[
OKOZ:
1.
09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
[
TSZ:
1.
Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatbaho metallar xarid qilish, saqlash va sotish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 31-oktabrdagi PF-3346-son
Farmonini
bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga
muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 26-dekabr,
572-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
26-dekabrdagi 572-son
qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi
tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-yanvardagi 36-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 9-modda) 1-ilovaning
22-bandidagi
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho buyumlar xazinasiga” so‘zlari “Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) 1-ilovaning 92-bandi
to‘rtinchi
va
beshinchi
xatboshidagi,
106-bandidagi
, 118-bandi
beshinchi xatboshidagi
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasining” so‘zlari “Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi
tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 24-son, 242-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda)