Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
28.09.2020
07.03.2007
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
PQ-598 07.03.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
[
OKOZ:
1.
09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]
[
TSZ:
1.
Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN HOLDA TEMIR YO‘L YO‘LLARINI O‘Z VAQTIDA MODERNIZATSIYA QILISh VA KAPITAL TA’MIRLAShNI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ilg‘or xorijiy texnologiyalardan foydalangan holda temir yo‘l yo‘llarini o‘z vaqtida modernizatsiya qilish va kapital ta’mirlashni ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan transport temir yo‘l kommunikatsiyalarini modernizatsiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha, 2015-yilgacha, har yili, 280 km temir yo‘l yo‘llarini, eng murakkab uchastkalarda yuqori iqtisodiy samaradorlikka va foydalanish muddati ancha uzoqqa yetadigan zamonaviy elastik mahkamlanadigan shpallardan foydalanishni nazarda tutadigan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;
mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) krediti jalb etilgan, uning doirasida respublikada “Fleks International Manufactured & Tgading LTD” xalqaro kompaniyasi tomonidan beriladigan butlovchi qismlar va litsenziyalashgan texnologiyalaridan foydalangan holda elastik mahkamlanadigan shpallarni birgalikda ishlab chiqarish tashkil etilgan;
2006-yilda yakunlangan OTB loyihasiga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etilgan holda 500 mingdan ortiq shpallar xarid qildi. Bunda tayyor shpallar “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga bojxona qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bojxona omboridan ularni ishlab chiqarish litsenziyasiga ega bo‘lgan “Fleks International Manufactured & Tgading LTD” kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan.
[
OKOZ:
1.
10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
2. OTB loyihasi yakunlangani hamda elastik mahkamlanadigan shpallardan foydalanishning bundan buyon ham maqsadga muvofiqligi munosabati bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Fleks” kompaniyasi bojxona omboridan yetkazib beriladigan 750 ming dona temir yo‘l elastik mahkamlanadigan shpallar 2010-yilning 1-yanvarigacha mustasno tariqasida, bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-mart,
PQ-598-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 12-son, 106-modda)
×
×