Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
28.09.2020
20.04.2006
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
PQ-329 20.04.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2006-2007-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2006-2007-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2006-2007-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha tadbirlar 1-ilovaga
*
muvofiq;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalarini hamda texnologik asbob-uskunalarni hududlar bo‘yicha 2006-2007-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va ta’mirlash topshiriqlari 2
*
va 3-ilovalarga
*
muvofiq;
asosiy yoqilg‘i-energetika resurslarini va texnik tuzni hududlar bo‘yicha 2006-2007-yillar kuz-qish davri uchun tayyorlash topshirig‘i 4-ilovaga
*
muvofiq;
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2006-2007-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi 5-ilovaga
*
muvofiq tasdiqlansin.
* 1—5-ilovalar berilmaydi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kommunal xizmat ko‘rsatish masalalariga mutasaddi o‘rinbosarlari rahbarligida huddi shunday hududiy komissiyalar tuzsinlar.
3. Respublika komissiyasi respublika iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2006-2007-yillar kuz-qish davriga tayyorlash va ularning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha zarur tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ushbu qarorning bajarilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-aprel,
PQ-329-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 4-son, 207-modda)
×
×