Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
28.09.2020
03.04.2006
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
PQ-317 03.04.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
[
OKOZ:
1.
02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targ‘ibot]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
AHOLI O‘RTASIDA OLIB BORILAYOTGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY VA TARG‘IBOT-TAShVIQOT IShLARINING TA’SIRChANLIGI VA SAMARASINI OShIRIShGA QARATILGAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR DASTURI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisi o‘rtasida milliy istiqlol g‘oyasini keng targ‘ib etish, dunyoda va yon-atrofimizda sodir bo‘layotgan siyosiy jarayonlarga nisbatan yurtdoshlarimizda ongli munosabatni, faol grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, joylarda bu masalada eskicha yondashuvlar, rasmiyatchilik va yuzakilik holatlari ham ko‘zga tashlanayotganini qayd etish lozim. O‘tkazilayotgan aksariyat tadbirlarning ma’no-mazmuni va saviyasi bugungi kun talablariga javob bermaydi, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanish va o‘zgarishlar mohiyatini hayotiy misollar orqali ochib berish, milliy manfaatlarimizga qarshi qaratilgan turli informatsion xurujlarga nisbatan ta’sirchan va hujumkor targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda.
Bu borada belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlash, ilmiy va ijodiy ziyolilar, keng jamoatchilikning bu ishlardagi ishtirokini kuchaytirish maqsadida:
1. Aholi o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot ishlarining ta’sirchanligi va samarasini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga
*
, mazkur dasturni amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga
*
muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
2. Respublika komissiyasi (Sh. Mirziyoyev);
bir hafta muddatda Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu dasturda belgilangan chora-tadbirlarni bajarish bo‘yicha amaliy ish rejasi ishlab chiqilib, qabul qilinishini ta’minlasin;
dasturda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda aholi bilan jonli muloqot va suhbatlar, bevosita fikr almashuvlar o‘tkazish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini aniq hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli tilda, keng jamoatchilikni jalb etgan holda tashkil etishga alohida e’tibor qaratsin.
3. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 3-aprel,
PQ-317-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 4-son, 201-modda)
×
×