Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ShARTNOMASI |
____________ sh. | 20__ yil “___” ____________ |
Keyingi o‘rinlarda “Tashuvchi” deb ataladigan ______________________________________ |
| | (tashuvchining nomi) |
____________________ asosida harakat qiladigan ____________________________ orqali, |
(hujjatning nomi) | | | (F.I.O., lavozimi) | |
bir tomondan, va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 20__ yil “__” ____________da berilgan ____ seriyali _______-son litsenziya asosida faoliyatni amalga oshiradigan va 20__ yil “__” ____________ dagi _______-son sug‘urta sherikchiligini tuzish to‘g‘risida birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaga asosan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta sherikchiligi nomidan uning faoli sifatida harakat qiladigan, keyingi o‘rinlarda “Sug‘urtalovchi” deb ataladigan _____________________________________________________________________________ |
| (sug‘urtalovchining nomi) |
____________________ asosida harakat qiladigan ____________________________ orqali, |
(hujjatning nomi) | | | (F.I.O., lavozimi) | |
ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar: |
1. Shartnomaning predmeti |
1. Sug‘urtalovchi ushbu shartnomaga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” ___________ dagi ______-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga muvofiq sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga yoxud Tashuvchiga ushbu shartnomaning amal qilishi davrida yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini oladi. |
2. Sug‘urta puli va sug‘urta mukofoti |
2. Ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta puli mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq ___________________________________________________________ so‘mni tashkil qiladi. |
(summasi raqamlar va yozuv bilan)
| | |
3. Bitta yo‘lovchiga belgilangan sug‘urta puli: |
uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun — __________________ ______________________________________________________________________so‘mni; |
(summasi raqamlar va yozuv bilan) | |
uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun — _______________________ __________________________________________________________ so‘mni tashkil qiladi. |
(summasi raqamlar va yozuv bilan) | | |
4. Ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq __________________________________________________________ so‘mni tashkil qiladi. |
(summasi raqamlar va yozuv bilan)
| | | | |
5. Sug‘urta mukofoti ushbu shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yo‘la to‘lanadi. |
3. Shartnomaning kuchga kirishi va amal qilish muddati |
6. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi. Sug‘urtalovchining majburiyatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta davrining boshlang‘ich sanasidagi soat 00.00 daqiqadan, lekin sug‘urta mukofoti Sug‘urtalovchining yoki sug‘urta agentining hisob raqamiga tushgan kundan keyingi kundan oldin bo‘lmagan sanadan boshlab kuchga kiradi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta davrining oxirgi sanasidagi soat 24.00 daqiqada tugaydi. 7. Sug‘urta mukofoti Tashuvchi tomonidan Sug‘urtalovchining hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi. Pul mablag‘larining Sug‘urtalovchining hisob raqamiga tushgan sanasi ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘langan sana hisoblanadi. |
4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari |
8. Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega: Sug‘urtalovchidan ushbu shartnoma shartlarini tushuntirib berishni talab qilish; Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan shikoyat qilish. Tashuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 9. Tashuvchi: ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotini qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda to‘lashi; Tashuvchining transport vositalarini boshqaruvchi shaxslarni ushbu shartnoma shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, mazkur shartnoma bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; tashish kunida amalda bo‘lgan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisining o‘zi tasdiqlagan nusxasini o‘zi foydalanayotgan barcha transport vositalariga va (yoki) o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirishi; jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olgan talabnoma bilan murojaat etgan paytdan e’tiboran besh ish kunidan kechiktirmay Sug‘urtalovchini tashish chog‘idagi hodisa haqida yozma shaklda xabardor qilishi; agar sug‘urta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha tarzda aldash oqibatida asossiz ravishda ortiqcha to‘langan bo‘lsa, bu haqda Sug‘urtalovchiga ma’lum qilishi va ortiqcha to‘langan mablag‘larni sug‘urtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur choralarni ko‘rishi shart. Tashuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham oladi. 10. Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: jabrlanuvchining yoki naf oluvchining talabnomasini Tashuvchi tomonidan ko‘rib chiqishda ishtirok etish, zarur hollarda esa tegishli ekspertlarni jalb etish; sug‘urta hodisalari yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berish; Tashuvchiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” ___________ dagi ______-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik ja�obgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarining 55-bandida belgilangan hollarda regress talabi qo‘yish. Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 11. Sug‘urtalovchi: ushbu shartnoma shartlari bilan Tashuvchini tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan Tashuvchi va jabrlanuvchi yoki naf oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi shart. Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham oladi. |
5. Taraflarning javobgarligi |
12. Taraflar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. |
6. Fors-major holatlari |
13. Taraflar fors-major holatlari amal qilgan davrda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarining qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun javob bermaydilar. Fors-major holatlariga quyidagilar kiradi: tabiiy hodisalar (zilzila, ko‘chki, dovul, qurg‘oqchilik va sug‘urta shartnomasida sanab o‘tilmagan boshqa tabiiy hodisalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (harbiy harakatlar, ish tashlashlar, qamallar, davlat tashkilotlarining hamda davlatlar o‘rtasidagi cheklovchi va taqiqlovchi choralar, shuningdek Hukumat qarorlari va boshqalar) oqibatida kelib chiqqan favqulodda, ushbu sharoitlarda bartaraf etib bo‘lmaydigan va oldindan kutilmagan vaziyatlar, agar ushbu vaziyatlar tashuvchining fuqarolik javobgarligin� majburiy sug‘urta qilish shartnomasini bajarishga bevosita ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa. Fors-major holatlari yuzaga kelganda va to‘xtaganda taraflar yozma shaklda bir-birini xabardor qiladilar. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda majburiyatlarni bajarish muddatini taraflar fors-major holatlari mavjud bo‘ladigan vaqtga mutanosib tarzda kechiktiradilar. |
7. Nizolarni hal etish tartibi |
14. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. |
8. Yakunlovchi qoida |
15. Ushbu shartnomani o‘zgartirish, bekor qilish va muddatidan oldin to‘xtatish tartibi, ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish tartibi, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va sug‘urta tovonini to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” ___________ dagi ______-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga muvofiq belgilanadi. |
9. Taraflarning rekvizitlari:
|
Sug‘urtalovchi: ___________________ Manzil: ________________________ tel: ___________, faks: ___________ h/r_____________________________ MFO___________STIR __________ | Sug‘urtalovchi: ___________________ Manzil:________________________ tel:___________, faks: ____________ h/r ____________________________ MFO _________ STIR ____________ |
______________________________ (F.I.O., lavozimi) _________________ (imzo) | ______________________________ (F.I.O., lavozimi) _________________ (imzo) |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20___ yil “___” ___________ dagi ______-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarini oldim.
|
___________________ (imzo) | ____________________________________ (Tashuvchi vakolatli shaxsining F.I.O.) |