Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
30.04.2021
05.02.2009
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
PQ-1053 05.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
[
OKOZ:
1.
14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING NOGIRONLARNI REABILITATSIYA QILISh VA PROTEZLASh MILLIY MARKAZI JIHOZLANIShINI YaXShILASh BO‘YIChA YaPONIYA HUKUMATI GRANTIDAN SAMARALI FOYDALANIShNI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi jihozlanishini yaxshilash bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish uchun beriladigan Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Yaponiya Hukumati Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi jihozlanishini yaxshilash bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga 441 mln. yena (4,9 mln. AQSh dollari) miqdorida grant berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
2. O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.M.G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Yaponiya Hukumati o‘rtasidagi Almashuv notasini hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan Yaponiya Hukumatining mazkur grantini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan grant Bitimini imzolashga vakil etib tayinlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga mazkur grantni olish uchun Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda barcha zarur tartib-qoidalarni rasmiylashtirish vazifasi yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi ushbu loyihani amalga oshirish doirasida beriladigan mazkur grant hisobidan olib kelinadigan uskunalar, buyumlar va materiallar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda mazkur loyiha doirasida olib kelinayotgan uskunalar, buyumlar va materiallardan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihada qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihaning xorijiy qatnashchilariga ko‘p martalik vizalar berish, shuningdek vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji to‘lashdan ozod qilgan holda ta’minlasin.
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-fevral,
PQ-1053-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 2-son, 38-modda)
×
×