T/r | Kasbiy tavakkalchilik klasslari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari (kichik tarmoqlar) | Sug‘urta tarifi koeffitsiyenti KST |
01 klass |
1. | Binolar va inshootlar qurish va ularni mukammal ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha loyiha, arxitektura-loyiha, loyiha-qidiruv va qidiruv tashkilotlari. Loyiha-smeta arxitektura-rejalashtirish idoralari, ustaxonalar, byurolar, bo‘limlar va boshqalar. | 0,571 |
2. | Respublika, viloyat, tuman, va shahar ulgurji savdo bazalari, tumanlararo bazalar, taqsimlash sovutgichlari. |
3. | Xalq iste’mol tovarlari oldi-sotdisi va madaniy-maishiy maqsaddagi buyumlarni ijaraga (prokatga) topshirish bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan tovar birjalari, brokerlik, maklerlik, dilerlik idoralari, agentliklar, savdo uylari, tijorat markazlari va boshqalar. |
4. | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari. |
5. | Tashqi iqtisodiy faoliyatda brokerlik xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatadigan nodavlat tashqi savdo tashkilotlari (eksport-import bitimlarini, shu jumladan barter bitimlarini amalga oshiradigan tashkilotlar). |
6. | Asbob-uskunalar va mashinalar oldi-sotdisi va ularni ijaraga (prokatga) topshirish bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan tovar va tovar-xomashyo birjalari, brokerlik, maklerlik, dilerlik idoralari va agentliklar, savdo uylari, tijorat markazlari va boshqalar. |
7. | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari oldi-sotdisida vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan tovar va tovar-xomashyo birjalari, brokerlik, maklerlik, dilerlik idoralari va agentliklar. |
8. | Internet va kompyuter tarmog‘i bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, mashina hisoblash stansiyalari, markazlashtirilgan buxgalteriyalar, kompyuter texnikasi bazasida boshqa korxonalar va tashkilotlarga axborot-hisoblash xizmatlari ko‘rsatadigan hisoblash markazlari va boshqalar. |
9. | Ishlab chiqarish-texnika va noishlab chiqarish maqsadidagi ko‘chmas mulkni sotadigan va foydalanishga (ijaraga) beradigan tashkilotlar (mulkdorlar). |
10. | Ishlab chiqarish-texnika va noishlab chiqarish maqsadidagi ko‘chmas mulkning oldi-sotdisi va ularni foydalanishga (ijaraga) topshirishda vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan rieltorlik tashkilotlari. |
11. | Tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, valyutani sotadigan va aniq ifodalangan ixtisoslashuvisiz ularni yollashga, ijaraga (prokatga) topshiradigan universal (tovar-fond va boshqalar) birjalar, brokerlik idoralari va agentliklar. |
12. | Transport, uy-joy-kommunal xo‘jalik, maishiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim, madaniyat va sog‘liqni saqlash, fan sohasida vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan tashkilotlar. |
13. | Reklama (mijozlarning reklamalarini yaratish va ularni ommaviy axborot vositalari, radio va televideniyeda joylashtirish, reklama materiallarini tarqatish va yopishtirish va hokazolar), ko‘rgazmalar tashkil etish sohasida xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlar va hokazolar. |
14. | Auditorlik tashkilotlari (taftish, buxgalteriya hujjatlari va boshqa hisobga olish-hisobot hujjatlarini tuzish va ularni tekshirish bo‘yicha xi�matlar). |
15. | Boshqarish, moliya va tijorat faoliyati (xarid, sotish), qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, aholiga agentlik, vositachilik xizmatlari ko‘rsatish, mol-mulkni baholash masalalari bo‘yicha talabni, bozor konyunkturasini va hokazolarni o‘rganish va maslahat berish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar va boshqalar. |
16. | Uchastka, tuman, markaziy tuman, shahar, markaziy shahar, viloyat, respublika kasalxonalari. Statsionarga ega bo‘lgan tibbiyot-sanitariya qismlari, davolash-profilaktika muassasalari va maxsus tipdagi davolash-profilaktika muassasalari. |
17. | Tibbiyot-jismoniy tarbiya, teri-tanosil onkologik, silga qarshi, psixonevrologik, traxomatoz, buqoqqa qarshi, kardiologiya, narkologiya dispanserlari. |
18. | Shahar, markaziy tuman poliklinikalari (stomatologiya va fizioterapevtik poliklinikalar ham shu jumlaga kiradi). Statsionarga ega bo‘lmagan tibbiy-sanitariya qismlari, qishloq-vrachlik poliklinikalari va ambulatoriyalar, mustaqil sog‘liqni saqlash punktlari va xonalar. |
19. | Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish komplekslari, o‘quv-mashq markazlari va bazalar, stadionlar, sport saroylari, ixtisoslashtirilgan va kompleks sport zallari, manejlar, velotreklar, sun’iy suv basseynlari va muz uchish maydonlari, otish maydoni, tirlar (stendlar) va boshqalar. |
20. | Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari (TIEK), keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylar. |
21. | Tamomlagandan keyin oliy ma’lumot, shu jumladan oliy o‘quv yurtidan keyingi ma’lumot beradigan akademiyalar (o‘quv), universitetlar, institutlar (bakalavriat, magistratura), konservatoriyalar, boshqa o‘quv yurtlarning oliy maktablari (sirtqi oliy maktablar ham shu jumlaga kiradi). |
22. | Akademik litseylar va kasb-hunar kolledjlari, tibbiyot, pedagogika, musiqa, teatr, xoreografiya maktablari va boshqa o‘quv yurtlari (sirtqilar �am shu jumlaga kiradi). |
23. | Kasb-hunar-texnika va texnik avtomobil maktablari, biznes-maktablar. Ustalar tayyorlash maktablari, ustalar-ishboshilarning qurilish maktablari, dengizda suzish maktablari, g‘ovvoslar maktablari, melioratsiya kadrlari, ot zavodlari maktablari va katta yoshdagilar uchun boshqa maktablar. |
24. | Aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun umumta’lim maktablari, maktab-internatlar, sanatoriy-maktablar, musiqa, badiiy va xoreografiya maktablari, san’at maktablari, maktab-internatlar, kechki (smenali) umumta’lim maktablari. |
25. | Bolalar bog‘chalari, yaslilar va boshqa maktabgacha muassasalar. Yetim bolalar va ota-onalarining vasiyligisiz qolgan bolalar uchun bolalar uylari, mehribonlik uylari, maktab-internatlar. |
26. | Kutubxonalar, kutubxona-qiroatxonalar, mustaqil ko‘chma kutubxona fondlari, kitob palatalari (shu jumladan ilmiy ish olib boradigan k�tubxonalar va kitob palatalari). |
27. | Respublika, viloyat, tuman va xususiy filmotekalari va fonotekalari. |
28. | Muzeylar (shu jumladan ilmiy ish olib boradigan muzeylar): arxitektura, maishiy, geologiya, tabiiy, ilmiy, o‘lkashunoslik, tarixiy-inqilobiy, tarixiy, san’atshunoslik (badiiy, tasviriy san’at, adabiy, kartina, galereya), xotira, tarmoq muzeylari va boshqa muzeylar. Sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, badiiy va boshqa ko‘rgazmalar. |
29. | Madaniyat markazlari, Me’mor, aktyor, vrach, jurnalist, kino, adabiyotchi, bastakor, olim, turist, xalq ijodiyoti uylari va boshqalar. |
30. | Maktab o‘quvchilari saroylari va uylari, bolalarni badiiy tarbiyalash uylari, yosh texniklar va yosh tabiatshunoslar stansiyalari hamda boshqa bolalar maktabdan tashqari muassasalari. Bolalar musiqa, badiiy va xoreografiya maktablari. |
31. | Madaniyat va dam olish, istirohat bog‘lari, attraksionlarning ko‘chma shaharchalari. |
32. | Qo‘riqxonalar, botanika, zoologiya istirohat bog‘lari va bog‘lari, doimiy va ko‘chma hayvonotxonalar. |
33. | Televideniye va radio eshittirish tahririyatlari, televideniye va radio eshittirish bo‘yicha viloyat qo‘mitalari (badiiy va musiqali jamoalarsiz), radio eshittirish viloyat va shahar tahririyatlari, radio-tele markazlar, televizion texnik markazlar va boshqalar. |
34. | Opera va balet, musiqali komediya (operetta) teatrlari (doimiy va ko‘chma), musiqali-dramatik, dramatik, bolalar, yosh tomoshabinlar, qo‘g‘irchoq va xalq teatrlari. |
35. | Kinoteatrlar va boshqa doimiy kino qurilmalar, ko‘chma kin�. |
36. | Filarmoniyalar, konsert birlashmalari, orkestrlar, estrada jamoalari, xorlar, kapellalar. Raqs, ashula ansambllari; myuzik-xollar, xalq musiqa jamoalari. Radioeshittirish va televideniyening badiiy va musiqa jamoalari. |
37. | Tasviriy san’atning doimiy studiyalari va ustaxonalari, xalq tasviriy san’at studiyalari. Badiiy-bezak tashkilotlari. |
38. | Kinostudiyalar, ovoz yozish, kinofilmlar tayyorlash (shu jumladan havaskorlik kinofilmlari) studiyalari, ovoz yozish, ovoz yozish xizmatlari, kinofilmlar prokati. |
39. | Tomosha ko‘rsatadigan korxonalarni boshqarish tashkilotlari, teatr kassalari birlashmasi, kinoteatrlar direksiyalari birlashmalari. |
40. | Fanlar akademiyalari (shu jumladan tarmoq akademiyalari), ularning filiallari va bo‘linmalari, ilmiy markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlari (shu jumladan ilmiy va texnik axborot institutlari va oliy o‘quv yurtlari tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari), ularning filiallari va bo‘linmalari, observatoriyalar va boshqa ilmiy muassasalar. Vazirliklar va idoralarning mustaqil ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari. |
41. | Tasdiqlangan reja bo‘yicha loyiha-konstruktorlik va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradigan mustaqil konstruktorlik tashkilotlari. |
42. | Ilmiy va tajriba stansiyalari, shu jumladan kompleks va tarmoq, tajriba-zonal, seleksiya, tajriba qishloq xo‘jaligi, veterinariya, tajriba-meliorativ, gidrotexnik stansiyalar va boshqalar. |
43. | Davlat va nodavlat arxivlari, shu jumladan ilmiy ish olib boradigan arxivlar. |
44. | Chetga sanoat mahsuloti ishlab chiqarmaydigan tajriba zavodlari. Venchur (tavakkalchilik) va boshqa joriy etish korxonalari va tashkilotlari. |
45. | Tajriba-texnika laboratoriyalari, qurilish materiallarini sinash bo‘yicha mustaqil laboratoriyalar, normativ-tadqiqot stansiyalari, mashina sinash stansiyalari, texnik axborot markaziy byurolari, ilmiy tashkilotlarning hisoblash markazlari va boshqalar. |
46. | Markaziy bank, tijorat banklari va ularning muassasalari (bo‘limlar, filiallar, mini banklar, jamg‘arma kassalari va boshqalar). |
47. | Moliya korporatsiyalari, moliyaviy fondlar, investitsiya tashkilotlari (shu jumladan innovatsiya va moliyaviy lizingni amalga oshiradigan moliya korporatsiyalari). Lizing kompaniyalari. Xayriya, homiylik jamg‘armalari. |
48. | Sug‘urta tashkilotlari, sug‘urta xizmatlari bozorining professional qatnashchilari (sug‘urta agentlari, sug‘urta brokerlari, qayta sug‘urtalash kompaniyalar� va boshqalar). |
49. | Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi. |
50. | Fond, valyuta, valyuta-fond birjalari, qimmatli qog‘ozlar va valyuta bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan brokerlik, maklerlik, dilerlik tashkilotlari. |
51. | Respublika fuqarolariga respublika hududidan tashqarida bo‘sh ish joylari taqdim etadigan va mehnatchilarni ish joyigacha jo‘natishga ko‘maklashadigan ixtisoslashtirilgan agentliklar. |
52. | Respublika fuqarolariga respublika hududida bo‘sh ish joylarini taqdim etadigan ixtisoslashtirilgan agentliklar. Vaqtinchalik ishni bajarish uchun boshqalarni pudrat asosida yollanma ish kuchi bilan ta’minlash. Xodimlarni izlash, nomzodlarni tanlash va istalgan viloyatda ish joylari bo‘yicha taqsimlash. |
53. | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. |
54. | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahri xo‘jalik sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar sudlari va Toshkent shahar sudi, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoiy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar va boshqalar. |
55. | Davlat organlari va ularning joylardagi bo‘linmalari. |
56. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va boshqalar (shu jumladan axborot va statistika boshqarmalari). |
57. | Tuman hokimliklari (shahar tumanlari hokimliklari ham shu jumlaga kiradi). Shahar hokimliklari va boshqalar. |
58. | Posyolka, qishloq, ovul, fuqarolar yig‘inlari, shahar mahallalari, mahalla qo‘mitalari va boshqalar. |
59. | Advokatlik tuzilmalari. |
60. | Hotarial idoralar. |
61. | Jamoat tartibini saqlash, xavfsizlik va mudofaa organlari. |
62. | Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, yoshlarning siyosiy tashkilotlari, yurtdoshlik, xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik jamiyatlari. |
63. | Tijorat faoliyati sohalari bo‘yicha jamoat birlashmalari (tadbirkorlar, kooperatorlar birlashmalari, savdo-sanoat palatalari va boshqalar). |
64. | Kasaba uyushmalari, kasaba uyushmalari federatsiyalari, konfederatsiyalari. |
65. | Ijodiy, ilmiy-texnik va madaniy-ma’rifiy jamoat birlashmalari (yozuvchilar, jurnalistlar, rassomlar, arxitektorlar, artistlar uyushmalari hamda boshqa ilmiy, ilmiy-texnik jamiyatlar, ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatlari va boshqalar). |
66. | Sport, mudofaa-sport, ovchilar, avtohavaskorlar, sog‘lomlashtirish jamoat birlashmalari va boshqa birlashmalar. |
67. | Xotin-qizlar, talabalar, bolalar, faxriylar birlashmalari, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyati, Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyati, suvda qutqarish jamiyatlari, jamoat jamg‘armalari va boshqalar. |
68. | Diniy tashkilotlar va ularning birlashmalari. |
02 klass |
69. | Standartlashtirish va metrologiya markazlari, standartlar va o‘lchov texnikasi ustidan davlat nazorati laboratoriyalari, standartlashtirish va metrologiya idoraviy laboratoriyalari. | 0,857 |
70. | Import-eksport yuklarning yuk bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalar va tashkilotlar. |
71. | Pochtamtlar, birlashgan pochta-telegraf aloqa korxonalari, aloqa uzellari, shu jumladan pochtani tashish ishlab chiqarish-texnik, tarmoq va foydalanish-texnik boshqarmalari va bo‘limlari, tarjimalarni nazorat qilish byurolari. |
72. | Kuryerlik maxsus aloqani va feld aloqani ta’minlaydigan korxonalar. |
73. | Telegraf, telefon, televizion aloqa, radio aloqa, ovozli simli va elektr aloqasining boshqa turlari korxonalari: telegraflar, xalqaro telefon stansiyalari, shahar va qishloq telefon stansiyalari (tarmoqlar, uzellar) va boshqalar. |
74. | Dorixonalar, dori do‘konlari, kioskalar, nazorat-tahliliy laboratoriyalar, dorixona omborlari (shu jumladan veterinariya dorixona omborlari). |
75. | Sotish yoki ustun darajada sotishgina funksiyalari hisoblanadigan bazalar va omborlar, do‘kon-salonlar, idoralar va bo‘limlar, energiyani sotish, gazni sotish. |
76. | Gazetalar, jurnallar, lug‘atlar va boshqa nashrlar tahririyatlari. Gazeta, jurnal, kitob, pochta, nota, blanka nashriyotlari, suratlar nashriyotlari. |
77. | Kommunal xo‘jalik, obodonlashtirish obyektlari, mehmonxona va suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari, sanitariya jihatidan tozalash, dov-daraxtlar, teplofikatsiya, yo‘l va ko‘prik xo‘jaligi tashkilotlari va boshqalar. |
78. | Hammomlar, dush pavilonlari, jamoat hojatxonalari, sartaroshxonalar. Kvartiralarni va boshqa binolarni yig‘ishtirish, pol artish, derazalarni artish, ma’lumotnomalar berish, topshiriqlarni, tarjimalarni bajarish, matnlarni qayta ko‘chirish bo‘yicha tashkilotlar. Lombardlar. Dafn marosimlari byurolari, qabristonlar va boshqalar. |
79. | Tez yordam va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam stansiyalari, qon quyish stansiyalari. |
80. | Tug‘ruqxonalar, akusherlik-ginekologiya komplekslari, perinatal markazlar, skrining markazlar, chaqaloqlar uylari, sut oshxonalari. |
81. | Sanatoriylar, sanatoriy-profilaktoriylar, davolaydigan pansionatlar, kurort poliklinikalari, kasallikni davolaydigan davolash maskanlari, balchiq bilan davolaydigan davolash maskanlari, yil bo‘yi ishlaydigan ixtisoslashtirilgan sanatoriy oromgohlari. |
82. | Feldsherlik-akusherlik punktlari. |
83. | Dezinfeksiya stansiyalari (viloyat, shahar, tuman). |
84. | Shahar, viloyat, respublika, tuman sanitariya-epidemiologiya stansiyalari, o‘latga qarshi stansiyalar. Fuqaro aviatsiyasi sanitariya-epidemiologiya stansiyalari, suv transportida sanitariya-epidemiologiya stansiyalari (basseyn, port, liniyali). |
85. | Sanitariya ma’rifati uylari (salomatlik markazlari). |
86. | Sud-tibbiy ekspertiza byurolari, patologiya-anatomiya byurolari. |
87. | Kasalxonalar va davolovchi vrachlar tomonidan amalga oshirilmaydigan inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha faoliyat. Bemorlarga qarash sohasida yuridik vakolatli paratibbiy xodimlar faoliyati kiritiladi. |
88. | Davolamaydigan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, dam olish uylari, pansionatlar va boshqa dam olish muassasalari. |
89. | Attraksionlar bog‘lari faoliyati, ijtimoiy-madaniy maqsadli buyumlar prokati, bilyard klublari, kompyuter o‘yinlari va boshqa o‘yinlar tashkilotlari va boshqalar. |
90. | Turistik mehmonxonalar, turistik bazalar, motellar, kempinglar, ekskursiya byurolari va sayohatlar byurosi, xalqaro turizmni tashkil etish muassasalari. |
03 klass |
91. | Hisoblash texnikalarini texnik va dasturiy jihatdan ta’mirlash, foydalanishga topshirish va kompleks markazlashtirilgan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar. | 1,143 |
92. | Pivo va solod ishlab chiqarish korxonalari. |
93. | Chizmachilik va idora anjomlari, ko‘rgazmali qo‘llanmalar ishlab chiqaradigan korxonalar. Protezlar, par va patdan buyumlar, momiq, chipta, jun, alafdan matraslar ishlab �iqaradigan korxonalar. |
94. | Transportda texnik nazorat qilish (kemachilik inspeksiyalari, daryo va ko‘l registri inspeksiyalari, kam o‘lchamli kemalar bo‘yicha inspeksiyalar va hokazolar), transport faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish. |
95. | Keng iste’mol qilinadigan nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish. |
96. | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish. |
97. | Sement, qum, shag‘al, g‘isht, qurilish oynasi, lok, bo‘yoq va boshqa qurilish materiallari bilan chakana savdo qilish. |
98. | Meva va sabzavotlar, sut mahsulotlari, tuxum, oziq-ovqat moylari va yog‘lari, go‘sht, baliq mahsulotlari, shakar, qandolatchilik va non-bulka mahsulotlari bilan chakana savdo qilish va hokazolar. |
99. | Chakana savdo bozorlari. |
100. | Boshqa chakana savdolar. |
101. | Oshxona-fabrikalar, tayyorlash fabrikalari, restoranlar, oshxonalar, kafe, bufetlar, gazakxonalar, kafeteriyalar, choyxonalar va umumiy ovqatlanishning boshqa korxonalari, shuningdek barcha tipdagi mustaqil umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalar. |
102. | Metall parchalarini yig‘ish, qayta ishlash va chiqindilarni ko‘mish. |
104. | Davlat buyurtmasi va hukumatlararo bitimlar bo‘yicha mahsulot yetk�zib beruvchi korxonalar. |
105. | Mehmonxonalar, chetdan kelganlar uchun yotoqxonalar. |
04 klass |
106. | Yo‘lovchilar, yuk, maxsus kasalxona liftlari ishlab chiqarish korxonalari. | 1,429 |
107. | Tibbiy va maktab asbob-uskunalari, kino qurilmalar, kommunal uskunalar va madaniy-maishiy maqsaddagi boshqa uskunalarni ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan korxonalar. |
108. | Yengil avtomobillar, mototsikllar, motorollerlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar. |
109. | Efir moylari va sintetik xushbo‘y moddalar, pardoz-andoz buyumlari va atir sovun ishlab chiqaruvchi korxonalar. |
110. | Tamaki fermentatsiyalash korxonalari. |
111. | Papiros, sigaret, tamaki, sigara va maxorka ishlab chiqaradigan korxonalar. |
112. | Matbaa kombinatlari va fabrikalari, bosmaxonalar, bosmaxona-litografiyalar, litografiyalar, tsinkografiyalar, kitob, kitob-jurnal fabrikalari, kitob fabrikalari, ofset rangli notali bosish fabrikalari, harf terish fabrikalari, surat terish markazlari, fotoreproduksiya markazlari va boshqalar. |
113. | Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va ta’mirlash korxonalari. |
114. | Shisha, chinni va plastik massalardan tibbiyot buyumlari, tish materiallari, shu jumladan protezlar ishlab chiqaradigan korxonalar. |
115. | Ishlab chiqarish fotobirlashmalari, fotokombinatlar, fotoishlar fabrikalari, fotokinolaboratoriyalar. |
116. | Umumiy foydalaniladigan quvurlar. Gaz quvurlari va ulardan ajratmalar: neft, neft mahsulotlari, gaz kondensati, keng fraksiya va yengil uglevodorodlar, gaz, suv, ko‘mir va boshqa yuklarni uzatish uchun quvurlar; nasos, kompressor va taqsimlash stansiyalari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari. |
117. | Montaj qilingan asbob-uskunalarni ishga tushiradigan va sozlaydigan tashkilotlar. |
118. | Keng iste’mol qilinadigan nooziq-ovqat tovarlari bilan ulgurji savdo qilish. |
119. | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, paxta va don bundan mustasno xarid qilish va sotish bo‘yicha ulgurji qishloq xo‘jaligi bozorlari. |
120. | Sement, qum, shag‘al, g‘isht, qurilish oynasi, loklar va bo‘yoqlar va boshqa qurilish materiallari bilan ulgurji savdo qilish. |
121. | Mevalar va sabzavotlar, sut mahsulotlari, tuxum, oziq-ovqat moylari va yog‘lari, go‘sht, baliq mahsulotlari, shakar, qandolatchilik va non-bulka mahsulotlari va hokazolar bilan ulgurji savdo qilish. |
122. | Biror bir aniq ixtisoslashuvsiz tovarlarning keng turlari bilan ulgurji savdo qilish. |
123. | Savdo markazlari, univermaglar, universamlar, do‘konlar, shoxobchalar, avtodo‘konlar, pavilonlar, xarid qilish punktlari, tovar omborlari, savdo qiluvchi tashkilotlarning bazalari, aholiga yoqilg‘i va suyultirilgan gaz sotish bo‘yicha savdo korxonalari, kartoshka saqlash joylari va boshqalar. |
124. | Ishlab chiqarish-texnika maqsadidagi asbob-uskunalar va mashinalarni yollashga (ijaraga) topshirishga ixtisoslashgan korxonalar, tashkilotlar. |
125. | Topografiya-geodeziya ishlarini bajaradigan korxonalar va tashkilotlar. |
126. | Gidrometmarkazlar, gidrometstansiyalar, gidrometxizmat boshqarmasi, gidrometobservatoriya, ob-havo byurolari, gidrometbyuro, radiometmarkazlar, aviametstansiyalar, koinotdan axborot qiluvchi punktlar, atmosferani raketadan mo‘ljallash stansiyasi, otryadlar va ekspeditsiyalar va boshqalar. |
127. | Suv va havo sofligi bilan bog‘liq o‘lchashlar, radioaktivlikni o‘lchash, tutun va oqova suvlar singari ifloslantirishning potensial manbalarini tadqiq etish, oziq-ovqat mahsulotlari sifati sohasidagi tadqiqotlar va hokazolar. |
128. | Hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari, korxonalar va tashkilotlarning uy-joy-kommunal idoralari, uy-joylar va yotoqxonalarning komendaturalari (chetdan keluvchilar uchun yotoqxonalardan tashqari). Chorbog‘lar va uy-joy shirkatlari. |
129. | Oliy o‘quv yurtlari, kollejlar, litseylar, texnikumlar, bilim yurtlari, maktab-internatlar va boshqa o‘quv yurtlarining yotoqxonalari. |
130. | Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari. |
131. | Shaharlar va posyolkalar, xo‘jaliklar, shahar yo‘llari, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va o‘tish joylari, qirg‘oq bo‘yini sanitariya jihatdan tozalash va yig‘ishtirish tashkilotlari, muhandislik himoyasi (tirgovuch devorlar, dambalar, qirg‘oqni mustahkamlash va hokazolar), shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarni ko‘kalamzorlashtirish tashkilotlari, shaharlarning muhandislik inshootlari. |
132. | Tashqi yoritishdan foydalanish bo‘yicha tashkilotlar. |
133. | Ichimlik suvini taqsimlash tarmoqlarini ishlatish hamda kommunal-maishiy ehtiyojlar va aholiga suvni taqsimlash tashkilotlari, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun kanalizatsiya tarmoqlaridan (tozalash inshootlari bilan birga) foydalanish tashkilotlari. |
05 klass |
134. | Axborotning texnik manbalarini ishlab chiqarish korxonalari. | 1,714 |
135. | Yuk avtomobillari va avtobuslarni ta’�irlash korxonalari. |
136. | Ishlab chiqarish maqsadidagi savdo uskunalari, yong‘inga qarshi uskunalar va boshqa asbob-uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar. Aloqa uskunalarini ta’mirlash korxonalari. |
137. | Maishiy radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, xo‘jalikda ishlatiladigan priborlar va metall buyumlar (radiopriyomniklar, televizorlar, magnitofonlar va boshqalar)ga ishlab chiqarish-texnika, texnosavdo xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar. |
138. | Ommaviy tikiladigan tikuv buyumlari, erkaklar, ayollar va bolalar ust kiyimining barcha turlarini (mo‘yna va charm kiyimlardan tashqari) formalik kiyim, maxsus kiyim, ichki kiyimlar, o‘rin choyshablari, texnik tikuv buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar (shu jumladan modellar uylari). |
139. | Barcha turdagi qandolatchilik mahsulotlari, kakao-kukun, holva, sharq shirinliklari, sun’iy asal, shak�r qiyomga bostirilgan mevalar va undan qilingan qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari. |
140. | Etil xomashyo spirti, spirt-rektifikat ishlab chiqarish korxonalari. |
141. | Aroq va liker-aroq ishlab chiqarish korxonalari. |
142. | Vino materiallari, musallas, shampan vinosi, konyak, ho‘l va rezavor meva vinolari ishlab chiqarish va quyish korxonalari. |
143. | Bug‘doydan tayyorlangan kvas, mors, brajki, mevali suvlar, gazlashtirilgan suvlar, alkogolsiz musallaslar (konsentratlar) ishlab chiqarish va mineral suvlar quyish korxonalari. |
144. | Baliq urchitish va baliqlarni akklimatizatsiya qilish (baliq yetishtiradigan zavodlar, hovuz va ko‘l xo‘jaliklari va boshqalar, baliq melioratsiya stansiyalari, baliq urchitish materiali ishlab chiqaradigan korxonalar). |
145. | Yo‘nalishli tramvay xizmatlari (parklar, depolar, uchastkalar, avariya punktlari va hokazolar), tramvay boshqarmalari, idoralar. |
146. | Yo‘nalishli metropoliten xizmatlari (parklar, depolar, uchastkalar, avariya punktlari va hokazolar), metropoliten boshqarmalari. |
147. | Yo‘nalishli trolleybus xizmatlari (parklar, depolar, uchastkalar, avariya punktlari va hokazolar), trolleybus transporti boshqarmalari. |
148. | Konveyer, trubogidravlik potokli-konteyner, trubopnevmokonteyner, trubopnevmatik va osma arqonli, bir relsli transport va transportning boshqa turlari: ko‘tarish yo‘llarining yo‘nalishli xizmatlari (parklar, depo, uchastkalar, avariya punktlari). |
149. | Gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish hamda kommunal maishiy ehtiyojlar va aholiga gazni taqsimlash tashkilotlari. |
150. | Issiqlikni kommunal-maishiy ehtiyojlar va aholiga taqsimlash uchun issiqlik taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish tashkilotlari. |
151. | Xizmat binolaridan foydalanish va ularni xo‘jalik jihatidan boshqarish. |
152. | Ko‘ngilli yong‘in jamiyatlari, yong‘inga qarshi xavfsizlik bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlar. |
06 klass |
153. | Gidroelektr stansiyalari, ularga tegishli barcha inshootlar bilan birgalikda. | 2,00 |
154. | Sintetik ammiak, azot kislotasi, azotli o‘g‘itlar va tabiiy va koks gazini kompleks qayta ishlash yo‘li bilan olinadigan boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonalar. |
155. | Kimyoviy usul bilan olinadigan kalsiylashtirilgan soda, natriy bikarbonat, kaustik soda, natriy sulfat ishlab chiqaradigan korxonalar. |
156. | Tabiiy va sun’iy charmdan yo‘l va galantereya buyumlari (jomadonlar, portfellar, ranetslar, qo‘lqoplar, hamyonlar, karmonlar, kamarlar, tasmalar qo‘lqoplar), sport buyumlari (sport to‘plari, pokrishkalar, qo‘lqoplar va hokazolar) ishlab chiqaradigan korxonalar. |
157. | Non va non-bulka mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxo�ala |
158. | O‘simlik moyi ishlab chiqarish, yog‘larni gidrogenizatsiyalash, margarin mahsulotlari, salomas, mayonez, olein, stearin, shamlar va tabiiy olif ishlab chiqarish korxonalari. |
159. | Mol yog‘i, qaymog‘i olinmagan sut mahsulotlari, pishloq, brinza, muzqaymoq, kazein, quruq sut va boshqa sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar. |
160. | Sintetik kimyoviy farmatsevtik dori preparatlari, shuningdek o‘simlik xomashyosidan dori-darmonlar, vitaminlar, fermentlar va kofermentlar, hayvondan olinadigan endokrin preparatlar, antibiotiklar va qonning o‘rnini bosuvchilar va boshqalarni ishlab chiqaradigan korxonalar. |
161. | Veterinariya ambulatoriyalari, poliklinikalari, shifoxonalari, uchastkalari, punktlari, qo‘riqlash-karantin veterinariya punktlari, veterinariya-bakteriologiya laboratoriyalari, veterinariya inspeksiyalari, veterinariya, veterinariya-sanitariya stansiyalari va otryadlari. |
162. | Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish korxonalarini xo‘jalik jihatidan boshqarish tashkilotlari. |
163. | Temir yo‘llarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish korxonalari, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadigan temir yo‘l vokzallari, stansiyalar, lokomotiv, elektrovagon va dizel-poyezd depolari, vagon depolari, yo‘l masofasi vagon uchastkalari va boshqalar. |
164. | Yuklarni ortish-tushirish korxonalari, punktlar, ortish-tushirish ishlarining mexanizatsiyalashtirilgan masofalari va uchastkalari, uzatish bazalari, o‘rash idoralari, transport-ekspeditsiya idoralari, konteynyer maydonchalari, ularning bazalari va omborlari va boshqalar. |
165. | Aholi va korxonalarning buyurtmalarini bajaradigan transport-ekspeditsiya korxonalari. |
166. | Neft, gaz va termal suvlarning foydalanish quduqlarini quradigan tashkilotlar. |
07 klass |
167. | Polimer plyonkalar, termoplastlardan listlar va quvurlar (poliolefin, polixlorvinil, poliamid, lavsan, polistirol boshqa termoplastlar) ishlab chiqaradigan korxonalar. | 2,286 |
168. | Maishiy sovutgichlar va muzlatgichlar ishlab chiqaradigan korxonalar. |
169. | Pollar uchun keramik plitkalar, qoplama sirlangan plitkalar, binolarning old tomonini qoplash uchun keramik buyumlar, keramik kanalizatsiya va drenaj quvurlari, keramik kislotaga chidamli buyumlar va boshqa buyumlarni ishlab chiqaradigan korxonalar. |
170. | Trikotaj polotno, shu jumladan texnik trikotaj polotno, shuningdek bo‘yash uchun boshqa korxonalarga beriladigan noski buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar (shu jumladan modellar uylari). Noski buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar va boshqalar. Aholining buyurtmalari bo‘yicha trikotaj buyumlar tayyorlanadigan korxonalar. |
171. | Umumiy foydalaniladigan shosse yo‘llarni va ulardagi inshootlarni ta’mirlash va saqlash korxonalari va tashkilotlari, kommunal xo‘jalikka tegishli bo‘lgan shahardagi yo‘llardan tashqari, yo‘l-foydalanish va ko‘prik uchastkalari va yo‘l bo‘limlari boshqarmalari va hokazolar. |
08 klass |
172. | Qattiq, suyuq va gazsimon yoqilg‘ida ishlaydigan bug‘quvur, gazquvur, dizel va boshqa elektr stansiyalari. | 2,571 |
173. | Mustaqil elektr tarmoqlari (tuman energiya tizimlarining elektr uzatish liniyalari va elektr kichik stansiyalari hamda mustaqil balansda turuvchi boshqa elektr tarmoqlari). |
174. | Mustaqil issiqlik tarmoqlari (tuman energiya tizimlarining issiqlik tarmoqlari va mustaqil balansda turuvchi boshqa issiqlik tarmoqlari). |
175. | Mustaqil balansda turuvchi tuman bug‘qozonlari va boshqa bug‘qozonlar. |
176. | Neft va qo‘shilib chiqadigan gazni qazib olish korxonalari hamda ozokerit qazish korxonalari. |
177. | Neftni qayta ishlash va neft mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari (qurumsiz zavodlar). |
178. | Tabiiy (yonadigan) gaz va gaz kondensati qazib oladigan korxonalar. |
179. | Tabiiy (yonadigan) gazni qayta ishlaydigan korxonalar, geliy ishlab chiqaradigan korxonalar. |
180. | Siqilgan va suyultirilgan gazlar, kislorod, vodorod, argon, kripton, ksenon ishlab chiqaradigan korxonalar. Kaliy o‘g‘itlari va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish. Aftogen korxonalar. |
181. | Plastmassadan qutilar, lotoklar, bochkalar va qoplar ishlab chiqaradigan korxonalar. |
182. | Gazlamadan tayyorlangan buyumlarni oqartiradigan, nim ko‘kartiradigan va kraxmallaydigan vositalar, dog‘ni kyetkazadigan, tozalaydigan, sirlaydigan vositalar, charm va zamshdan tayyorlanadigan buyumlarni parvarish qilish vositalari, yelimlaydigan vositalar, parvarish qilish vositalari ishlab chiqariladigan ixtisoslashtirilgan korxonalar. |
183. | Tuproqqa ishlov beradigan va ekish mashinalari (shu jumladan o‘g‘it sepgichlar), donni o‘rish, quritish va yig‘ib olgandan keyin qayta ishlash uchun mashinalar, texnika ekinlari uchun mashinalar, agregatlar, uzellar, detallar, ehtiyot qismlar va texnologik jihozlar. |
184. | Sement sanoati va ohaktosh materiallar sanoati uchun texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqaradigan korxonalar: yig‘ma temir-beton, asbotsement buyumlar, issiqlikni izolatsiya qiladigan materiallar zavodlari va boshqalar. |
185. | To‘qimachilik sanoati (shu jumladan paxta tozalash, bo‘yash, bezash uskunalari) kigiz-namat va to‘qimachilik galantereya sanoati uchun texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqaradigan korxonalar va boshqalar. |
186. | Tikuv va trikotaj sanoati uchun texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqaradigan korxonalar. Ninalar va tikuv va trikotaj sanoati uchun boshqa ommaviy detallar ishlab chiqaradigan ixtisoslashtirilgan korxonalar. |
187. | Asfalt-beton va boshqa bitum-mineral aralashmalar ishlab chiqaradigan korxonalar. |
188. | O‘simlik va sintetik dubil ekstraktlar ishlab chiqaradigan korxonalar. |
189. | Osh tuzi qazib oladigan va maydalaydigan korxonalar. |
190. | Tabiiy choyni qadoqlaydigan va presslaydigan korxonalar (shu jumladan tosh choyni presslash). |
191. | O‘simlik xomashyosi, etil spirti, furfurol va uning hosilalaridan, ko‘p atomli spirtlar, yog‘och va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari chiqindilaridan gidroliz usulida olinadigan boshqa mahsulotlardan ozuqa xamirturushlari ishlab chiqaradigan korxonalar. |
192. | Tibbiyot instrumentlari, priborlar, apparatlar va uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar. |
193. | Noishlab chiqarish maqsadidagi binolar va inshootlarni ta’mirlaydigan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari (binolar va inshootlarni ta’mirlash va qayta qurish idoralari). |
194. | Aholi buyurtmalari bo‘yicha uy-joylar (kvartiralar)ni ta’mirlaydigan va quradigan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari. |
195. | Tayyorlov (yo‘nalishli, pristan, chuqur) punktlari, bo‘limlar, sotish va uzatish bazalari, elevatorlar, urug‘ni tozalaydigan va donni quritish korxonalari va punktlari, o‘simlik va chorvachilik mahsulotlari tayyorlash idoralari. Sof boshqaruv yoki ustun darajada boshqaruv funksiyalariga ega bo‘lgan tayyorlash tashkilotlari, tayyorlash idoralari ham shu jumlaga kiradi. |