Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
28.09.2020
19.01.1995
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
PF-1068 19.01.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
[
OKOZ:
1.
02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
[
TSZ:
1.
Iqtisodiyot / Davlat buyurtmasi. Davlat ehtiyojlari;
2.
Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
1995 YILGI PAXTA VA BOShOQLI DON EKINLARI HOSILI YETIShTIRISh HAMDA DAVLATGA SOTIShNI IQTISODIY RAG‘BATLANTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Paxta va don yetishtirishni yanada ko‘paytirishdan qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy manfaatdorligini oshirish va qishloqda ijtimoiy masalalarni hal qilish maqsadida:
1. Sotish yuzasidan belgilangan topshiriqni bajargan xo‘jaliklar ixtiyorida qoldirilgan mahsulotlar ulushi paxta tolasi hajmining 40 foizgacha va boshoqli don ekinlari xarid hajmining 50 foizgacha oshirilsin, tegishli ravishda ilgari belgilangan davlat buyurtmasi hajmlari paxta tolasi 67 foizdan 60 foizgacha hamda boshoqli don ekinlariga 50 foizgacha kamaytirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi 10 kun muddat ichida paxta va boshoqli don ekinlarining xarid narxlari bo‘yicha, shuningdek paxta tolasining ulgurji narxlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
[
OKOZ:
1.
09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 22-avgustdagi Farmonining
2-bandi
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 19-yanvar,
PF-1068-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 59-modda)
×
×