T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
I. Sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish,sifatli olimpiya zaxirasini shakllantirish |
1. | 2016-yil Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zbekiston sportchilarini xalqaro sport tadbirlariga tayyorlash va ishtirok etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2013-yil mart | — | Respublika komissiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) |
2. | 2016-yil Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish doirasida litsenziyali musobaqalarda ishtirok etish uchun sportchilarni saralash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2013-yil mart | — | Respublika komissiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) |
3. | Sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalariga a’zo sportchilar bilan xorijiy mutaxassislarning ishlash shartlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash. | 2013-yil mart | — | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MOQ, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi |
4. | Olimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalar ( o‘smirlar, yoshlar, kattalar) a’zolarining har yili 7 — 11 ta o‘quv-mashq yig‘inlarida va 6 — 12 ta xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash. | 2013 — 2016-yillarda. Kalendar rejaga asosan | Budjet, ijrochilar va homiylar mablag‘lari | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va assotsiatsiyalar |
5. | Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari, sport maktablari, klublar va jamoalar tarbiyalanuvchilari orasidan, ayniqsa, respublika hududlaridan istiqbolli yoshlarni terma jamoalarga kiritish uchun saralab olish. | 2013 — 2016-yillar | — | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MOQ, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalari |
6. | Ustuvor olimpiya sport turlari (boks, kurash, dzyudo, og‘ir atletika, taekvondo)ni talaba-yoshlarning uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalariga kiritish hisobiga o‘yinlar dasturini kengaytirish va ishtirokchilar sonini oshirish. | 2013-yildan boshlab | — | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MOQ, Oliy va o‘rta maxs�s ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi |
7. | Yosh istiqbolli sportchilarning olimpiya sport turlari bo‘yicha xalqaro o‘smirlar musobaqalarida ishtirokini ta’minlash. | Kalendar rejaga muvofiq 2013 — 2016-yy. | Budjet, ijrochilar va homiylar mablag‘lari | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MOQ, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi |
8. | 2013-yil Nankin shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi II Osiyo o‘yinlarida yosh sportchilarning ishtirokini ta’minlash. | 2013-yil iyul-avgust | Budjet, ijrochilar va homiylar mablag‘lari | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MOQ, Moliya vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi |
10. | Quyidagilarni shakllantirish: respublika va xalqaro musobaqalarda ko‘rsatilgan sport natijalari asosida olimpiya sport turlari bo‘yicha litsenziya beruvchi musobaqalarda ishtirok etish uchun terma jamoalarning asosiy tarkibini; 2016-yil Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi uchun sport turlari bo‘yicha terma jamoalarning asosiy tarkibini; 2016-yil Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun O‘zbekiston sport delegatsiyasini. | 2013-2014-yy.
2015-yil dekabr
2016-yil mart-iyun
| — | Milliy olimpiya qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalari |
11. | 2014-yil Incheon shahrida (Janubiy Koreya) o‘tkaziladigan Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini ta’minlash. | 2014-yil sentyabr-oktyabr | Budjet, ijrochilar va homiylar mablag‘lari | MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalari |
12. | 2016-yil Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini ta’minlash. | 2016-yil iyul-avgust | Budjet, ijrochilar va homiylar mablag‘lari | MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalari |
II. Olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalariga sport bazalarini biriktirish |
13. | O‘zbekiston boks federatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy — Toshkent shahridagi boks markazi; b) hududiy: Boks federatsiyasining Angren shahridagi “Yangiobod” o‘quv-mashg‘ulot bazasi; Buxoro shahridagi 9-son va Qo‘qon shahridagi 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktablari; Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati;
Samarqand shahridagi boks bo‘yicha oliy mahorat sport maktabi. | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston b�ks federatsiyasi |
14. | O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy — Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi; b) hududiy: “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi; Samarqand oliy mahorat sport maktabi; Nukus shahri 3-sonli olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda Samarqand shahri erkin va yunon-rum kurashi bolalar va o‘smirlar sport maktabi | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi |
15. | O‘zbekiston velosport federatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy — Toshkent shahridagi velotrek majmuasi b) hududiy: “G‘azalkent” mehmonxonasi; Namangan shahridagi velotrek majmuasi | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston velosport federatsiyasi |
16. | O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy — Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi; b) hududiy: Buxoro shahridagi “Xumo” sport majmuasi; Andijon va Navoiy shaharlaridagi gimnastikaga bo‘yicha bolalar-o‘smirlar sport maktablari; Nukus shahridagi 4-son bolalar-o‘smirlar sport maktabi va Samarqand shahridagi bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxirasi sport maktabi | 2013 — 2016-yy.. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi |
17. | O‘zbekiston “ROWING & SANOYE” federatsiyasi (O‘zbekiston eshkak eshish federatsiyasi)ga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy — Samarqand eshkak eshish kanali; b) hududiy: Toshkent viloyati Chorvoq qishlog‘idagi eshkak eshish bazasi; Suv sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorat maktabining eshkak eshish bazasi Bekobod shahridagi 2-son ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabi va Toshkent shahridagi 19-son bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston “ROWING & SANOYE” federatsiyasi |
18. | O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy — Toshkent shahridagi dzyudoni rivojlantirish markazi b) hududiy: Chirchiq shahridagi “Kimyogar” sport majmuasi; Samarqand oliy mahorat sport maktabi; Buxoro, Qarshi, Navoiy, Nukus, Samarqand va Termiz shaharlaridagi bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktablari | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi |
19. | O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy — “Yangiobod” Respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi; b) hududiy — Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi. | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi |
20. | O‘zbekiston suzish federatsiyasi va O‘zbekiston sinxron suzish federatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy: Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji, Toshkent shahridagi “Saxovat sport servis” MChJning suzish basseyni; b) hududiy: Bekobod shahridagi “O‘zmetkombinat” OAJ suzish basseyni; Toshkent shahridagi “Buloq” suzish basseyni; Suv sporti turlarini rivojlantirish respublika markazi; Andijon, Buxoro, Namangan, Nukus, Termiz, Toshkent va Farg‘ona shaharlaridagi bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktablari. | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston suzish federatsiyasi, O‘zbekiston sinxron suzish federatsiyasi |
21. | O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy — “Markaziy harbiy sport klubi”ning (MHSK) o‘q otish tirlari; b) hududiy — “Vatanparvar” MKTning o‘q otish tirlari. | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi, “Vatanparvar” MKT |
22. | O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy: Toshkent shahridagi taekvondoni rivojlantirish markazi; Davlat soliq qo‘mitasining sport-sog‘lomlashtirish majmuasi. | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi |
23. | O‘zbekiston tennis federatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy — Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi; b) hududiy: Toshkent shahridagi “Saxovat sport servis” MChJning tennis kortlari; Andijon shahridagi tennisga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi, Jizzax shahridagi tennisga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi, Namangan shahridagi 25-son bolalar-o‘smirlar sport maktabi. | 2013 — 2016-yy. | — | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston tennis federatsiyasi |
24. | O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy — Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji; b) hududiy: Toshkent viloyatidagi “Chorvoq” bazasi; O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti (O‘zDJTI)ning og‘ir atletika zali; Toshkent viloyati Chinoz qishloq xo‘jaligi kollejining og‘ir atletika zali; Andijon, Buxoro, Namangan, Nukus, Xiva, Toshkent, Farg‘ona shaharlaridagi ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktablari. | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi |
25. | O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy — “Paxtakor” markaziy stadioni huzuridagi qilichbozlik zali b) hududiy — Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” sport majmuasining qilichbozlik zali. | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi |
26. | O‘zbekiston futbol federatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy: “Paxtakor” markaziy stadioni; Toshkent shahridagi “Bunyodkor” futbol stadioni; b) hududiy — oliy liga futbol jamoalarining stadionlari. | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi |
27. | O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasiga quyidagi sport bazalarini biriktirish: a) asosiy — Toshkent shahridagi “Yakkasaroy sog‘lomlashtirish sport majmuasi” stadioni; b) hududiy: “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi; Chirchiq shahridagi “Kimyogar” sport majmuasi; Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi; Bekobod shahridagi “O‘zmetkombinat” OAJ suzish havzasi. | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, IIV, Toshkent shahar hokimligi, Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi |
28. | Hududlarda olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalariga tegishli sport inshootlarini biriktirish: Respublika olimpiya zaxiralari kolleji; Andijon olimpiya zaxiralari kolleji; Buxoro olimpiya zaxiralari kolleji; Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji; Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji; Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji; Urganch olimpiya zaxiralari kolleji; Farg‘ona olimpiya zaxiralari kolleji; Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji. | 2013 — 2016-yy. | | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, boks, yengil atletika, velosport, gimnastika, dzyudo, suzish, sinxron suzish, og‘ir atletika va qilichbozlik federatsiyalari, O‘zbekiston sport kurashlari, taekvondo WTF assotsiatsiyalari, Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi |
III. Olimpiya sport turlari bo‘yicha sport bazalari, markazlar va ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlar bilan ta’minlash |
29. | Chirchiq, Buxoro, Samarqand, Toyloq, Jizzax, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nukus, Urganch va Navoiy olimpiya zaxiralari kollejlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va zarur sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash | 2013 — 2015-yy. | Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
30. | Boks federatsiyasining Yangiobod shaharchasidagi o‘quv-mashg‘ulot bazasini rekonstruksiya qilish va jihozlashni yakunlash hamda Toshkent shahridagi boks markazining sport zalini qurish. | 2013-2014-yy. | Ijrochilar va homiylar mablag‘lari | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, O‘zbekiston boks federatsiyasi |
31. | Buxoro shahridagi 9-son va Qo‘qon shahridagi 1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabi, Jizzax shahridagi boksga ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi, Samarqand shahridagi boks bo‘yicha oliy sport mahorat maktabini kapital ta’mirlash va qo‘shimcha jihozlash. | 2013-2014-yy. | Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari | Buxoro, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari hokimliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB |
32. | Nukus shahridagi 3-son bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabini rekonstruksiya qilish va jihozlash, Samarqand shahridagi erkin va yunon-rum kurashiga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabini kapital ta’mirlash | 2013-2014-yy. | Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand viloyati hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, “O‘zvinosanoat-xolding” XK |
33. | Samarqand sport yakkakurashlari bo‘yicha oliy sport mahorati maktabini kapital ta’mirlash va qo‘shimcha jihozlash. | 2014-y. | Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari | Samarqand viloyati hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi |
34. | Toshkent shahridagi velotrek majmuasini rekonstruksiya qilish va jihozlash | 2014-y. | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Toshkent shahar hokimligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, “Sho‘rtan” GXK, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi |
35. | Andijon va Navoiy shaharlaridagi gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar sport maktablari, Nukus shahridagi 4-son bolalar-o‘smirlar sport maktabi va Samarqand shahridagi 4-son ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabini kapital ta’mirlash va qo‘shimcha jihozlash | 2014-2015-yy. | Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, “O‘zavtosanoat” AK mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Navoiy va Samarqand viloyat hokimliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zavtosanoat” AK |
36. | Suv sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorat maktabining eshkak eshish bazasini rekonstruksiya qilish | 2013-2014-yy. | Ijrochilar va homiylar mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, “O‘zbekenergo” DAK |
37. | Bekobod shahar 2-son ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabini rekonstruksiya qilish va jihozlash hamda Toshkent shahar 19-son bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabini kapital ta’mirlash va qo‘shimcha jihozlash. | 2013-2014-yy. | “O‘zbekenergo” DAK mablag‘lari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi | Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekenergo” DAK |
38. | Chirchiq shahridagi “Kimyogar” sport majmuasini rekonstruksiya qilish | 2013-2014-yy. | Olmaliq KMK mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Olmaliq KMK |
39. | Kelgusida yengil atletika federatsiyasining asosiy bazasi sifatida foydalanish uchun “Paxtakor” markaziy stadionining mashg‘ulotlar maydonini tutash infratuzilmalari bilan birga rekonstruksiya qilish | 2013-2014-yy. | “O‘zbekneftegaz” MXK mablag‘lari | Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbekneftegaz” MXK, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi |
40. | “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi mashq maydonidagi yengil atletika yugurish yo‘lkalarini rekonstruksiya qilish | 2013-y. | “O‘zbekneftegaz” MXK mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, “O‘zbekneftegaz” MXK, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi |
41. | Respublika olimpiya zaxiralari kollejining yengil atletika manejini tutash infratuzilmasi bilan birga rekonstruksiya qilish. | 2014-y. | Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi |
42. | Respublika olimpiya zaxiralari kollejining suzish havzasi qurilishini yakunlash | 2013-y. | Homiylar mablag‘lari | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston suzish federatsiyasi |
43. | Bekobod shahridagi “O‘zmetkombinat” �AJ suzish havzasini rekonstruksiya qilish va unga tutash hududda mamlakat terma jamoalariga a’zo bo‘lgan yetakchi suzuvchilar uchun oziq-ovqat blokiga ega turar joy qurish. | 2014-y. | “O‘zmetkombinat” OAJ mablag‘lari | “O‘zmetkombinat” OAJ |
44. | “Markaziy harbiy sport klubi”ning (MHSK) o‘q otish tirlarida ta’mirlash ishlari (isitish, suv ta’minoti, elektr ta’minoti tizimlari)ni yakunlash. | 2013-y. | Budjet mablag‘lari, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari | Mudofaa vazirligi |
45. | Andijon shahridagi tennisga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabini rekonstruksiya qilish va jihozlash, Jizzax shahridagi tennisga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi va Namangan shahar 25-son bolalar-o‘smirlar sport maktabini kapital ta’mirlash va qo‘shimcha jihozlash. | 2013-2014-yy. | Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, “O‘zpaxtasanoat” assotsiatsiyasi mablag‘lari | Andijon, Jizzax, Namangan viloyatlari hokimliklari, Madaniyat va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” assotsiatsiyasi |
46. | Toshkent shahri Mirobod tumanidagi sobiq bolalar bog‘chasi negizida og‘ir atletika markazini tashkil etish hamda uni kapital rekonstruksiya qilish, zarur anjom va jihozlar bilan ta’minlash. | 2013-2014-yy. | “O‘zqurilishmateriallari” AJ va boshqa homiylar mablag‘lari | Toshkent shahar hokimligi, “O‘zqurilishmateriallari” AJ, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi |
47. | Xiva tuman ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti (O‘zDJTI)ning og‘ir atletika zali va Toshkent viloyati Chinoz qishloq xo‘jaligi kollejining og‘ir atletika zalini kapital ta’mirlash va qo‘shimcha jihozlash. | 2013-2014-yy. | Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, “O‘zqurilishmateriallari” AJ, “Mikrokreditbank” ATB mablag‘lari | Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zqurilishmateriallari” AJ, “Mikrokreditbank” ATB, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi |
48. | Andijon shahrida qilichbozlikka ixtisoslashtirilgan zal qurish | 2013-2014-yy. | Navoiy KMK mablag‘lari | Andijon viloyati hokimligi, Navoiy KMK, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
49. | Respublika olimpiya zaxiralari kollejining futbol maydoniga sun’iy qoplama yotqizish. | 2013-y. | Homiylar mablag‘lari | Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi |
50. | Samarqand shahridagi “Olimpiya zaxiralarini tayyorlash markazi” sport majmuasini Samarqand viloyati O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi balansidan madaniyat va Sport ishlari boshqarmasi balansiga o‘tkazish. | 2013-yil I yarim yillik | — | Samarqand viloyati hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
51. | Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasini Namangan viloyati O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi balansidan Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi balansiga o‘tkazish | 2013-yil I yarim yillik | — | Namangan viloyati hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
IV. Terma jamoalarni tayyorlash jarayoniga zamonaviy ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish |
52. | Sport turlari bo‘yicha terma jamoalarni tayyorlashni ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash va o‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun yetuk sport mutaxassislaridan iborat kompleks ilmiy guruhlarni tashkil etish. | 2013-yil mart | — | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MOQ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi |
53. | Sport sohasida yuqori yutuqlarga erishgan mamlakatlarning (Xitoy, Koreya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqalar) ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda o‘rganish natijalari asosida sport sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yaxshilash bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish. | 2013-y. | Budjet va homiylar mablag‘lari | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, MOQ, Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalari, kompleks ilmiy guruhlar |
54. | Sport-ta’lim muassasalarida sportchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarining namunaviy rejalarini, shuningdek, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash bo‘yicha individual rejalarni tanqidiy tahlil qilish va zamonaviy ilmiy-uslubiy texnologiyalardan foydalanishni hisobga olgan holda o‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalarni ishlab chiqish. | 2013-yil I yarim yilligi | — | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, MOQ, kompleks ilmiy guruhlar |
55. | Asosiy, hududiy va xorijiy sport bazalarida yil davomida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish yo‘li bilan Olimpiya o‘yinlari va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarga uzluksiz tayyorgarlik jarayonini tashkil etish. | 2013-yildan boshlab | Budjet, ijrochilar va homiylar mablag‘lari | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, MOQ, Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalari |
56. | Olimpiya turlari bo‘yicha termalar jamoalarni tayyorlashda konsultatsiyalar berish va ishtirok etish uchun yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish choralarini ko‘rish. | 2013 — 2016-yy. | Budjet, ijrochilar va homiylar mablag‘lari | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, IIV, Moliya vazirligi, MOQ, Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi |
57. | Olimpiya terma jamoalarini tayyorlash borasidagi ilg‘or xorijiy tajriba asosida sportni rivojlantirish, yuksak muvaffaqiyatlarga erishish va o‘quv-mashg‘ulot jarayoni texnologiyalarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish va chop etish. | 2013 — 2016-yy. | Budjet, ijrochilar va homiylar mablag‘lari | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MOQ, Moliya vazirligi, Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi |
V. Olimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarni tayyorlash jarayonini tibbiy-biologik jihatdan ta’minlashni tashkil etish |
58. | O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari va ularning eng yaqin zaxiralarini chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib (yiliga kamida ikki marta), dori vositalari bilan ta’minlagan holda davolash va reabilitatsiya qilishni tashkil etish. | 2013 — 2016-yy. | Budjet mablag‘lari | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalari |
59. | Har bir olimpiya sporti bo‘yicha tibbiy reglamentni ishlab chiqish orqali terma jamoalarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarini uzluksiz tibbiy-biologik va sport-psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish. | 2013 — 2016-yy. | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazir�igi, Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi |
60. | Sportchilarni tayyorlashni tibbiy-biologik va sport — psixologik jihatdan ta’minlashga ixtisoslashtirilgan respublika markazini tashkil etish. | 2013-y. | Homiylar mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MOQ |
61. | Tegishli xalqaro tajribani o‘rganish asosida O‘zbekistonda dopingga qarshi kurashish xizmatini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | 2013-yil I yarim yilligi | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, TIV, MOQ |
62. | Yuqori malakali sportchilar bilan ishlash huquqini beruvchi xalqaro litsenziya bergan holda, akkreditatsiyadan o‘tgan sport markazlari negizida sport shifokorlarining malakasini oshirish tizimini tashkil etish. | 2013 — 2016-yy. | Budjet, ijrochilar va homiylar mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, MOQ |