1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 915–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758–I-sonli
Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (
ilova qilinadi).
Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.