Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
03.05.1997
×
×
mundarija mavjud emas
O‘zbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi o‘rtasida
qo‘shma deklaratsiya
O‘zaro munosabatlar qat’iyatlari to‘g‘risida
1997-yil 3-may, Toshkent
(1997-yil 3-maydan kuchga kirgan)
O‘zbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi, bundan keyin Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar deb yuritiluvchilar,
demokratiya, ozodlik, birdamlik va inson huquqlariga rioya qilish qat’iyatlari asosida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish zaruratiga qat’iy ishongan holda,
Yevropa, Markaziy Osiyo va butun jahonda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik ishiga hissa qo‘shishga ahd qilib,
ikkala xalq o‘rtasida yaqindan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish niyatida,
quyidagilar to‘g‘risida ahdlashdilar:
1. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar o‘z munosabatlarini xalqaro huquq qat’iyatlari va hurmat hamda BMT Xartiyasi, YXHTning Xelsinki Yakunlovchi Akti, Yangi Yevropa uchun Parij Xartiyasi va boshqa hujjatlariga amal qilish asosida o‘rnatadi.
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlar o‘rtasida suveren tenglik, hududiy butunlikni hurmat qilish, hududlarning o‘zgarmasligi va buzilmasligi, bahslarni tinch yo‘l bilan hal etish, teng huquqlilik va o‘zaro foyda ko‘rish, xalqaro majburiyatlarni og‘ishmay bajarish qat’iyatlariga amal qiladilar.
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar inson va etnik ozchilik huquqlariga, demokratiya qat’iyatlari va fundamental ozodlikka amal qilishga alohida ahamiyat beradilar.
2. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar barcha xalqlarni tinchlik, barqarorlik, taraqqiyot va iqtisodiy hamda ijtimoiy farovonlik bilan ta’minlash uchun xalqaro munosabatlarda yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy, avvalo, xavfsizlik va qurolsizlanish sohalaridagi o‘zgarishlar davlatlar o‘rtasidagi yanada yaqin munosabatlar asosida yuz berishiga erishilishi kerak deb hisoblaydilar.
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar shunga ishonadilarki, xalqaro xavfsizlik Yevropa va Osiyoda demokratik o‘zgarishlar o‘z tasdig‘ini topayotgani va kuchayayotgani, har bir xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilayotgani va ichki hamda tashqi siyosatini daxlsiz hamda tashqaridan hech kimning aralashuvisiz belgilayotgani bilan uzviy ravishda bog‘liq.
3. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar yadro qurolini tarqatmaslik rejimini mustahkamlash va ommaviy qirg‘in qurollarining har qanday turini tarqatishning oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlar qo‘llashni qat’iy bayon qiladilar.
4. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar shunga ishonadilarki, mamlakatlarining kelajagi muayyan darajada iqtisodning rivojlanishi va bozor iqtisodiyotiga asoslangan tizimning tuzilishiga bog‘liq. Ular turli sohalar, shu jumladan, energetika, qazib olinuvchi va qayta ishlanuvchi sanoat, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, aloqa va naqliyot, yengil sanoat, raqobatga bardosh beruvchi oxirgi mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qo‘shma korxonalar barpo etish, infratuzilmalar, zamonaviy texnologiyalar va mutaxassislar tayyorlash sohalarida o‘zaro foydali hamkorlikning yangi shakllari paydo bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratib beradilar. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri ikkinchi Oliy Ahdlashuvchi Tomon ishbilarmonlarining o‘z hududidagi faoliyatini rag‘batlantiradi hamda o‘zbek va italyan firmalari o‘rtasidagi hamkorlikka yordamlashadi.
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar yuqorida ko‘rsatilgan sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish uchun siyosiy, iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratib berish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘radilar.
Italiya ikkala mamlakat xalqlari va tashkilotlari yaqinlashuviga ko‘maklashish uchun O‘zbekistonga o‘zining huquq, siyosat, iqtisod va madaniyat sohalaridagi barcha tajribalarini berishga tayyor.
5. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar, sayyoramiz butun insoniyatning umum mulki va unda hayotni saqlab qolish hamda yaxshilash barcha hukumatlarning eng muhim maqsadi hisoblanadi, deb biladilar. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar atrof-muhit uchun mavjud xavflarni kamaytirish va xalqaro nazoratni kuchaytirgan holda ekologik muvozanatni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur chora-tadbirlar qo‘llash maqsadida xalqaro hamjamiyat faol hamkorlik qilishiga rozi. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorliklarini rivojlantiradilar va tajriba hamda texnologiyalar almashlashni tashkil etadilar.
6. Madaniyatga xalqlar va kishilarning yaqinlashuvi yo‘lidagi bebaho vosita sifatida alohida ahamiyat berib, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ikkala mamlakat o‘rtasidagi madaniy, shuningdek, ta’lim, fan va madaniy merosni asrash sohalaridagi hamkorliklarni rag‘batlantiradilar.
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar universitetlar, boshqa oliy ta’lim institutlari, akademiyalar va ilmiy muassasalar o‘rtasida keng hamkorliklar, shuningdek, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi imkoni boricha almashlashni rag‘batlantiradilar. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar diplomatik kanallar orqali taklif qilingan maxsus qo‘shma ekspert guruhlari ishlab chiqqan loyihalar asosida maktab hamda universitet darajasidagi ta’lim to‘g‘risidagi guvohnomalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar tuzish imkoniyatini aniqlash va tizim va o‘quv planlarini taqqoslash maqsadida ikkala maktab va universitet ta’limi va ularning rivoji haqidagi ma’lumotlarni muntazam yangilab borish, shu jumladan vaqti-vaqti bilan hujjatlar va ekspertlar tashriflari almashlash yo‘li bilan, majburiyatini oladilar.
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar zarurat tug‘ilib qolgan taqdirda ikkinchi Oliy Ahdlashuvchi Tomondagi o‘g‘irlab ketilgan yoki qonunsiz yo‘l bilan olib ketilgan madaniy boyliklarni qaytarishga o‘zaro yordam qiladilar.
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar madaniyat va boshqa sohalarda yoshlar almashlashlariga qulay sharoitlar yaratadilar, ikkala mamlakat o‘rtasida sayohatlar rivojlanishini rag‘batlantiradilar, tegishli infratuzilma barpo bo‘lishiga yordamlashadilar.
7. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ham milliy chegaralardan chiqadigan va faqat samarali xalqaro hamkorlik yo‘li bilangina bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan giyohvand moddalarni qonunsiz ravishda ishlatish, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmni kulfat deb hisoblaydilar.
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar imkoni boricha yuqorida sanab o‘tilgan, ikki taraflama va ko‘p taraflama asosda taqiqlangan faoliyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, shuningdek, o‘xshash tuzilma va huquqiy tuzilmalar yaratish yo‘li bilan hamkorlik qiladilar.
8. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ikki taraflama munosabatlarga va o‘zaro manfaatli xalqaro muammolarga daxldor masalalar bo‘yicha mashvaratlar o‘tkazadilar.
Ikkala mamlakat tashqi ishlar vazirliklari doimiy ravishda aloqada bo‘ladilar. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zlari ishtirok etadigan xalqaro tashkilotlarda hamkorlik qiladilar.
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirishga alohida ahamiyat beradilar.
Ular, shuningdek o‘z fuqarolari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarga yordamlashadilar va birodar shaharlar aloqalarini hamda ikkala mamlakat mintaqalari va shaharlari o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishini rag‘batlantiradilar.
9. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Deklaratsiyada kelishib olingan sohalarda, shuningdek o‘zaro manfaatli boshqa jabhalarda ikki taraflama bitimlar tuzadilar.
10. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar shuni tasdiqlaydilarki, ushbu Deklaratsiya hech qanday uchinchi davlatga qarshi qaratilgan emas va u Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning o‘zlari ishtirok etayotgan boshqa ikki taraflama va ko‘p taraflama shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ushbu Qo‘shma Deklaratsiya imzolangan kundan kuchga kiradi.
Ushbuning tasdig‘i sifatida, quyida imzo chekuvchilar, Hukumatlarining tegishli vakolatini olgan vakillari, ushbu Qo‘shma Deklaratsiyani imzoladilar.
Toshkent shahrida 1997-yil 3-mayda har biri o‘zbek va italyan tillaridagi ikki asl nusxada tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
(imzolar)
×
×