Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
2. Ishtirokchi-davlatlar ushbu moddaning 1-bandi qoidalari bilan bir qatorda ayollarning homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrida tegishli xizmatlar bilan ta’minlaydi va zaruriyat tug‘ilganda, bepul xizmatlar ko‘rsatadilar, shuningdek, homiladorlik va emizikli davrda kerakli oziq-ovqatlarni yetkazib beradilar.
6. Qo‘mitaning besh nafar qo‘shimcha a’zosi shu moddaning 2, 3 va 4-bandlariga muvofiq Konvensiya ratifikatsiya qilinganidan so‘ng yoki unga o‘ttiz beshinchi davlat qo‘shilgandan keyin saylanadi. Shu tarzda saylangan ikki qo‘shimcha a’zoning vakolat muddati ikki yil o‘tishi bilan tugaydi, bu ikki qo‘shimcha a’zoning familiyasi Qo‘mita raisi tomonidan qur’a tashlash orqali tanlanadi.
1. Qo‘mita ushbu Konvensiyaning 18-moddasiga ko‘ra taqdim etilgan ma’ruzalarni ko‘rib chiqish maqsadida, qoida bo‘yicha ikki xaftadan oshmaydigan davr ichida har yili majlis o‘tkazib turadi.
2. Har qaysi ishtirokchi-davlat mazkur Konvensiyani imzolash, ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish paytida ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan majburiyatlar bilan o‘zini bog‘liq deb hisoblamasligini ta’kidlashi mumkin. Boshqa ishtirokchi-davlatlar ushbu moddaning ko‘rsatilgan bandidan kelib chiqib, shunday shartni qo‘ygan har qanday ishtirokchi-davlatga nisbatan majburiyat olmaydilar.
3. Mazkur moddaning 2-bandiga tegishli shartlarni qo‘ygan har qanday ishtirokchi-davlat istagan paytda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga bildirishnoma yo‘llash bilan o‘z shartlarini olib tashlashi mumkin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi