Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
30.04.2021
14.11.1995
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
PF-1287 14.11.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
[
OKOZ:
1.
19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.05.00 Diplomatik va konsullik xodimlari]
[
TSZ:
1.
Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Diplomatik va boshqa vakolatxonalar;
2.
Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro va xorijiy tashkilotlar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI DIPLOMATIYA VAKOLATXONALARI VA XALQARO TAShKILOTLARNING ISh ShAROITLARINI YaXShILAShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga vakolatxonalarni, shu jumladan vakolatxona boshlig‘i qarorgohini joylashtirishda foydalaniladigan binolarni yoki binolarning bir qismini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning binolarini qurish uchun yer uchastkalarining respublikadagi diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarga ularning o‘z mulki qilib sotishga ruxsat berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi ikki hafta muddat ichida Tashqi ishlar vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda amaldagi qonunchilikni hamda tegishli me’yoriy hujjatlarni o‘zgartirish va ularga qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
3. Mazkur Farmon bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 14-noyabr,
PF-1287-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 237-modda)
×
×