2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumfuqaro foydalanishda bo‘lgan va bo‘shayotgan avtomototransport vositalari qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin, istisno tariqasida, ushbu Nizomning 8-bandi talablarini hisobga olgan holda, Mudofaa vazirligi tomonidan tashkillashtiriladigan yopiq auksion savdolari orqali sotiladi. Bunda uch oy muddat davomida avtomototransport vositalari yopiq auksionda sotilmagan yoki yopiq auksionda qatnashish bo‘yicha arizalar kelib tushmagan taqdirda, mazkur avtomototransport vositalari umumiy tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasining ommaviy savdolariga chiqariladi.
7. Ushbu Nizomning 5-bandi birinchi xatboshida nazarda tutilgan binolar va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni) sotishdan tushgan mablag‘lar Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasining hisobraqamlarida jamlanadi va ular, sotib olish manbalaridan qat’i nazar, Agentlik tomonidan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar sifatida taqsimlanadi.
8. Ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar budjet tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar “E-auksion” elektron savdo platformasi tomonidan avtomatik tarzda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
9. Budjet tashkilotlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (shu jumladan avtomototransport vositalarini sotib olishga), shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga yo‘naltiriladi.
14. Ushbu Nizomning 12-bandi birinchi xatboshida nazarda tutilgan binolar va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni) sotishdan tushgan mablag‘lar Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasining hisob raqamlarida jamlanadi va ular, sotib olish manbalaridan qat’i nazar, Agentlik tomonidan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar sifatida taqsimlanadi.
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: