LexUZ sharhi
3. Ushbu Konvensiya kuchga kirgan sanadan boshlab besh yil o‘tgach, Xalqaro Mehnat Byurosining Ma’muriy kengashi tomonidan quyida keladigan 31-modda qoidalariga binoan ma’ruza tayyorlanayotganida, mazkur Ma’muriy kengash zo‘raki yoki majburiy mehnatning barcha shakllarini keyingi o‘tish davriga uzaytirmay bekor qilish imkoniyatini hamda bu masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini ko‘rib chiqadi.
2. Shu bilan birga, mazkur hokimiyat yuqori mahalliy hokimiyat organlariga zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilish huquqini berishi mumkin, agar bu mehnatkashlarning odatdagi turarjoylaridan ko‘chirilishiga olib kelmasa. Mazkur hokimiyat, shuningdek, ushbu Konvensiyaning 23-moddasida ko‘zda tutilgan tartib-qoidalarda belgilangan shartlar asosida va muddatda, yuqori mahalliy hokimiyat organlariga ma’muriyat amaldorlarining o‘z vazifalarini bajarish paytida ko‘chishini yengillashtirish maqsadi uchun va ma’muriyat yuklarini tashish maqsadi uchun mehnatkashlarning odatdagi turar-joylaridan ko‘chirilishiga olib keluvchi zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilish huquqini berishlari mumkin.
Ushbu Konvensiyaning 10-moddasida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari, zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilish huquqiga ega hokimiyat organi shu mehnat shaklini ko‘llashga ruxsat berishdan avval quyidagilarga oldindan ishonch hosil qiladi:
2. Mazkur modda 1-bandining “s” kichik bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda ushbu Konvensiyaning 23-moddasida ko‘zda tutilgan qoidalar doimiy aholining katta yoshli mehnatga layoqatli erkaklar ulushini belgilaydi, biroq ular ayni paytda zo‘raki yoki majburiy mehnatga shunday shart bilan jalb qilinishi lozimki, bu ulush hech bir holda mazkur aholining 25 foizidan oshmasligi kerak. Mazkur ulushni belgilashda vakolatli hokimiyat organi aholi zichligini, shu aholining ijtimoiy va jismoniy rivojini, yil faslini va shu shaxslar tomonidan ularning turar-joylarida va ularning nomidan bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni hisobga oladi va umuman mazkur jamoa normal turmushining iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlarini e’tiborda tutishi lozim.
1. Ushbu Konvensiyaning 10-moddasida ko‘zda tutilgan zo‘raki va majburiy ishlardan tashqari, barcha shakldagi zo‘raki yoki majburiy mehnat uchun, mehnatga jalb qilingan yoki yollangan hududda shunday turdagi ishlarga nisbatan qo‘llanilayotgan miqdordan kam bo‘lmagan miqdorda, yuqori miqdor qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, naqd pulda haq to‘lanadi.
2. Avvalgi bandning “s”, “d” va “e” kichik bandlarida gap boradigan maksimumni aniqlashda vakolatli hokimiyat organlari bu masalaga taalluqli barcha tegishli omillarni, shu jumladan, mehnatkashlar jalb qilinayotgan aholining jismoniy layoqatini, mehnatkashlar tomonidan bosib o‘tilishi lozim bo‘lgan yo‘nalish xususiyatini, shuningdek, iqlim sharoitini hisobga oladi.