O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qaroriga asosan, buyuraman:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi,
Jinoyat-ijroiya kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yo‘liqqan shaxslarga (bundan buyon matnda hukm qilingan shaxslar deb yuritiladi) nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin.