Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4-bandlarida ko‘rsatilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki belgi egasining roziligi bo‘lsa, tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin, ushbu modda birinchi qismining
5—8-bandlarida ko‘rsatilgan belgilar, agar ular tovar belgisida ustun mavqega ega bo‘lmasa, bu belgiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 5 — 8-bandlarida ko‘rsatilgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan foydalanish natijasida farqlanish xususiyatiga ega bo‘lgan taqdirdagina, yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 13-bandidagi ikkinchi va
uchinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga tovar belgisi egasining bu belgini ro‘yxatga olish uchun roziligi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Ekspertizadan o‘tkazish chog‘ida talabnomada ifodalangan belgining tovar belgisini ekspertiza qilishda ushbu Qonun 3-moddasining birinchi qismi hamda
10-moddasi (10-moddasi birinchi qismining
14-bandi bundan mustasno)qoidalariga, tovar kelib chiqqan joy nomini ekspertiza qilish va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishda esa ushbu Qonunning
6 va
11-moddalari qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Davlat muassasasining tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq sanasiga ko‘ra ustuvorlikka ega bo‘lgan talabnoma tushganligi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan arizani berish muddati guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy mobaynida guvohnoma egasi bergan iltimosnomaga binoan uzaytirilishi mumkin.
Tovar belgisiga doir guvohnoma uning butun amal qilish muddati davomida, basharti u ushbu Qonun 10-moddasi birinchi qismining 1 — 12-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan bo‘lsa yoki tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar Vazirlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan e’tiboran besh yil mobaynida, basharti u ushbu Qonun 10-moddasi birinchi qismining
13 va
14-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan bo‘lsa, to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Tovar belgisining mazkur Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan holda ishlatilishi tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalil hisoblanadi. Tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etiladigan, tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalillar arizada ko‘rsatilgan vaqt davriga taalluqli bo‘lishi kerak.