Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
21.06.1935
[
OKOZ:
1.
19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha hamkorlik / 19.03.02.00 Mehnat masalalari bo‘yicha bitimlar / 19.03.02.01 MXT konvensiyalari]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.
Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
Norasmiy tarjima
Qirq soatglik ish haftasi to‘g‘risidagi
Konvensiya
1935-yil 21-iyun, Jeneva
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 83-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 1935-yil 21-iyunda Jenevada qabul qilingan Ishning davom etish muddatini haftasiga qirq soatgacha qisqartirish to‘g‘risidagi 47-Konvensiyaga qo‘shilishi haqida”gi
qaroriga
asosan qo‘shilgan.
(O‘zbekiston Respublikasi uchun 1992-yil 13-iyuldan kuchga kirgan)
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, Jenevada 1935-yilning 4-iyunida o‘zining O‘n to‘qqizinchi Sessiyasiga to‘planib, ish vaqtini qisqartirish to‘g‘risidagi masala Sessiya kun tartibining oltinchi bandi bo‘lganini e’tiborga olib, ishsizlik shu kadar keng miqyos olganligini va shunchalik uzoq vaqt davom etayotganini, hozirgi vaqtda jahon bo‘yicha millionlab mehnatkashlar qiyinchilik va qashshoqlikdan azob chekayotganini va buning uchun ular javobgar emasliklarini hamda ular bu azoblardan xalos bo‘lish uchun qonuniy huquqqa ega ekanini e’tiborga olib, mehnatkashlar zamonaviy sanoatga xos bo‘lgan texnika taraqqiyoti samarasidan imkon boricha amalda foydalana olishi maqsadga muvofiqligini e’tiborga olib, Xalqaro Mehnat Konferensiyasining O‘n sakkizinchi va O‘n to‘qqizinchi sessiyalarida qabul qilingan rezolyutsiyalarning amalga oshirilishida ish turlarining barcha shaklarida ish vaqti muddatini imkon qadar qisqartirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning davom ettirilishi zarurligini e’tiborga olib, bir ming to‘qqiz yuz o‘ttiz beshinchi yil iyun oyining yigirma ikkinchi kunida quyidagi “Qirq soatlik ish haftasi to‘g‘risidagi 1935-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin bo‘lgan Konvensiyani qabul qiladi:
1-modda
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Xalqaro Mehnat Tashkilotining har bir a’zosi quyidagilarni ma’qullashini bildiradi:
a) qirq soatlik ish haftasi prinsipini va u shunday qo‘llanilishi kerakki, natija mehnatkashlar turmush darajasining pasayishiga olib kelmasligi darkorligini; va
b) shu maqsad himoyasi uchun maqbul hisoblanadigan chora-tadbirlar ko‘rilishini yoki tadbirlarga yordam berishni; va shu prinsipni ish turlarining turli toifalariga nisbatan (Tashkilotning mazkur a’zosi tomonidan ratifikatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan) ayrim konvensiyalarning batafsil qoidalariga muvofiq ko‘llash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
2-modda
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar ro‘yxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
3-modda
1. Ushbu Konvensiya faqatgina ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan ro‘yxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining a’zolarinigina birlashtiradi.
2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki a’zosining ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan ro‘yxatga olingan sanadan keyin o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning xar bir a’zosi uchun uning ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjati ro‘yxatga olingan sanadan keyin o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
4-modda
Xalqaro Mehnat Tashkiloti ikki a’zosining ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari ro‘yxatga olinishi bilan, Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori bu haqda Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha a’zolariga xabar beradi. Bosh direktor, shuningdek, keyinchalik Tashkilotning boshqa a’zolari tomonidan yuboriladigan ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlarning ro‘yxatga olinganligi haqida Tashkilotining barcha a’zolariga xabar beradi.
5-modda
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning a’zosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan o‘n yil o‘tganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga ro‘yxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti ro‘yxatga olinganidan keyin bir yil o‘tgach kuchga kiradi.
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir a’zosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan o‘n yillik muddat o‘tganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada ko‘zda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan bo‘lsa, navbatdagi o‘n yillik muddatni kutishga majbur bo‘ladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani har o‘n yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin bo‘ladi.
6-modda
Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Ma’muriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ma’ruzani taqdim etadi va uni to‘la yoki qisman qayta ko‘rib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini ko‘rib chiqadi.
7-modda
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani to‘la yoki qisman 1 qayta ko‘rib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud bo‘lmasa, u holda:
a) Tashkilotning biror a’zosi tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning o‘z kuchi bilan, 5-modda qoidalaridan qat’iy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan bo‘lishi kerak;
b) qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan e’tiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot a’zolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi to‘xtatiladi.
2. Mazkur Konvensiya, har qanday holatda, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot a’zolari uchun amaldagi shakli va mazmuni o‘z kuchida qolaveradi.
8-modda
Mazkur Konvensiyaning inglizcha va fransuzcha matnlari bir xil kuchga ega.
(imzolar)
×
×