Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
27.09.2010
[
OKOZ:
1.
19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.01.00 Umumiy masalalar]
[
TSZ:
1.
Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida
Dastur
2011-2015-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik
2010-yil 27-sentabr,Toshkent
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 22-fevraldagi PQ–1485-son “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori
bilan tasdiqlangan.
(2011-yil 4-maydan kuchga kirgan)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati (bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar), iqtisodiy hamkor bo‘lib, ikkala davlatning o‘zaro iqtisodiy manfaatlari tarixiy o‘rnatilgan ishlab chiqarish, xo‘jalik va texnikaviy aloqalar bog‘liqligidan, o‘zaro manfaatlilik va teng huquqlilik asosida ularni saqlab qolish va yanada rivojlantirish obyektiv zaruriyatidan kelib chiqib, ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zaruriyatini tan olib, O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida 1996-yil 27-maydagi Shartnomani, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risida 1996-yil 27-maydagi Bitimni, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2008-yil 11-sentabrdagi Bitimni inobatga olib, quyidagilar to‘g‘risida ahdlashib oldilar:
I. Dasturning maqsad va vazifalari
Mazkur Dastur Tomonlar tomonidan o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ikki davlat iqtisodiyoti yetakchi sohalarining ishlab chiqarish sohasidagi hamkorligida yutuqlarga erishish, shu asosda o‘zaro tashqi savdo aylanmasini o‘sishi va ikki davlat aholisining yashash darajasini oshirish bo‘yicha choralar kompleksini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun Tomonlar quyidagi vazifalarni hal qilishga intiladilar:
savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi kelishuvlarni keng qamrovli amalga oshirilishini ta’minlash;
ikki davlat iqtisodiyotlari o‘sishiga yo‘naltirilgan iqtisodiy hamkorlikni barqaror rivojlanishini ta’minlash;
ikki davlat o‘rtasida amaldagi erkin savdo rejimini to‘laqonli shakllantirish;
o‘zaro savdoda to‘siqlarni bartaraf etish;
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng imkoniyatlar va kafolatlarni ta’minlash uchun sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish faoliyatida sof raqobat uchun sharoitlar yaratish;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida axborot bazasini, shu jumladan, tovarlar va xizmatlar eksporti masalalari bo‘yicha ikki davlat biznes sohasi vakillari o‘rtasida amaliy aloqalar o‘rnatish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar ma’lumotlar bazasini yaratish;
ishlab chiqarishning o‘sishi uchun, uning rivojlanishiga investitsiyalar kiritish, yangi fan yutuqlari va yetakchi texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sifat va raqobatbardoshligini oshirish uchun rag‘batlantiruvchi omillar yaratish;
barcha ishlab chiqarish sohalarida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarini rivojlantirish, turli ko‘rinishdagi va shakllardagi qo‘shma korxonalar, savdo uylari va vakolatxonalar tuzish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirish;
davlatlararo iqtisodiy hamkorlik maqsadli loyiha va dasturlarni shakllantirish;
xalqaro transport kommunikatsiyalar va aloqalardan o‘zaro manfaatli foydalanish, amaldagi va yangi transport koridorlarni samaradorligini oshirish va yaratish;
ikki mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlarining eksport va import yuklarini tranzit olib o‘tishda o‘zaro manfaatli sharoitlar yaratish;
mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish.
II. Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
Mazkur Dasturga asosan Tomonlar uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantiradilar:
Tomonlar o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama erkin savdo haqida amaldagi bitimlar asosida, to‘liq hajmda tovarlar erkin savdo rejimini istisno va to‘siqlarsiz amalga oshirishni ta’minlash;
transport kommunikatsiyasi va aloqa sohasida, neft–kimyo sanoatida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash sohasida, turizm sohasida, tarmoqlararo hamkorlikni chuqurlashtirish;
qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan milliy xususiylashtirish dasturlari bilan o‘zaro almashinish va ushbu dasturlarda Tomonlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlarini o‘zaro qatnashishiga qulaylik yaratuvchi sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
milliy va xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalar, seminarlar, konferensiyalar hamda axborot almashish va amaliy aloqalar o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazish.
III. Dasturni amalga oshirish mexanizmi
Dastur Tomonlar davlat boshqaruv organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarining Dasturni amalga oshirish bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasida belgilanadigan aniq vazifalarni bajarish vositasi bilan amalga oshiriladi, bu Dasturning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur Dasturga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyasi Dasturni amalga oshirish bo‘yicha kelishilgan Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi.
Mazkur Dastur va uni amalga oshirish bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyasi tomonidan bajariladi.
(imzolar)
×
×