Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 35-moddasiga asosan mulkni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi da’volar mulk joylashgan joydagi sudning sudloviga tegishlidir. Agar shu ish boshqa sudda, xususan dalillarning ko‘pi bo‘lgan joydagi sudda tez va har tomonlama ko‘rilishi mumkin deb topilsa, sud FPK 31-moddasining ikkinchi qismiga binoan ishni ko‘rish uchun shu joydagi sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Sudya mulkni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilgach, da’voni ta’minlash maqsadida (FPK 106-moddasi birinchi qismining 4-bandi) nizoli mulkka nisbatan ijro harakatlarini to‘xtatish haqida ajrim chiqarishi va uning ko‘chirma nusxasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘limiga yuborishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar nizoli mulk g‘ayriqonuniy yoki davlat zarariga qilingan harakatlar tufayli orttirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi FKning 1023-moddasi tartibida bu mulk prokuror, manfaatdor tashkilot yoki shaxslarning da’vosiga ko‘ra davlat daromadiga yoki yetkazilgan zararni undirish hisobiga o‘tkazilishi mumkin.
13. Er-xotindan birining unga birgalikdagi umumiy mulkdan tegishli hissasini ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi da’vosini hal etishda sud O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23, 27-moddalariga asosan er-xotinning nikoh davomida orttirgan mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki ekanligini, ushbu mulk bo‘linganida ularning hissalari teng hisoblanishini e’tiborga olishi lozim.
Fuqarolik kodeksining 224-moddasi talabiga ko‘ra, hukmning fuqaroviy da’voga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini ta’minlash uchun umumiy mol-mulk xatlanganda, umumiy mulkning ulushli mulkdori shu mulkni imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Ulushni imtiyozli sotib olish huquqini boshqa shaxsga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, mulkni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi talablarga ham O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-moddasida ko‘zda tutilgan 3 yillik umumiy da’vo muddati tatbiq qilinadi. Da’vo muddatining o‘tishi manfaatdor shaxsning o‘ziga tegishli mulkning ro‘yxatga olinganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi