Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
28.09.2020
27.09.1996
22.10.1991
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
PF-280 22.10.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
[
OKOZ:
1.
01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamg‘armalar]
[
TSZ:
1.
Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON IJODKORLARI JAMG‘ARMASINI TUZISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Adabiyot, san’at va me’morchilik namoyandalarining ijodiy faolliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, bozorga o‘tish sharoitida ularning turmush darajasini oshirish va ijtimoiy himoyalanganligini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston ijodkorlari jamg‘armasi tuzilsin.
2. Quyidagilar jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari deb hisoblansin:
— respublika ijodiy uyushmalarining moddiy-texnikaviy va moliyaviy negizini mustahkamlash;
— ijod namoyandalariga, ularning oilalariga ma’naviy, moddiy, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish;
— ijod, dam olish uylari, uy-joy, dala hovlilari qurishda va boshqa qurilish turlarida moliyaviy yordam ko‘rsatish;
— ijodkor xodimlarning pensiya ta’minotini yaxshilash.
3. Jamg‘armaning moddiy-texnikaviy negizini rivojlantirish va mustahkamlash, unga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining rezervidan 3 million so‘m ajratilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni ro‘yobga chiqarishni tashkiliy jihatdan ta’minlash uchun
qaror
tayyorlasin va qabul qilsin, unda:
— O‘zbekiston ijodkorlari jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini tayyorlash;
— O‘zbekiston ijodkorlari jamg‘armasining ta’sis konferensiyasini o‘tkazish, unda jamg‘armaning Kengashi va Boshqaruvini saylash, Ustavini qabul qilish nazarda tutilsin.
5. Respublikaning xo‘jalik organlari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalari rahbarlaridan O‘zbekiston ijodkorlari jamg‘armasiga moddiy-texnika resurslari ajratishda hamda o‘z daromadlaridan mumkin bo‘lgan mablag‘larni o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralsin.
Jamg‘arma va uning ta’sischilari bilan korxonalar, kolxozlar, sovxozlar, muassasalar va tashkilotlarning ma’muriyatlari o‘rtasida ijodiy hamkorlik hamda ularning mehnat jamoalarini madaniy xizmat bilan ta’minlash to‘g‘risida shartnomalar tuzishni amaliyotga yanada keng joriy qilish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 22-oktabr,
PF-280-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 12-son, 285-modda)
×
×