Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
28.09.2020
28.10.1998
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
PF-2100 28.10.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
[
OKOZ:
1.
01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.19.00.00 Yig‘ilishlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish tartibi]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Keyingi vaqtlarda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni, marhumlar xotiralariga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishda mamlakatimizning ko‘p joylarida shuhratparastlik, dabdababozlik, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish, el-yurt odatlari va an’analarini mensimaslik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, atrofda yashayotgan odamlarning hol-ahvolini inobatga olmaslik kabi eskidan qolgan asoratlarga yo‘l qo‘yilmokda.
Bunday xunuk odatlarga berilgan davlat xizmatidagi ba’zi o‘zini yo‘qotgan, lavozimini suiiste’mol qilayotgan rahbarlar, oyog‘i yerdan uzilgan, manmanlikka berilib ketgan havoyi mansabdorlarning nomaqbul harakatlari mahallalarda, istiqomat joylarida sog‘lom muhit buzilishiga sabab bo‘lmoqda, oddiy odamlarning nafsoniyatlariga tegmoqda, ularni adolatga, umuman davlat hokimiyatiga ishonchiga ziyon yetkazmoqda.
O‘tganlarning xotirasiga bag‘ishlangan ma’rakalarni ham o‘taketgan dabdabali ravishda o‘tkazishlar ota-bobolarimizdan qolgan milliy rasm-rusumlarimizga putur yetkazish, muqaddas an’analarimizni obro‘sizlantirishga olib kelmoqda.
Mazkur intilishlarning nosog‘lom musobaqaga aylanib ketish hollari dabdabali to‘y-hashamlarni o‘tkazishga qurbi yetmagan or-nomusli kishilarni og‘ir ahvolga tushirmoqda.
Eng achinarli tomoni shuki, bunday soxta xo‘jako‘rsinlik odatlari yoshlarimiz tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, keng jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Ular bu kabi nomaqbul an’analar va odatlarga aylanib borayotgan holatlarga chek qo‘yish haqidagi talablarini bildirmoqdalar. O‘zlarining ehtiyojlaridan ortiq mablag‘larini xalqimizning azaliy odatlariga amal qilib, xayr-ehson, mehr-muruvvat ko‘rsatish, muhtojlarga, beva-bechoralarga yordam berish, turar joylarini obod qilish, yo‘llar, ko‘priklar qurish, ishlab chiqarishga sarf qilish — shunday oliyjanob sa’y-harakatlar orqali el-yurt oldida o‘zlariga haqiqiy obro‘ orttirish yuzasidan takliflar va maslahatlar bermoqdalar.
Yuqoridagilarni nazarda tutib:
1. Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasiga:
a) O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, mahalliy hokimliklar, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda xalqimiz tabiatiga yot bunday xunuk holatlarga zarba berish, oldini olish, chek qo‘yish chora-tadbirlarini ishlab chiqish tavsiya etilsin;
b) Muqaddas dinimiz, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizning haqiqiy mohiyatini hayotiy, ta’sirchan misollar asosida keng xalq ommasiga muntazam yetkazish qat’iy yo‘lga qo‘yilsin;
v) Jamoatchilik kengashlari bilan hamkorlikda zamon talablariga mos, xalqimizning qarashlariga muvofiq keladigan yangi, namunaviy an’analarni tashkil qilish va joriy etish topshirilsin.
2. Ommaviy axborot vositalari mazkur Farmonda ko‘tarilgan masalalarning asl mohiyatini, namunaviy an’analarni keng targ‘ib qilsin, milliy qadriyatlarimizga zid, taraqqiyotimizga to‘sqinlik qilayotgan illatlarga qarshi jamoatchilik fikrini shakllantirishga alohida e’tibor bersin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi davlat tashkilotlari, ma’muriy-huquqiy idoralar va mahalliy hokimliklar rahbarlari, mansabdor shaxslar tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan noma’qulchiliklarga yo‘l qo‘yilgan holatlarni amaldagi qonunchilik asosida chuqur o‘rganib, tegishli xulosalar chiqarsin va zarur choralar ko‘rsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-oktabr,
PF-2100-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 203-modda)
×
×