab bo‘lsa, bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilmasligini mustasno etganda, unga shaxslarning arizalarini qabul qilish va rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ushbu moddada nazarda tutilgan barcha qoidalar taalluqlidir.
Aybni og‘irlashtirmaydigan holatlarda nomusga tekkanlik va jinsiy ehtiyojni zo‘rlik bilan g‘ayritabiiy usulda qondirganlik to‘g‘risidagi jinoyat ishi (Jinoyat kodeksi 118-moddasining birinchi qismi va 119-moddasining
birinchi qismi) aybdorni javobgarlikka tortishni so‘rab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qo‘zg‘atiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lganligi tufayli, ayblanuvchiga qaram bo‘lganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra huquqini va qonuniy manfaatlarini shaxsan o‘zi himoya qila olmaydigan favqulodda hollarda prokuror jabrlanuvchining arizasisiz ham jinoyat ishini qo‘zg‘atishi shart.
Ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda tutilgan sabab va asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Qaror yoki ajrimda: ishni qo‘zg‘atish uchun sabab va asoslar; Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; ishni o‘z yurituviga oluvchi sud yoki mansabdor shaxs ko‘rsatiladi.
Ushbu Kodeks 83-moddasining 1 va
2-bandlarida hamda 84-moddasining
birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Bu haqda jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida xabar bergan fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi yoki mansabdor shaxs xabardor qilinadi. Bunda ularga qaror yoki ajrim ustidan shikoyat qilish huquqlari va tartibi tushuntirilishi lozim.
Kelib tushgan xabarda fuqarolarning siyosiy, mehnat, uy-joy, oilaviy yoki boshqa huquqlari buzilganligi, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qo‘riqlanadigan qonuniy manfaatlari buzilganligi ko‘zga tashlansa, unda ishni qo‘zg‘atishni rad qilish bilan bir vaqtda manfaatdor shaxslarga sudga murojaat qilish huquqlari va tartibi tushuntirilishi lozim. Basharti ular ma’lum sabablarga ko‘ra, sud orqali o‘zlarini himoya qilishni so‘rash imkoniyatiga ega bo‘lmasalar, prokuror bunday shaxslarni himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat etishga haqlidir. 2) prokuror — ish bo‘yicha ushbu Kodeksning 345-moddasiga muvofiq dastlabki tergov olib borish uchun tergovchiga yoki surishtiruv olib borish uchun surishtiruv organi boshlig‘iga yuboradi yoxud o‘zi dastlabki tergovni yuritishga kirishadi;
Jinoyat kodeksining 97 — 103,
114 — 119,
121,
124 — 126,
128,
129,
136,
141 — 149,
175,
183,
1841,
186,
1861,
193 — 212,
215 — 221,
225,
2291,
2292,
230 — 236,
242,
244,
245,
251 — 258,
264,
265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 150 — 163,
182,
223,
246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 104 — 113, 120, 122, 123, 127, 130 — 135, 137 — 140, 164 — 166, 168 — 174, 176 — 181, 184, 185, 185-1, 188 — 192, 213, 214, 222, 224, 226 — 229, 243, 247 — 250, 259 — 263, 266 — 278-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan barcha jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 237 — 241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ushbu ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli bo‘lsa, o‘sha organ tomonidan olib boriladi.
Shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan bo‘lsa yoxud ishda uni jinoyat sodir etishda gumon qilishga asos beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, u jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinadi.
Biror jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs ish qo‘zg‘atilgunga qadar ushlangan bo‘lsa va ushbu Kodeksning 225-moddasida nazarda tutilgan tekshirish ushlab turishning asosli ekanligini tasdiqlagan bo‘lsa, tergovchi shaxsni ushlab turish, ish qo‘zg‘atish va ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqida to‘xtamlarga kelib, ularni bitta qarorda bayon qiladi.
Qarorda ushlab turilgan shaxs qaysi jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganligi, Jinoyat kodeksining qaysi moddasida bu jinoyat nazarda tutilgani, ushlab turishning sabab va asoslari, shuningdek shaxsni ushlab turish, agar jinoyat ishi ilgari qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa, jinoyat ishini qo‘zg‘atish va uni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaror ko‘rsatilishi kerak.
3) Jinoyat kodeksining ushbu jinoyatni nazarda tutgan moddasi, qismi, bandi aks ettirilishi lozim.
Jinoyat kodeksining turli moddalari, qismlari yoki bandlarida nazarda tutilgan bir necha jinoyatni sodir etishda ayblaganda, bu jinoyatlardan har birining mohiyati va yuridik tavsifi alohida ko‘rsatilishi lozim.
Ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining
birinchi va
to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan ayblanuvchini reabilitatsiya etish uchun asos bo‘ladigan yoki ishni yuritish uchun monelik qiladigan holatlar aniqlansa, ayblov tugatiladi.
Basharti Jinoyat kodeksi yoki ushbu Kodeks normalarini qo‘llanishdagi xatolar natijasida ish tugatilgan bo‘lsa, shuningdek ayblanuvchining aybliligini ko‘rsatuvchi yangi dalillar aniqlansa, tugatilgan ayblov qayta tiklanishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ayblovni noto‘g‘ri tugatish odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatning yoki ayblanuvchi tomonidan yoxud ayblanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan harakat qilgan o‘zga shaxs tomonidan dalillarni qalbakilashtirish, yashirish yoxud yo‘q qilib yuborishning oqibati bo‘lsa, ayblov Jinoyat kodeksining
64-moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddati ichida qayta tiklanishi mumkin.
Dastlabki tergov ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab to‘xtatiladi. Lekin dastlabki tergov to‘xtatilgunga qadar tergovchi ayblanuvchi yo‘qligida bajarish mumkin bo‘lgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart.
Ushbu Kodeksning 242 va
243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda tergovchi prokurorning sanksiyasi bilan qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda unga nisbatan qamoqqa olish tariqasida ehtiyot chorasini qo‘llashi mumkin.
Jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83 va
84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda tugatiladi.
Tergovchi ishni tugatish to‘g‘risida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy da’vogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqaroning bergan xabari bilan qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakiliga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish to‘g‘risidagi qaror ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntiriladi. 11) ayblov xulosasi ushbu Kodeksning 379 va
380-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuzilgan-tuzilmaganligini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudloviga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismi, 118-moddasining to‘rtinchi qismi, 150, 153, 155, 157, 158-moddalari, 159-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari, 160, 161-moddalari, 210-moddasining uchinchi qismi, 230, 231, 242, 244-moddalari, 273-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar tegishlidir. Ushbu Kodeks 399-moddasining birinchi qismiga muvofiq yuritishdan to‘xtatilgan jinoyat ishi ayblanuvchini qidirish choralarini ko‘rish uchun ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga o‘tkaziladi.
Sud ushbu Kodeks 84-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ishni tugatishga haqlidir.
Prokuror birinchi instansiya sudlarida jinoyatlarga doir ishlarni ko‘rishda ishtirok etib, davlat ayblovini quvvatlaydi, dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, sudlanuvchilarga, jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va sudga taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar beradi, Jinoyat kodeksining normalarini qo‘llash, sudlanuvchining harakatlarini tavsiflash, unga jazo turini va me’yorini tayinlash to‘g‘risida hamda sud hal etishi lozim bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan o‘z fikrini bayon qiladi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar haqida hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar xususida o‘z fikrini bildiradi.
Sudlanuvchi sud majlisiga kelmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sudga kelmagan sudlanuvchini sud majburiy keltirishga, shuningdek unga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llashga yoki ehtiyot chorasini o‘zgartirishga haqlidir.
Sud majlisida ushbu Kodeksning 83-moddasida va 84-moddasi birinchi qismining
1,
2,
3-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, sud ishni ko‘rishni davom ettiradi va
83-moddada ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha oqlov hukmi, 84-moddasi birinchi qismining
1,
2,
3-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha esa, aybdorga jazo belgilamay, ayblov hukmi chiqaradi.
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: sud majlisi boshlangan va tamom bo‘lgan vaqt ko‘rsatilgan holda majlis bo‘lgan joy va sana; sudning nomi va tarkibi; sud majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa shaxslar; ko‘rilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir ma’lumotlar; hozir bo‘lgan va hozir bo‘lmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining barcha farmoyishlari ko‘rsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda o‘tgan bo‘lsa, shu tartibda yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimoslari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar ko‘rsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud muzokaralarining tartibi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda sudlanuvchi oxirgi so‘zining mazmuni; basharti protsess ishtirokchilari iltimos qilsalar, ishni ko‘rish paytida yuz bergan holatlar to‘g‘risidagi mulohazalar aks ettiriladi. Raislik qiluvchi tarjimonga ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini, shuningdek javobgarligini tushuntiradi.
Raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, himoyachi, jamoat himoyachisi ekanligini, kimlar jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va kimlar ularning vakillari ekanligini, kimlar sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon ekanligini ma’lum qiladi. Shundan keyin sudlanuvchiga va boshqa taraflarga ularning sudyani, sud tarkibini yoki sudyalardan birortasini, shuningdek taraflardan birortasini rad qilish huquqlarini tushuntiradi. Rad qilishlar ushbu Kodeksning 80-moddasida belgilangan qoidalar asosida hal qilinadi.
Raislik qiluvchi sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, oyi, kuni va joyini, yashab turgan joyi, mashg‘uloti, ma’lumoti, oilaviy ahvoli va uning shaxsiga daxldor boshqa ma’lumotlarni so‘rab, uning shaxsini aniqlaydi. So‘ngra raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblov xulosasining nusxasi, shuningdek ushbu Kodeks 388-moddasining ikkinchi qismida sanab o‘tilgan protsessual hujjatlarning nusxalari unga topshirilgan-topshirilmaganligini va aynan qachon topshirilganligini so‘raydi. Bu hujjatlarning nusxalari topshirilmagan yoki sud majlisi boshlanishiga uch sutkadan kam muddat qolganda topshirilgan bo‘lsa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim.
Raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsini aniqlaganidan keyin unga ushbu Kodeksning 46-moddasida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlarini tushuntiradi. So‘ngra sudlanuvchidan ana shu huquqlarning har birini tushungan yoki tushunmaganligini so‘raydi. Basharti sudlanuvchi salbiy javob bersa, raislik qiluvchi uning yoshini, umumiy zakovat darajasini, ruhiy va jismoniy holatini e’tiborga olib, unga huquqlarini qaytadan tushuntiradi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan guvohga ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oshkora qasamyod qilish taklif qilinadi, lekin ko‘rsatuv berishdan bosh tortgani yoki bila turib yolg‘on ko‘rsatuv bergani uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilmaydi va undan tilxat olinmaydi.
Sudda so‘roq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan talablarga, shuningdek quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda olib boriladi.
Jabrlanuvchilarni, shuningdek ayblov xulosasiga ilova qilingan ro‘yxatga binoan sud majlisiga chaqirilgan yoki ayblovchi tomonning iltimosiga binoan qo‘shimcha ravishda chaqirilgan guvohlar va ekspertlarni so‘roq qilish ham ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi. Basharti guvohlar va ekspertlar sud majlisiga himoya tomonining iltimosiga binoan chaqirilgan bo‘lsalar, ularni dastlab shu iltimosni qilgan sudlanuvchi yoki uning himoyachisi, keyin esa boshqa sudlanuvchilar va ularning himoyachilari, jamoat himoyachisi, fuqaroviy javobgar va uning vakili, davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar va ularning vakillari so‘roq qiladilar.
Sud ko‘zdan kechirishni ushbu Kodeksning 135 — 141-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazadi.
Sud tergovida guvohlantirishni sud ushbu Kodeksning 142 — 147-moddalarida nazarda tutilgan talablarga hamda quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazadi.
Sud tergovida ekspertiza ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda tayinlanadi va o‘tkaziladi.
Sud tergovida tanib olish uchun ko‘rsatish, eksperiment o‘tkazish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125 — 131,
153 — 156,
188 — 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi. Taraflar shu sud harakatlari munosabati bilan iltimoslar qilishga va o‘z mulohazalarini bildirishga haqlidirlar.
Muzokara tamom bo‘lganidan keyin taraflar ushbu Kodeks 457-moddasining birinchi qismidagi 1 — 6-bandlarda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorning o‘zlari taklif etadigan mazmunini sudga yozma ravishda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va himoyachi uchun qarorning bunday mazmunini sudga taqdim etish majburiydir.
8) sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq o‘ta xavfli retsidivist deb topish lozimmi;
Ushbu moddaning 15-bandida nazarda tutilgan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ekspertning tegishli xulosasi mavjud bo‘lgandagina qo‘llanilishi mumkin.
Sud muhokamasi jarayonida ushbu Kodeks 533-moddasining birinchi qismi 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlardan birortasi aniqlanib qolsa, sud hukmning ijrosini qonunda belgilangan tartibda kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart.
Ish sud tarkibi tomonidan ko‘rilayotgan bo‘lsa, hukm chiqarish oldidan raislik qiluvchi boshchiligida sudyalarning maslahatlashuvi o‘tkazilib, raislik qiluvchi sud hal qilishi lozim bo‘lgan savollarni ushbu Kodeksning 457-moddasida ko‘rsatilgan izchillikda qo‘yadi. Har bir savol shunday shaklda qo‘yilishi kerakki, toki bu savolga ma’qullovchi, yoki rad etuvchi javob qaytariladigan bo‘lsin. Javob qaytarganidan so‘ng sudya javobning sabab-asoslarini ifodalashi mumkin.
Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida ko‘rsatilgan masalalarni alohida xonada (maslahatxonada) muhokama qilish vaqtida sud ish uchun ahamiyati bo‘lgan biror holat qo‘shimcha ravishda aniqlanishi kerak deb topsa, hukm chiqarmay, sud tergovini yana davom ettirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Sud tergovi tamom bo‘lganidan keyin sud yana taraflarning muzokarasini boshlaydi va sudlanuvchining oxirgi so‘zini eshitadi.
2) shaxsning hukm chiqqunga qadar qamoqda bo‘lgan vaqti Jinoyat kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan dastlabki qamoqni hisobga olish qoidalarini nazarda tutib sud tomonidan tayinlangan jazo chorasiga teng yoki bu choradan ortiq bo‘lsa.
Jinoyat boshqa shaxs tomonidan sodir etilganligi aniqlansa, shuningdek sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblov ish holatlari batafsil tekshirilgandan keyin ishonarli tarzda o‘z tasdig‘ini topmasa, sud ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asosga ko‘ra sudlanuvchini oqlaydi. Basharti o‘sha asos bo‘yicha oqlov hukmi chiqarilganda jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanmay qolgan bo‘lsa, sud bu shaxsni aniqlash va uni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish choralarini ko‘rish uchun ishni hukm kuchga kirgandan so‘ng prokurorga yuboradi.
Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida nazarda tutilgan masalalar hal etilganidan so‘ng sud hukmni tuzishga kirishadi. Sudda ish qaysi tilda ko‘rilgan bo‘lsa,hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi va kirish, tavsif hamda qaror qismlaridan iborat bo‘ladi.
4) sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblov Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilganligi ko‘rsatiladi.
Sud, shuningdek Jinoyat kodeksi moddasining jazo qismida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazo choralari ham nazarda tutilgan bo‘lsa, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo nimaga asoslanib tayinlaganini; ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganga koloniyada saqlash tartibining muayyan turini belgilashni yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini turmada o‘tashni tayinlashni; sudlanuvchi o‘ta xavfli retsidivist deb topilganligini; shartli hukm qo‘llanilganini; Jinoyat
kodeksining moddasida xuddi shunday jinoyat uchun nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo tayinlanganligini; boshqa yengilroq jazoga o‘tilganligini; umumiy qoidalardan chekinib koloniya turi tayinlanganligini; boshqa ta’sir choralarini qo‘llab yoki qo‘llamasdan sudlanuvchi jazodan ozod etilganligini asoslab berishi shart.
3) Jinoyat kodeksining sudlanuvchining aybli deb e’tirof etilishiga asos bo‘lgan moddasi (moddaning qismi, bandi), shuningdek sudlanuvchining o‘ta xavfli retsidivist deb topilganligi, basharti sud shunday qaror qabul qilgan bo‘lsa;
4) sudlanuvchi aybli deb topilgan har bir jinoyati uchun tayinlangan jazo turi va me’yori; Jinoyat kodeksining moddalariga muvofiq uzil-kesil tayinlangan va o‘talishi lozim bo‘lgan jazo chorasi; ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning jazo muddatini o‘tashi lozim bo‘lgan tegishli tartibli koloniya turi;
9) ushbu Kodeksning 533-moddasida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan hollarda hukmning ijrosini kechiktirish to‘g‘risidagi qaror ko‘rsatiladi.
Basharti sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ayblov qo‘yilgan bo‘lsa, hukmning qaror qismida sudlanuvchi qaysi moddalar bo‘yicha oqlanganligi va qaysi moddalar bo‘yicha hukm qilinganligi ko‘rsatilishi lozim.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida ko‘rsatilgan tartibda tayinlangan advokat ishda himoyachi bo‘lib qatnashgan hollarda sud advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi rahbarining iltimosnomasi bo‘lgan taqdirda ajrim chiqarib, unda advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi foydasiga mahkumdan haq undirish va bu haqning miqdori to‘g‘risidagi masalani hal qiladi.
Ushbu Kodeksning 298 va
300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur bo‘lganda sud hukm chiqarish bilan bir vaqtda xususiy ajrim ham chiqaradi.
1) apellatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 4972-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;
2) kassatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 498-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;
Ushbu Kodeksning 4972,
498 va
516-moddalarida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilari birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan belgilangan tartibda apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga, shuningdek sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqishni iltimos qilishga haqlidir. Bu holda ular o‘z vajlarini tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallar taqdim etishlari mumkin.
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar hamda ularning vakillari ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida ishtirok etishga haqlidir. Mazkur shaxslar ishni kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish chog‘ida ham ishtirok etishga haqlidir, jazoni ijro etish muassasasidagi mahkum bundan mustasno. Jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumning kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishi, shuningdek uni sud majlisiga olib kelish zarurligi masalasini sud hal qiladi. Ish ko‘riladigan joy va vaqt haqida o‘z vaqtida ogohlantirilgan mazkur shaxslarning uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganliklari ishni ko‘rishga monelik qilmaydi. Lekin sud mahkumni, oqlangan shaxsni, shuningdek jabrlanuvchini, fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini tushuntirish berish uchun chaqirishi mumkin. Qo‘shimcha materiallar ushbu Kodeksning 149,
170,
290 va
398-moddalarida nazarda tutilgan tergov harakatlari o‘tkazishni tergovchiga topshirish yo‘li bilan ham olinishi mumkin.
4) Jinoyat kodeksi normalarining noto‘g‘ri qo‘llanilganligi;
1) ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar yetarlicha to‘la aniqlanmagan bo‘lsa;
4) sudning hukmda bayon qilingan xulosalarida jiddiy ziddiyatlar mavjud bo‘lib, ular sudlanuvchining aybliligi masalasini hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarini to‘g‘ri qo‘llashga yoki jazo chorasini belgilashga ta’sir ko‘rsatgan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa va yuqori sudda bu ziddiyatlarni bartaraf etish imkoniyati bo‘lmasa.
Jinoyat kodeksi normalari quyidagi hollarda noto‘g‘ri qo‘llanilgan deb e’tirof etiladi, basharti:
1) Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalarining talablari buzilgan bo‘lsa;
2) jinoyat tavsifi Jinoyat kodeksining qo‘llanilishi kerak bo‘lgan moddasi (moddaning qismi, bandi) o‘rniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan berilgan bo‘lsa;
3) mahkumga Jinoyat kodeksining mazkur moddasida nazarda tutilmagan jazo turi va me’yori tayinlangan bo‘lsa.
Garchi jazo Jinoyat kodeksining tegishli moddasida belgilangan doirada tayinlangan bo‘lsa-da, turi va me’yori jihatidan ro‘yi rost adolatsiz bo‘lsa, jinoyatning og‘irlik darajasiga va sudlanuvchining shaxsiga nomuvofiq deb e’tirof etiladi.
Ishni apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya sudi Jinoyat kodeksini noto‘g‘ri qo‘llagani yoxud jinoyatning og‘irlik darajasiga va mahkumning shaxsiga muvofiq kelmaydigan jazo belgilagani aniqlansa, sud ishni yangidan ko‘rib chiqishga yubormasdan, ushbu Kodeksning
494-moddasi talablariga rioya etgan holda hukmga zarur o‘zgartirishlar kiritishga haqlidir.
Jinoyat ishini apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rib, sud ushbu Kodeksning 83-moddasi va 84-moddasining
1 va
4-qismlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilgan dalillar sudlanuvchini aybli deb topish uchun yetarli bo‘lmasa va qo‘shimcha dalillar to‘plash imkoniyati qolmagan bo‘lsa, ayblov hukmini bekor qiladi va jinoyat ishini tugatadi.
Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va
300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini surishtiruv, dastlabki tergov o‘tkazishda va sud muhokamasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur bo‘lganda xususiy ajrim chiqaradi.
Mazkur moddaning birinchi,
ikkinchi va
uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslar apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga haqlidir.
Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi,
uchinchi va
to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan e’tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar bilan birga o‘n kundan kechiktirmay apellatsiya instansiyasi sudiga yuboradi.
Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida o‘tkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaxs birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.
Qaror ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalari asosida e’lon qilinadi.
Apellatsiya instansiyasi sudida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi. Sud majlisi bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berilishi mumkin, ular ushbu Kodeksning
427-moddasida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ba’zi mahkumlarga daxli bo‘lgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga ko‘ra apellatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi ko‘rib bo‘linganidan keyin kelib tushsa yoki o‘tkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 4975-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessining boshqa ishtirokchisi bergan apellatsiya shikoyati yoxud protesti bo‘yicha ko‘rib chiqilganidan so‘ng kelib tushgan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqishi va u bo‘yicha ajrim chiqarishi shart.
Hukm chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi,
uchinchi va
to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oylik muddat ichida ishni shikoyatlar, protestlar va ular yuzasidan bildirilgan e’tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘pi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar so‘roq qilinib bo‘lgach, sud taraflarning ushbu Kodeksning 449-moddasiga muvofiq o‘tkaziladigan muzokarasini boshlaydi. Sud muzokarasi va mahkumning oxirgi so‘zi tugagandan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kirib ketadi.
Sud muhokamasining borishi va mazmuni haqida sud majlisining bayonnomasi tuziladi. Bayonnoma ushbu Kodeksning 426-moddasida ko‘rsatilgan muddatda tayyorlanishi lozim. Bayonnoma bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga va zarurat bo‘lganda ushbu Kodeksning
427-moddasida nazarda tutilgan tartibda unga o‘z mulohazalarini bildirishga haqlidir.
Ushbu Kodeksning 511-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar o‘z vakolatlari doirasida tekshirish va nazorat tartibida protest bildirish haqidagi masalani hal etish uchun har qanday jinoyat ishini suddan talab qilib olishga haqlidir.
Hukmni yoki ajrimni (qarorni) qonunga xilof va asossiz deb topgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudining raisi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar protest bildiradilar va ishni shu protest bilan birga tegishli nazorat instansiyasi sudiga yuboradilar. Protest bildirishga asos bo‘lgan iltimosnoma va boshqa materiallar protestga ilova qilinadi. Protest bildirilgani haqida protest bildirishni so‘rab iltimosnoma bilan murojaat etgan shaxsga, korxona, muassasa yoki tashkilotga, shuningdek mahkumga, oqlangan shaxsga, ularning himoyachilariga yoxud qonuniy vakillariga xabar beriladi. Nazorat instansiyasi sudida jinoyat ishi ushbu Kodeksning 506-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan ko‘riladi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining rayosatida ishni ko‘rish chog‘ida protestni qanoatlantirish tarafdorlari bilan qarshilar ovozi teng kelib qolsa, protest mahkum (oqlangan shaxs) foydasiga hal qilingan hisoblanadi, mahkumning (oqlangan shaxsning) ahvolini og‘irlashtirish haqidagi masala qo‘yilgan protest esa rad etiladi.
1) ushbu Kodeks 522-moddasining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — soxta dalillar taqdim etganlikda, bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlikda yoki ish bo‘yicha tergov yuritishda yoxud ishni sudda ko‘rishda jinoiy suiiste’mol sodir etganlikda aybli shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan kun;
2) ushbu Kodeks 522-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash to‘g‘risida prokuror qaror chiqargan kun.
Ushbu Kodeks 522-moddasining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan holatlardan biri bo‘yicha yetarli ma’lumotlar bo‘lsa, prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atadi, keyin ish umumiy tartibda tergov qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
Ushbu Kodeks 522-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, prokuror o‘z vakolati doirasida yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi va ish yuzasidan tergov olib boradi yoxud buni tergovchiga topshiradi.
Ish yuritishni qaytadan boshlashga asoslar mavjud bo‘lganda prokuror ishni sudga yuboradi. Ushbu Kodeks 522-moddasining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ish sudga prokurorning protesti hamda qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxasi bilan, o‘sha moddaning
4-bandida nazarda tutilgan hollarda esa, tergov materiallari bilan birgalikda yuboriladi.
Jarima solishni va axloq tuzatish ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish Jinoyat kodeksining 44 va
46-moddalariga muvofiq sudya tomonidan ichki ishlar organi taqdimnomasi bilan yoki jamoat birlashmasi yoxud jamoaning iltimosnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Birinchi va ikkinchi guruh nogironi bo‘lib qolgan shaxslarni ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risidagi, hukm ijrosini kechiktirish to‘g‘risidagi, hukmni ijro qilmaslik to‘g‘risidagi, jarima solishni va axloq tuzatish ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risidagi, axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi, ruhiy kasal shaxslarga qo‘llanayotgan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi, alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan shaxslarga nisbatan majburiy davolash choralarini qo‘llash, uzaytirish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi masalalarni, shuningdek hukmni ijro etishda yuz beradigan har qanday shubha va noaniqliklarni hukmni chiqargan sud hal qiladi. Basharti hukm uni chiqargan sud faoliyat ko‘rsatayotgan hududdan tashqarida ijro etilayotgan bo‘lsa, bu masalalar teng darajadagi sud tomonidan hal etiladi, hukm ijro etilayotgan hududda teng darajadagi sud bo‘lmasa, yuqori sud tomonidan hal etiladi. Bunday hollarda ajrimning nusxasi hukm chiqargan sudga jo‘natiladi. Hukmni ijro etish to‘g‘risidagi masalalar sudya tomonidan prokuror hamda mahkum ishtirokida sud majlisida hal qilinadi. Mahkumning ushbu Kodeks 532-moddasida nazarda tutilgan huquqlari ta’minlanadi. Sudya voyaga yetmagan, shuningdek jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan mahkumlarga doir hukmlarni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqayotganida himoyachi ishtirok etishi shart.
Mahkumni kasalligi, nogironligi sababli jazoni o‘tashdan ozod etish to‘g‘risidagi, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to‘g‘risidagi, jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish to‘g‘risidagi, jazoning shartliligini bekor qilish to‘g‘risidagi, bir jazoni o‘tash koloniyasidan boshqa tartibli koloniyaga o‘tkazish to‘g‘risidagi, bir tartibli tarbiya koloniyasidan boshqa tartibli tarbiya koloniyasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi, tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi, maxsus tartibli jazoni o‘tash koloniyasidan qattiq tartibli jazoni o‘tash koloniyasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi, axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi masalalar mahkum jazoni o‘tab turgan joydagi tuman (shahar) sudining ajrimi bilan hal etiladi. Ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda voyaga yetmagan ayblanuvchiga ushbu Kodeksning
237-moddasida nazarda tutilgan ehtiyot choralaridan birini qo‘llash mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ota-onasining, homiylar, vasiylarning qaroviga yoki, basharti u bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa, shu muassasa rahbarlarining qaroviga ham berilishi mumkin.
Ushbu Kodeks 19-moddasining birinchi va
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ish yopiq sud majlisida ko‘riladi.
Voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud, ushbu Kodeksning 457-moddasida ko‘rsatilgan masalalardan tashqari, basharti voyaga yetmagan shaxs shartli hukm qilinsa, unga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlansa, voyaga yetmagan shaxsga jamoat tarbiyachisi tayinlash zarurligini muhokama qilishga majbur.
Voyaga yetmagan shaxsni Jinoyat kodeksi 87-moddasining birinchi qismiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilib, materiallarni voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyada ko‘rishga topshirishda tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni ko‘rishda Jinoyat kodeksi 87-moddasining ikkinchi va
uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sud voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov chorasini qo‘llanish to‘g‘risidagi masalani muhokama etishi shart. Sud majburlov chorasini qo‘llanish yoki qo‘llanmaslik to‘g‘risida asoslantirilgan ajrim chiqaradi.
Tergovchi yoki sud ayblanuvchining, sudlanuvchining yoxud ishga ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida jalb qilinmagan shaxsning ruhiy kasalligi masalalari yuzasidan uning jinoyat sodir etganligi yoki Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligi haqida ishonarli dalillar mavjud bo‘lgan taqdirda, dastlabki tergovni yuritish va sud muhokamasi vaqtida mazkur shaxsning aqli norasoligi yoki ruhiy kasalligi to‘g‘risida asosli shubha tug‘ilgan bo‘lsa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlaydi.
Tergovchi qarorning tavsif-asoslash qismida ushbu Kodeksning 566-moddasida nazarda tutilgan holatlarni, shuningdek ishni sudga yuborish asoslariga norozi bo‘lgan himoyachining va boshqa shaxslarning vajlarini, agar shunday vajlar bildirilgan bo‘lsa, bayon qiladi va ish sahifalariga havola qilib, uning fikricha, ishni sudga yuborish uchun asoslar borligini tasdiqlovchi dalillar keltiradi.
1) ushbu Kodeksning 83 va
84-moddalarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra ishni tugatish;
Sud muhokamasi ushbu Kodeksning 50 — 52-boblarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq ravishda o‘tkaziladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda sudya ishni sudda ko‘rishga tayinlashdan oldin tegishli tibbiy muassasadan shu shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida shifokorlar komissiyasining xulosasini talab qilib oladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda, 7-8-son, 217-modda; 2001-y., 1-2-son, 11-modda, 23-modda, 9-10-son, 165-modda, 182-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; 2007-y., 6-son, 248-modda, 249-modda; 2012-y., 38-son, 433-modda, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2005-y., 52-son, 385-modda; 2006-y., 25-26-son, 226-modda; 2007-y., 17-18-son, 171-modda, 39-son, 401-modda, 50-51-son, 502-modda, 503-modda, 52-son, 532-modda; 2008-y., 14-15-son, 84-modda, 94-modda, 37-38-son, 363-modda, 365-modda, 39-son, 390-modda, 52-son, 509-modda, 514-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 15-son, 179-modda, 38-son, 415-modda, 52-son, 552-modda, 553-modda; 2010-y., 22-son, 174-modda,35-36-son, 300-modda, 37-son, 314, 315-moddalar, 39-son, 340-modda, 52-son, 509-modda; 2011-y., 16-son, 161, 162-moddalar; 2011-y., 40-son, 410-modda; 51-son, 542-modda; 2012-y., 1-son, 3-modda, 38-son, 433-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 32-son, 425-modda; 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 13-son, 194-modda, 24-son, 487-modda, 36-son, 943-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son; 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 2019-y., 2-son, 47-modda, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son; 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son; 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son; 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son; 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; 15.01.2021-y., 03/21/667/0035-son; 13.02.2021-y., 03/21/673/0112-son; 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son; 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son; 16.02.2022-y., 03/22/754/0134-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son; 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son; 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son; 11.05.2023-y., 03/23/841/0270-son; 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son; 19.01.2024-y., 03/24/899/0048-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)