Pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining
“a”,
“b”,
“v” va
“g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (
29-modda) tayinlanadi.
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:
Mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda — erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 yil — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
Ushbu Qonun 37-moddasining “a”,
“b”,
“v” va
“g” bandlarida nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar:
Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Yosh | Ish staji |
23 yoshga qadar | 2 |
23 yoshdan 26 yoshga qadar | 3 |
26 yoshdan 31 yoshga qadar | 5 |
31 yoshdan 36 yoshga qadar | 7 |
36 yoshdan 41 yoshga qadar | 9 |
41 yoshdan 46 yoshga qadar | 11 |
46 yoshdan 51 yoshga qadar | 14 |
51 yoshdan 56 yoshga qadar | 17 |
56 yosh va undan oshganda | 20 |
Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (17-modda) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda (
29-modda) tayinlanadi.
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida (20-modda) bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga va ushbu moddaning
“v” bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramog‘ida turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi.
Ushbu Qonunning 19-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning to‘liq boquvida bo‘lgan yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida turgan deb hisoblanadilar.
Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan (17-modda) bo‘lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.
b) pensiya olmagan oilalarga — basharti, boquvchi ishlash to‘xtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega bo‘lgan (17-modda) bo‘lsa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa — boquvchining ish stajidan qat’i nazar.
a) yoshga doir pensiya uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va
33-moddalar) olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
Ushbu Qonunning 26,
27 va
29-moddalariga muvofiq hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishilarga ushbu Qonunning 28-moddaning “a” yoki
“b” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning
“i” — “m” bandlarida ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanishi mumkin.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha ushbu Qonunning 28-moddasi “g”,
“d” yoki
“e” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning
“j” — “m” bandlarida ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanishi mumkin.
Mazkur moddaning “d” — “i” bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning
“a” — “g” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Nogiron bo‘lib qolgan shaxslar stajiga “d” — “i” bandlarda nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning
“a” — “g” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan staj muddatidan qat’i nazar qo‘shiladi.
v) ushbu Qonun 10-moddasining “a” va
“b” bandlariga hamda 11-moddasining
“a” bandiga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan — erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to‘liq yil ikki hissa barobarida;
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan erosti ishlari stajini hisoblab chiqishda (10-moddaning “a” — “b” bandlari va 11-moddaning
“a” bandi) ana shu ishda orttirilgan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlikda bo‘lgan vaqti ushbu Qonun 38-moddasining
“v” bandida belgilangan qoidalar qo‘llanmasdan ko‘rsatib o‘tilgan stajga qo‘shiladi.
Pensioner olishi lozim bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar (19,
20-moddalar) doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi. Ota-onasi, eri (xotini), shuningdek pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila a’zolari bu pulni, ular boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadiganlar doirasiga kirmaganlari taqdirida ham olish huquqiga ega bo‘ladilar.
xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarining o‘rnini qoplovchi pulni ish haqi to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazadi.
Pensioner ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan yoshga to‘lguniga qadar ushbu Qonunning
14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda; 1997-y., 4-5-son, 126-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda; 1999-y., 5-son, 112-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; 2002-y., 4-5-son, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 21-son, 148-modda; 2007-y., 50-51-son, 498-modda, 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2010-y., 20-son, 149-modda, 35-36-son, 300-modda, 51-son, 483-modda; 2012-y., 1-son, 4-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 49-son, 579-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 52-son, 597-modda, 598-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 17.10.2018-y., 03/18/500/2057-son, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son; 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son; 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son, 20.09.2022-y., 03/22/791/0832-son; 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son; 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son; 29.11.2023-y., 03/23/881/0906-son; 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son)