Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

1a-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — aholi ehtiyojlari uchun ichki iste’mol bozoriga grafik asosida savdoga chiqarish;
1b-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — yirik korxonalar va tashkilotlarning o‘z ishchi xodimlari ehtiyojlarini qondirish;
1v-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — tibbiyot birlashmasining ehtiyojlariga yetkazib berish;
1g-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — xalq ta’limi muassasalarini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi ehtiyojlarini ta’minlash maqsadlari uchun zaxira omborlariga jamg‘ariladigan mahsulotlar hajmlariga aniqlik kiritib, tuman hokimligiga taqdim etsin.
joriy yilning 30-dekabriga qadar, tuzilgan shartnomalar asosida 4-ilovaga* muvofiq tayyorlovchi savdo tashkilotlarining moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qilib, ularni bank kreditlari va naqd pul mablag‘lariga bo‘lgan talabini banklar kesimida aniqlash, banklarga buyurtmalar berilishini tashkil qilish va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida masalani hal qilish choralarini ko‘rish;
qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish topshirig‘ini tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari kesimida bajarilishini muhokama qilib, tahlil ma’lumotlarini 5*, 6-ilovalarga* muvofiq shakllarda hamda zaxiraga qo‘yilgan mahsulotlarni ichki iste’mol bozoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda, joriy yilning 30-dekabridan boshlab 2014-yilning iyun oyigacha savdoga chiqarish bo‘yicha 10 kunlik grafik ishlab chiqib, mahsulotlarga narxlarni aholiga maqbul darajada belgilash kabi masalalarni nazorat qilish va 7-ilovaga* muvofiq tahlil ma’lumotlarini har 10 kunda viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasiga taqdim etib borish;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi