Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
28.09.2020
29.03.2005
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
PQ-39 29.03.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
[
OKOZ:
1.
09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati]
[
TSZ:
1.
Iqtisodiyot / Sanoat]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“O‘ZDEUAVTO” AJDA “LASETTI” AVTOMOBILLARI IShLAB ChIQARIShNI QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Lasyetti” avtomobilining yangi modelini O‘zbekiston Respublikasi bozoriga olib chiqish, “O‘zDEUavto” AJ va mahsulotlar mahalliylashtiriladigan zavodlarda texnologiya ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2003-2004-yillarda “O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 820 ta “Lasyetti” avtomobili ishlab chiqarilgani va respublikaning ichki bozorida sotilgani;
Mahsulot sertifikatlangani, “Lasyetti” avtomobillarining issiq iqlim sharoitlaridagi va yonilg‘i tejash sinovlari nihoyasiga yetkazilgani;
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Jeneral Motors DEU Avto va Texnologiyalar” kompaniyasi bilan kelishilgan holda “Lasyetti” modelini yirik blokli yig‘ishdan to‘liq ishlab chiqarish sikliga o‘tish texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejasi ishlab chiqilayotgani;
“O‘zDEUavto” AJ bilan “Jeneral Motors DEU Avto va Texnologiyalar” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan konraktlarga muvofiq 2005-yil yanvaridan boshlab 3008 ta avtomobilga butlovchi detallarning yirik blokli uzellari yetkazib berilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda “Lasyetti” modelini ichki va tashqi bozorlarda sotish istiqbollarini o‘rganish maqsadida marketing tadqiqotlarini o‘tkazsin hamda “Lasyetti” modelini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejasiga muvofiq, sotish hajmlarini ta’minlaydigan tadbirlarni tayyorlasin.
3. 3008 ta “Lasyetti” avtomobilini yig‘ish uchun “O‘zDEUavto” AJ bilan “Jeneral Motors DEU Avto va Texnologiyalar” kompaniyasi o‘rtasidagi kontraktlar bo‘yicha olib kelinadigan butlovchi detallar va uzellar 2005-yilda, istisno tariqasida, bojxona to‘lovlar to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinsin.
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-mart,
PQ-39-son
×
×