(1) “Adabiy va badiiy asarlar” atamasi adabiyot, fan va san’at sohasidagi har qanday mahsulotni, uning qanday usul va shaklda ifodalanganidan qat’i nazar, o‘zida qamraydi, shu jumladan: kitoblar, broshyuralar va boshqa yozma asarlar; ma’ruzalar, murojaatlar, va’zlar va boshqa shu kabi asarlar; dramatik va musiqali dramatik asarlar; xoreografik asarlar va pantomimalar; musiqa asarlari, mtanli yoki matnsiz; kinematografik asarlar, ularga kinemotografiyaga aynan o‘xshash usulda ifodalangan asarlar tenglashtiriladi; rasmlar, shuningdek rassomlik, arxitektura, skulptura, o‘ymakorlik va litografiya asarlari; fotografiya asarlari, ularga fotografiyaga aynan o‘xshash usulda ifodalangan asarlar tenglashtiriladi; amaliy san’at asarlari; illyustratsiyalar, kartlar, planlar, eskizlar hamda geografiya, topografiya, arxitektura yoki fanlarga tegishli plastik asarlar. (3) “Bosib chiqarilgan asarlar” deganda, ularning ekzemplyarlari qanday usulda bosib chiqarilganidan qat’i nazar, mualliflarning roziligi bilan bosib chiqarilgan, muomalada bo‘lgan ekzemplyarlar soni, asar xarakterini e’tiborga olgan holda, o‘quvchilarning oqilona talablarini qoniqtira oladigan asarlarni tushunmoq kerak. Dramatik, musiqaviy dramatik yoki kinematografik asar namoyishi, musiqa asarining ijrosi, adabiy asarning ommaviy o‘qilishi, adabiy yoki badiiy asarlarning sim orqali xabar qilinishi yoki efirga uzatilishi, san’at asarining namoyishi va arxitektura asari inshooti bosib chiqarish hisoblanmaydi.