O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining
7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1024-son
qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
7-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son
qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibini belgilaydi.
17. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”ga muvofiq (2002-yil 23-oktabr, ro‘yxat raqami 1181 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 20-son; 2003-yil, 21-22-son) qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash bilan bog‘liq operatsiyalar va qo‘shimcha foyda solig‘ini to‘lagandan keyin soliq to‘lovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablag‘lar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: