Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
28.09.2020
16.10.2017
25.07.2017
30.12.2013
31.12.2008
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
PQ-1027 31.12.2008
[
OKOZ:
1.
09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.04 Aeroportlar. Aerodromlar]
[
TSZ:
1.
Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Navoiy shahar aeroporti bazasida xalqaro intermodal logistika markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublikaning transport-tranzit infratuzilmasini yanada rivojlantirish, Navoiy shahar aeroporti bazasida Navoiy viloyatidagi erkin sanoat-iqtisodiy zonasining eng muhim obyekti bo‘lgan xalqaro intermodal logistika markazini tashkil etish maqsadida:
1. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “Korean Eyr” aviakompaniyasi o‘rtasida 2008-yil 9-dekabrda Navoiy shahar xalqaro aeroportini boshqarish to‘g‘risida Bitim imzolanganligi, unda “Korean Eyr” aviakompaniyasiga Bitimning amal qilish muddatini yana besh yilga uzaytirish huquqini bergan holda, Navoiy shahar aeroporti boshqaruvini 2009-yil 1-yanvardan 2013-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatga “Korean Eyr” aviakompaniyasiga berish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasida “Korean Eyr” aviakompaniyasi faoliyatini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “Korean Eyr” aviakompaniyasining O‘zbekiston Respublikasiga doimiy ishlash uchun yuborilgan xodimlari maqomiga ko‘ra diplomatik vakolatxonalarning ma’muriy-texnik xodimlariga tenglashtirilsin.
3. Navoiy shahar aeroporti bazasida xalqaro intermodal logistika markazini tashkil etish loyihasi doirasida 2008-yil 1-avgustdan 2019-yil 1-yanvargacha:
“Korean Eyr” aviakompaniyasi tomonidan Navoiy shahar aeroportini boshqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlar va uskunalar, shuningdek, 2008-yilda olib kirilgan ikkita “Xunday Verakruz” avtomobili bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);
“Korean Eyr” aviakompaniyasi — O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan daromadlar, shuningdek, Navoiy shahar aeroportini rivojlantirish bo‘yicha 2008-yilda aviakompaniya tomonidan ko‘rsatilgan konsalting xizmatlaridan olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘ini;
“Korean Eyr” aviakompaniyasining O‘zbekiston Respublikasiga doimiy ishlash uchun yuborilgan xodimlari — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin.
4. Navoiy shahar aeroporti, istisno tariqasida, 2009-yil 1-yanvardan 2019-yil 1-yanvargacha:
aeroportni rivojlantirish va uning bazasida xalqaro intermodal logistika markazini tashkil etish maqsadida o‘z ehtiyojlari uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiradigan tovarlar bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);
“Korean Eyr” aviakompaniyasining O‘zbekiston Respublikasiga doimiy ishlash uchun yuborilgan xodimlarining oylik maoshi qismi uchun yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod qilinsin.
4
1
. Navoiy shahar aeroporti 2015-yil 1-yanvargacha mulk solig‘i, yer solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan ozod etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK buyurtmanomalariga binoan Navoiy shahar aeroporti bazasida xalqaro intermodal logistika markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirish doirasida “Korean Eyr” aviakompaniyasi faoliyatida qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yig‘imlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK buyurtmanomalariga binoan Navoiy shahar aeroporti bazasida xalqaro intermodal logistika markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirish doirasida “Korean Eyr” aviakompaniyasi faoliyatida qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarning davlat boji undirilmasdan vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKga Navoiy shahar aeroporti bazasida xalqaro intermodal logistika markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirish doirasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “Korean Eyr” aviakompaniyasi o‘rtasida tuzilgan Navoiy shahar xalqaro aeroportini boshqarish to‘g‘risida Bitimda nazarda tutilgan tomonlarning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-dekabr,
PQ-1027-son
×
×