6) yangi yerlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jalik yerlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, ko‘chkilardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, radioaktiv va kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish bo‘yicha ishchi loyihalarini ishlab chiqish; Yer uchastkasini ushbu Kodeks 10-moddasining beshinchi qismiga asosan bo‘lishning imkoniyati bo‘lmasa, bunday yer bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb e’tirof etiladi, bu hol ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestrida aks ettiriladi.
Korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi, operativ boshqarish huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga o‘tgan taqdirda, unga yer uchastkasining korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkning ulushiga mutanosib bo‘lgan qismiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o‘tadi, yer uchastkasini bunday ajratish mumkin bo‘lmagan hollarda, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan nizolashilgan taqdirda esa yer uchastkasining bo‘linishi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari tomonidan amalga oshirilib, tuman, shahar hokimining qarori bilan tasdiqlanadi va shundan keyin yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan doimiy foydalanish huquqi davlat ro‘yxatiga olinib, davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi tegishli guvohnomalar beriladi. Foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollarda, taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Qidiruv ishlarini olib boruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish davomida buzilgan yer uchastkalarini belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun o‘z hisoblaridan yaroqli holatga keltirishlari va yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga topshirishlari, yerlar, ekinzorlar, dov-daraxtlar, o‘rmonlar, suvlar va boshqa tabiat obyektlarining, truboprovodlar, kanalizatsiya, melioratsiya tarmoqlari va boshqa inshootlarning yaroqli holda saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishlari, shuningdek yer uchastkalarini vaqtincha egallab turish munosabati bilan yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga yetkazilgan zararni (shu jumladan boy berilgan foydani) qoplashlari shart. Yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyalar tuziladi. Komissiyalar tarkibiga yer resurslari va davlat kadastri (komissiya kotibi), qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, arxitektura va qurilish, geologiya va mineral resurslar, davlat mulkini boshqarish, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari va boshqa shaxslar kiritiladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 1,
2,
3 va
5-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga ko‘ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining
6 — 11-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish mazkur Kodeksning
38-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining
12-bandida ko‘rsatilgan holda tugatish tegishli tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining taklifiga ko‘ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tumanlar hokimlarining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda ko‘rsatilgan mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini tugatish ijara shartnomasini bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu modda birinchi qismining
1,
2,
6 — 10,
12,
13-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini tugatish ushbu Kodeksning
24-moddasida nazarda tutilgan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasini bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
avtomobil va temir yo‘llarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obyektlarini va aviatexnika markazlarini, temir yo‘l transporti obyektlarini, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika tizimi obyektlarini va elektr uzatish tarmoqlarini, aloqa tarmoqlarini, kosmik faoliyat obyektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish); Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin yer uchastkasini bergan organga yer uchastkasini olib qo‘yish haqida taqdimnoma kiritadi. Yer uchastkasini bergan organ taqdimnoma asosida bir oylik muddatda uni olib qo‘yish haqida sudga da’vo arizasi kiritadi. Yer uchastkasini bergan organ, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qo‘shimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli.
Yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun sanoat, transport hamda boshqa noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek oshxonalar, bolalar muassasalari, maktablar, kasalxonalar, keksalar va nogironlar uylarini, sanatoriylar, dam olish uylari va shu kabilarni ta’minlash maqsadida viloyat hokimi foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yerlarni, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarni ham doimiy egalik qilishga berishi mumkin. Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining egaligidagi haydaladigan yerlar, bog‘lar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, pichanzorlar, sug‘orish, zax qochirish va yo‘l tarmog‘i, imoratlar, hovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi. Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga temir yo‘l, ichki suv transporti, avtomobil, havo va truboprovod transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga transport inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlaridan foydalanish, saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanib kelayotgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, shuningdek o‘rmon va suv fondlari yerlari tarkibiga kirmagan qolgan barcha yerlar kiradi. Ushbu Kodeks 8-moddasining 1-7-bandlarida ko‘rsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlardir.
Yerlarni muhofaza qilish ulardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini, o‘rmon fondi yerlarining samaradorligini tiklash va oshirish, qishloq xo‘jalik oborotidan va tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibidan yerlarning asossiz ravishda olib qo‘yilishi oldini olish, ularni zararli antropogen ta’sirdan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar tizimini qamrab oladi. suvni muhofaza qilish zonalari, qirg‘oqbo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari, kurort tabiiy hududlar zonalari, davlat biosfera rezervatlari zonalari, davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari, moddiy madaniy meros obyektlari, suv tashlamalari, yo‘llar, truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda; Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lardan viloyat hokimining qaroriga binoan qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishni ko‘paytirishga, qishloq xo‘jalik yerlaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 82-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda, 51-son, 514-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 52-son, 555-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda, 36-son, 452-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son; 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son; 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son; 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son; 09.11.2023-y., 03/23/876/0839-son)