Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020
 LexUZ sharhi
“Tadbirkorlik faoliyatining erkinligi kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qaroriga asosan “a1” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
15. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va banklar ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning olinganini yozma ravishda tasdiqlashi shart. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va bankning hujjatlarni qabul qilib olgan sana to‘g‘risidagi belgi, ularning tugatuvchiga yozma yoki elektron xabari, hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va bankka yuborilgani haqidagi pochta kvitansiyasi va shu kabilar mazkur hujjatlar olinganligining tasdig‘i hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(191-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Tekshirish ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi tugatuvchi taqdim etgan hisob-kitoblarga binoan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Garovga qo‘yilgan mulkni garov saqlovchiga mulk qilib berish “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga hamda “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash summasi e’tirof etilgan talablarni to‘lash hisobiga qo‘shiladi, baholash summasi bilan talab miqdori o‘rtasida korxona foydasiga hosil bo‘lgan tafovut bir hafta muddatda kreditor tomonidan korxonaga to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
35. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida davlat reyestriga korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritadi yoxud ular to‘liq hajmda taqdim etilmagan taqdirda davlat reyestriga yozuvlar kiritilishini rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ko‘rsatilgan muddat o‘tgungacha ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq komplekti ro‘yxatdan o‘tkazgan organga taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish to‘xtatiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy tugatish to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar qiladi.
38. Ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 37-bandida ko‘rsatilgan muddatda tugallanmaganda, shuningdek ixtiyoriy tugatish va korxona faoliyatini tiklash tartiboti to‘xtatilganda ushbu Nizomning 16-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshida belgilangan imtiyozlar qo‘llanmaydi hamda barcha tegishli to‘lovlar ularni hisoblab yozish to‘xtatib qo‘yilgan davr uchun to‘liq hajmda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(40-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
41. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va banklar ushbu Nizomning 40-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni olganligini yozma ravishda tasdiqlashlari shart. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va bankning hujjatlarni qabul qilib olgan sana to‘g‘risidagi belgi, ularning tugatuvchiga yozma yoki elektron xabari, hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va bankka yuborilgani haqidagi pochta kvitansiyasi va shu kabilar mazkur hujjatlar olinganining tasdig‘i hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar olingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga quyidagilarni tasdiqlash uchun so‘rovnoma yuboradi:
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingan sana boshlanganda — taqdim etilgan hujjatlarda asosiy hisob raqamining yopilgani to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda;
davlat soliq xizmati organining korxona tomonidan bankda asosiy hisob raqami ochilmaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi olingan sana boshlanganda — ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan taqdim etilgan hujjatlarda tugatuvchining hisob raqami ochilmaganligi to‘g‘risidagi xati mavjud bo‘lgan taqdirda.
ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 49-bandi ikkinchi va beshinchi xatboshida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra rad etilgan taqdirda korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuv davlat reyestriga rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin kiritiladi;
Ushbu Nizomning 49-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra rad etilgan taqdirda ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning III bo‘limiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(54-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)
ushbu Nizomning 54-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining ushbu Nizomning 55-bandiga muvofiq hisob raqami ochilmagani to‘g‘risidagi tasdiqnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Muassislar (qatnashchilar)

Tugatuvchini tayinlash.

Tugatishning mo‘ljallanayotgan muddatini belgilash.

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda

2-bosqich

Korxonani boshqarish organlari

Tugatuvchiga korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, shuningdek korxonaning muhrlari, shtamplari va boshqa mol-mulkini berish.

Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida

Tugatuvchi

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini taqdim etish.

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay

Bankka quyidagilarni taqdim etish:

ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasi;

tugatuvchi imzolarining va muhri bosma izining namunalari bilan birga notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasi;

barcha hisob raqamlarini yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnoma.

Moliya-xo‘jalik faoliyatini to‘xtatib qo‘yish.

Yer solig‘i, yagona yer solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik solig‘i, shuningdek barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab yozishni to‘xtatish.

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan kundan boshlab

Bank

Korxona hisob raqamlaridan mablag‘larni tugatuvchining oldindan bergan roziligisiz hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

2-kartotekaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish.

Pul mablag‘larini har bir valyuta turi bo‘yicha yagona hisob raqamida jamlash.

Bank xabardor qilingan kundan boshlab

3-bosqich

Tugatuvchi

Korxona xodimlari bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rish.

Ixtiyoriy tugatish

to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab

Korxonaning aktivlari va majburiyatlrini xatlovdan o‘tkazish, shu jumladan ijro hujjatlari reyestrini tuzish.

Korxona tomonidan yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazgan organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davr uchun to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzish.

Debitorlik qarzni olish hamda kreditorlarni aniqlash va korxonani tugatish to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish choralarini ko‘rish.

4-bosqich

Tugatuvchi

Bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Internet-saytida korxona tugatilishi to‘g‘risida e’lon berish, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab

korxonaning to‘liq va qisqartirilgan nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiyalash tartib raqami;

ro‘yxatdan o‘tkazgan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqidagi ma’lumotlar (sanasi, tartib raqami);

kreditorlar talablari ko‘rsatilgan holdagi arizalarni qabul qilish muddati (e’lon chiqqan vaqtdan boshlab kamida ikki oy).

5-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ

Yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxonaning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish.

Xabardor qilingandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmay

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida:

ichki ishlar;

davlat soliq xizmati;

statistika organlarini;

sud ijrochilari bo‘limini xabardor qilish.

Ichki ishlar organi

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga korxona nomi yozilgan amaldagi muhrlar va shtamplarni tayyorlash uchun korxonaga berilgan barcha ruxsatnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish.

Bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay

Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni tayinlash va belgilangan tartibda o‘tkazish.

Bildirishnoma olingan kundan boshlab tegishli ravishda 3+30 kun

Davlat soliq xizmati organi

Tekshirish taftish qilish ko‘rsatilgan muddatlarda tugallanmagan taqdirda korxonaning taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzini aniqlash.

6-bosqich

Tugatuvchi

Davlat soliq xizmati organi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalarini, shuningdek ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansini tuzish.

Kreditorlar tomonidan talabnomalar taqdim etish muddati tugagandan keyin

Muassislar

(qatnashchilar

Oraliq tugatish balansini tasdiqlash.

Oraliq tugatish balansi tasdiqlash uchun taqdim etilgandan keyin

Tugatuvchi

Har bir kreditorni uning talabnomalarini e’tirof etish yoki rad qilish, e’tirof etilgan talabnomalar summasi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish.

Oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin 5 ish kun mobaynida

7-bosqich

Tugatuvchi

Kreditorlar bilan belgilangan navbat bo‘yicha hisob-kitob qilish.

Oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin

Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablag‘lari yetishmaganda mol-mulkni sotish.

Sotilmagan taqdirda mol-mulkni kreditorlarga mulk qilib berish.

Muassislar (qatnashchilar) tomonidan tugatilayotgan korxonaning bankdagi hisob raqamlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobiga kreditorlar talabnomalarini qondirish imkoniyati.

8-bosqich

Tugatuvchi

Qolgan mol-mulkni muassislarga (qatnashchilarga) berish.

Kreditorlar bilan hisob-kitoblartugallangandan keyin

Tugatish balansini tuzish.

Muassislar (qatnashchilar)

Tugatish balansini tasdiqlash.

9-bosqich

Tugatuvchi

Tugatish balansini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish, Byuro organiga ijro etilmagan ijro hujjati mavjudligi yuzasidan so‘rov yuborish.

Tugatish balansi tasdiqlangandan keyin

Davlat soliq xizmati organi

Qarz bo‘lmagan taqdirda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risida xulosa berish.

Bir ish kuni mobaynida

10-bosqich

Tugatuvchi

Barcha bank hisob raqamlarini yopish.

Soliq organi xulosasi

olingandan keyin

Hujjatlarni davlat arxiviga berish.

Barcha hisob raqamlari yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida

11-bosqich

Tugatuvchi

Korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritish uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan organga quyidagilarni taqdim etish:

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin

bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risida chiqqan e’lon;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

xizmat ko‘rsatuvchi bankning barcha hisob raqamlari yopilgani to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;

muhrlar va shtamplar;

vakolatli organning, agar mavjud bo‘lsa, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;

agar mavjud bo‘lsa, barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari;

ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi;

davlat soliq xizmati organining xulosasi;

davlat arxivi ma’lumotnomasi.

12-bosqich

Ro‘yxatdan

o‘tkazgan organ

Korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Ikki ish kuni mobaynida

Hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmagan taqdirda korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Tugatuvchini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qilish.

Bir ish kuni mobaynida

Davlat soliq xizmati va statistika organlarini, shuningdek hududiy adliya boshqarmasini xabardor qilish.

Bir hafta muddatda

Muhrlar va shtamplarni ichki ishlar organiga yo‘q qilish uchun topshirish.

Litsenziyalar va ruxsatnomalarni (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ularni bergan organlarga topshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki filialini xabardor qilish.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Muassislar (qatnashchilar)

Tugatuvchini tayinlash.

Tugatishning mo‘ljallanayotgan muddatini belgilash.

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda

2-bosqich

Korxonani boshqarish organlari

Tugatuvchiga korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, shuningdek korxonaning muhrlari, shtamplari va boshqa mol-mulkini berish.

Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini taqdim etish.

Tugatuvchi

Ijro etilmagan ijro hujjati mavjudligi yuzasidan Byuro organiga so‘rov yuborish

Ixtiyoriy tugatish

to‘g‘risida qaror

Bankka quyidagilarni taqdim etish:

qabul qilingandan

ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasi;

so‘ng keyingi ish

tugatuvchi imzolarining va muhri bosma izining namunalari bilan birga notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasi;

kunidan kechiktirmay

barcha hisob raqamlarini yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqami�a va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnoma.

Korxona hisob raqamlaridan mablag‘larning

Bank xabardor

Bank

tugatuvchining oldindan bergan roziligisiz hisobdan chiqarilishiga yo‘lqo‘ymaslik.

qilingan kundan boshlab

Pul mablag‘larini har bir valyuta turi bo‘yicha yagona hisob raqamida jamlash.

3-bosqich

Tugatuvchi

Korxona xodimlari bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rish.

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab

Korxonaning aktivlari va majburiyatlarini xatlovdan o‘tkazish, shu jumladan ijro hujjatlari reyestrini tuzish.

4-bosqich

Tugatuvchi

Bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Internet-saytida korxona tugatilishi to‘g‘risida e’lon berish, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin

korxonaning to‘liq va qisqartirilgan nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiyalash tartib raqami;

ro‘yxatdan o‘tkazgan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqidagi ma’lumotlar (sanasi, tartib raqami);

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab korxona tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

5-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ

Yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxonaning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish.

Xabardor qilingandan so‘ng keyingi kundan kechikmay

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida:

ichki ishlar;

davlat soliq xizmati;

Ichki ishlar organi

statistika organlarini xabardor qilish. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga korxona nomi yozilgan amaldagi muhrlar va shtamplarni tayyorlash uchun korxonaga berilgan barcha ruxsatnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish.

Bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay

6-bosqich

Tugatuvchi

Mavjud bo‘lgan taqdirda, talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamini yopish.

E’lon chiqqandan keyin bir oy mobaynida

7-bosqich

Tugatuvchi

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga quyidagilarni taqdim etish:

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi e’lon chiqqandan keyin bir oydan erta bo‘lmagan muddatda

bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risida chiqqan e’lon;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to‘g‘risida xat yoki bankning, agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;

muassislar (qatnashchilar) yig‘ilishining korxona mol-mulki ular o‘rtasida taqsimlanganligi to‘g‘risidagi qarori (protokoli);

korxonaning muhrlari va shtamplari.

ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi

8-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazgan

So‘rovnomani Davlat soliq xizmati organiga quyidagilarni:

Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay

organ

a) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab korxona tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligini;

Davlat soliq xizmati organi

yozma javob jo‘natilganligini;

So‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ

b) taqdim etilgan hujjatlarda banklarda hisob raqamlari ochilmagani to‘g‘risidagi xat mavjud bo‘lganda — korxona tomonidan hisob raqami ochilmaganligini tasdiqlash uchun jo‘natish.

Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay

Davlat soliq xizmati organi

So‘rovnomaga yozma javob jo‘natish.

So‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki hafta mobaynida

9-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ

Korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritish haqida qaror qabul qilish.

So‘rovnoma(jo‘natilgan taqdirda — ikkala so‘rovnoma)

Tugatuvchini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qilish.

tasdiqlangandan keyin bir ish kuni mobaynida

Davlat soliq xizmati va statistika organlarini, shuningdek hududiy adliya boshqarmasini xabardor qilish.

Bir ish kuni mobaynida

Muhrlar va shtamplarni ichki ishlar organiga yo‘q qilish uchun topshirish.

Bir hafta muddatda

O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki filialini xabardor qilish.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi