Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq er, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron bo‘lishdan, yo‘q bo‘lib ketishdan, oqilona foydalanmaslikdan muhofaza etilishini nazarda tutmoq lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tushuntirilsinki, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga binoan jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasi jamoat birlashmalarining tashabbusiga ko‘ra ularning mablag‘lari hisobidan yoki jamoatchilik asosida mutaxassislarning mustaqil guruhlari tomonidan amalga oshiriladi. Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasining xulosalari tavsiya tamoyiliga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245-moddasiga muvofiq, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi ushbu Kodeksning 66, 67-moddalarida, 701-moddasining ikkinchi qismida, 702-moddasining ikkinchi qismida, 76-moddasida (suv xo‘jaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida), 77-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 79-moddasining ikkinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi qismlarida, 901-moddasida, 911-moddasining to‘rtinchi qismida, 94-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga taalluqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan hayvonot yoki o‘simliklar dunyosidan foydalanish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi va u ham doimiy, ham vaqtinchalik (mavsumiy) xaraktyerga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 3-sentabrdagi “Qimmatli va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar hamda hayvonlar turlarini muhofaza etishni kuchaytirish hamda ulardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan. Xususan, ushbu qarorda Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlarni tabiatdan har qanday ko‘rinishda olish faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida, ovlanadigan hayvon turlari (shu jumladan baliqlar) esa O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va Atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksi 202-moddasi 3-qismining “j” bandi bo‘yicha javobgarlik ham O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga, ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgani hayvonlar, parrandalar, baliqlar, hayvonot dunyosi yoki o‘simliklarning boshqa turlari yo‘q qilingan hollarda vujudga keladi. Bunda yetkazilgan ziyonning hajmi ahamiyatga ega emas.
9. Jinoyat kodeksining 194-moddasida javobgarlik belgilangan atrof muhitni ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirganlik deganda, aybdor shaxs ekologik vaziyatning ahvoli to‘g‘risida umuman yoxud o‘z vaqtida ma’lumot bermaganlik harakatlarini (harakatsizligini) tushunmoq lozim. Bunday ma’lumotlar haqiqatga muvofiq kelmasa (atrof muhitning ifloslaganligi ko‘rsatkichlarini kamaytirib ko‘rsatish va hokazolar), ular buzilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi