Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
“BANKROTLIK TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA

“142 1 -modda. Majburiy to‘lovlar va moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan qarzdorning realizatsiya qilinmagan mol-mulki

Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2022
Hujjat 06.10.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi 1054–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474–II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 414-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 10-moddaning o‘n birinchi qismidagi “besh” degan so‘z “ikki” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2) 49-moddaning birinchi jumlasidagi “uch” degan so‘z “ikki” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3) 52-moddaning to‘rtinchi qismidagi “o‘n” degan so‘z “yetti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
4) 59-moddaning birinchi qismi birinchi jumlasidagi “bir oylik” degan so‘zlar “o‘n besh kunlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 71-moddaning birinchi qismi uchinchi jumlasidagi “o‘n” degan so‘z “besh” degan so‘z bilan almashtirilsin;
o‘n uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
o‘n beshinchi qismidagi “bir oydan” degan so‘zlar “o‘n besh kundan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 124-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
8) 127-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisidagi “ikki oy” degan so‘zlar “bir oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 134-moddaning o‘n birinchi qismi “mazkur Qonunning 1421 va 143-moddalarida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
10) 135-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismi “shuningdek” degan so‘zdan keyin “majburiy to‘lovlar va moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmagan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismidagi “bir oylik muddat” degan so‘zlar “o‘n besh kun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi