Yuqorida ko‘rsatilgan rahbarlar zimmasiga “Yer to‘g‘risida” va
“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining talablari, shuningdek qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilarning mazkur toifasini shakllantirish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat qarorlari og‘ishmay bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin, amalda buyruqbozlik tugatilsin, ularning mahsulot ishlab chiqarish va sotishga bo‘lgan mustaqil huquqi to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqarilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilsin.