Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
28.09.2020
12.10.2010
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
PQ-1418 12.10.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2011-yil hosili uchun shudgorlash ishlarini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
2011-yil hosili uchun shudgorlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishni ta’minlash yuzasidan zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasining 2011-yil hosili uchun shudgorlash hajmi va muddatlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan takliflari ilovaga
*
muvofiq qabul qilinsin.
* Ilova berilmaydi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagromashservis” uyushmasining rahbarlari zimmasiga quyidagilar yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin:
texnika ta’mirlanishini nihoyasiga yetkazish, mashina-traktor parklari va fermer xo‘jaliklarining buyurtmanomalari bo‘yicha haydov agregatlari uchun ehtiyot qismlarni tayyorlash va yetkazib berish hamda 2010-yilning 25-oktabridan kechiktirmay barcha joylarda shudgorlashni boshlash;
tasdiqlangan agrotexnologiya normalaridan kelib chiqib, shudgorlashning zarur chuqurligi va bir tekisligiga, mineral va organik o‘g‘itlar solinishiga alohida e’tiborni qaratgan holda, shudgorlash sifatini ta’minlash.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi shudgorlash ishlarining mazkur qarorga muvofiq tasdiqlangan hajm va muddatlarda olib borilishi ustidan nazorat o‘rnatsin. Hisobotni buzib ko‘rsatish va boshqa qoidabuzarlik faktlari aniqlangan hollarda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qat’iy javobgarlik choralari ko‘rilsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zagromashservis” uyushmasi bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlasin:
uch kun muddatda shudgorlashning borishi va sifatini nazorat qiluvchi hududiy komissiyalar tuzish va ularga shudgorlash ishlarini olib borishda har bir tuman bo‘yicha xo‘jaliklar va mashina-traktor parklarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlariga birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun rag‘batlantiruvchi mukofotlar joriy etish huquqini berish;
bir hafta muddatda, yer resurslaridan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda, tumanlar va xo‘jaliklar bo‘yicha shudgorlashni o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
texnika va ustaxonalarning ikki smenada to‘lashni, ishlashini tashkil qilish, shudgorlash ishlarida qatnashayotgan mexanizator hamda operatorlarga maishiy va boshqa zarur shart-sharoitlarning butun kompleksini yaratish;
shudgorlash ishlarini o‘tkazish uchun haydov traktorlari va ko‘chma ta’mirlash ustaxonalarini jalb etish bo‘yicha mintaqalarda joylashgan sanoat, qurilish korxonalari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish;
xo‘jaliklar va mashina-traktor parklari buyurtmanomalariga asosan ehtiyot qismlarni yetkazib berish, shuningdek ko‘chma ta’mirlash ustaxonalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
5. “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarga muvofiq shudgorlash davrida mineral o‘g‘itlar solinishini ta’minlaydigan muddatlarda respublikaning barcha mintaqalariga o‘g‘itlar bir maromda yetkazib berilishini ta’minlasin.
6. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda ularni shudgorlashda ishtirok etuvchi qishloq xo‘jalik korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 12-oktabr,
PQ-1418-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 10-son, 397-modda)
×
×