Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining 2015-yil ish rejasiga asosan xo‘jalik sudlari tomonidan 2013-2014-yillar davomida xo‘jalik ishlarini ko‘rishda Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) va “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining protsessual muddatlarga oid normalarini qo‘llanilishi bilan bog‘liq sud amaliyotini umumlashtirish uchun (950 ta) xo‘jalik ishlari va ushbu masala bo‘yicha xo‘jalik sudlarida o‘tkazilgan umumlashtirishlar o‘rganib chiqildi.
XPK 76-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza u tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan nizoni hal etilayotgan xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rilishi belgilangan.
XPK 76-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza 2013-yil 10-aprelda kelib tushganligini inobatga olib, sud uni shu yilning 11-aprelidan kechiktirmay hal qilishi lozim edi.
XPKning 99-moddasiga ko‘ra, xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatning o‘tkazib yuborilishi sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklaydi. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida xo‘jalik sudining hal qiluv qarorida, ajrimida yoki qarorida ko‘rsatiladi. Muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqarilishi belgilangan.
Ish hujjatlaridan ko‘rinishicha, ariza xo‘jalik sudiga 2014-yil 8-aprel kuni kelib tushgan. Qarzdor “Ortiqov Azamat Egamberdiyevich” dehqon xo‘jaligi tomonidan XPK 108-moddasi birinchi qismida belgilangan 10 kunlik muddatda xo‘jalik sudiga sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ariza yuzasidan yozma fikr berilmagan. Shundan so‘ng, xo‘jalik sudi tomonidan 2014-yil 21-aprelda, ya’ni ariza xo‘jalik sudiga topshirilgandan keyin (arizada uni qarzdorga topshirilganligi haqidagi sana ko‘rsatilmagan) 13 kun o‘tib, qarzdor — “Ortiqov Azamat Egamberdiyevich” dehqon xo‘jaligidan kreditor — MChJ foydasiga 40 780 945 so‘m asosiy qarz, 203 904,73 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i berilgan.
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandida sudlar inobatga olishlari lozimki, XPK 108-moddasining birinchi qismida belgilangan o‘n kunlik muddat sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi qarzdorga topshirilgan kundan boshlab hisoblanishi, agar arizaning nusxasi topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatda bunday sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa, o‘n kunlik muddat ushbu ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi. XPKda sud buyrug‘ini berish muddati ko‘rsatilmaganligi bois, u yozma fikrni taqdim etish uchun qarzdorga berilgan o‘n kunlik muddat tugaganidan keyingi kundan yoki bildirilgan talabga qarzdorning roziligi haqidagi yozma fikri kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan beriladi.
Vaholanki, XPK 116-moddasining uchinchi qismiga asosan sudya da’vo arizasini qabul qilish to‘g‘risida u kelib tushgan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
XPK 116-moddasining uchinchi qismiga asosan sudya da’vo arizasini qabul qilish to‘g‘risida u kelib tushgan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
XPK 125-moddasining birinchi qismiga asosan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak.
Vaholanki, sud XPK 125-moddasining birinchi qismida belgilangan normaga rioya qilmagan holda ajrim bilan ishni ko‘rishni bir oydan ortiq bo‘lgan muddatga tayinlagan va bu bilan protsessual muddat buzilishiga yo‘l qo‘ygan.
6. XPK 125-moddasining birinchi qismida belgilangan muddatda ishni ko‘rish imkoniyati bo‘lmaganda, sudya ishni ko‘rish muddatini xo‘jalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirish choralarini ko‘rishi lozim.
Vaholanki, XPKning 125-moddasiga asosan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak. Alohida hollarda ishni ko‘rish muddati xo‘jalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
7. XPK 128-moddasining uchinchi qismiga muvofiq xo‘jalik sudi majlisda uch kundan ortiq muddatga tanaffus e’lon qilishga haqli emas.
Vaholanki, XPK 128-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra har bir ishni ko‘rish dam olish uchun belgilangan vaqtdan tashqari uzluksiz davom etadi. Alohida hollarda xo‘jalik sudi majlisda uch kundan oshmagan muddatga tanaffus e’lon qilishga haqli.
8. XPK 138-moddasining to‘qqizinchi qismiga asosan hal qiluv qarorining xulosa qismida uning ustidan shikoyat berish muddati va tartibi ko‘rsatilishi lozim.
XPK 138-moddasining to‘qqizinchi qismiga ko‘ra hal qiluv qarorining xulosa qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarining qanday taqsimlanishi, hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish muddati va tartibi ko‘rsatilishi belgilangan.
9. XPKning 148-moddasiga muvofiq hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, hal qiluv qarori axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Vaholanki, XPKning 148-moddasiga ko‘ra xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, hal qiluv qarori axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
10. Ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo‘lgan ajrimlar XPKning 153-moddasiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi.
XPKning 153-moddasiga asosan xo‘jalik sudi alohida hujjat tariqasida ajrim chiqargan hollarda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin. Ushbu Kodeksga muvofiq, ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo‘lgan ajrimlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrimlar daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
XPK 15517-moddasining birinchi qismiga ko‘ra huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak, ariza xo‘jalik sudiga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan so‘ng ko‘riladigan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bundan mustasno.
12. XPK 15517-moddasining birinchi qismiga muvofiq moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash haqidagi ariza xo‘jalik sudiga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan so‘ng ko‘riladi. Shu sababli ishni ko‘rishga tayinlash muddatini belgilashda XPK 15517-moddasining birinchi qismida belgilangan muddat hisobga olinadi.
Vaholanki, XPK 15517-moddasining birinchi qismiga ko‘ra huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak, ariza xo‘jalik sudiga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan so‘ng ko‘riladigan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bundan mustasno.
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 23-bandining ikkinchi qismiga ko‘ra moliyaviy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ariza xo‘jalik sudiga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan so‘ng ko‘riladi. Bunda XPK 125-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat buzilmasligi lozim.
Vaholanki, XPK 15518-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin uch ish kuni ichida xo‘jalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
14. XPK 158-moddasining ikkinchi qismiga asosan xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida beriladi.
G‘uzor tumani DSI xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “Nodirabegim” MChJga nisbatan Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi qismiga asosan 2 387 700 so‘m, Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan 4 500 000 so‘m moliyaviy jarima qo‘llashni so‘ragan.
Vaholanki, XPK 158-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida beriladi.
15. XPK15518-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kirishi hisobga olinib, sud u qonuniy kuchga kirishi bilan, ya’ni o‘n kun o‘tishi bilan ijro varaqa beradi.
Nishon tuman DSI xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, yakka tartibdagi tadbirkor A. Murtazayevga nisbatan Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan 77 400 so‘m, 119-moddasiga asosan 2 883 150 so‘m moliyaviy jarima qo‘llashni so‘ragan.
XPK 15518-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori, agar apellatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo‘lsa, u qabul qilinganidan keyin o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
16. “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun 45-moddasining birinchi qismiga muvofiq sudya qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish va bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish haqidagi ajrimni ariza tushgan paytdan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqaradi.
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun 45-moddasining birinchi qismiga ko‘ra qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish va bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish yoki arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish to‘g‘risidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal etadi.
17. “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun 189-moddasining birinchi qismiga ko‘ra xo‘jalik sudi hozir bo‘lmagan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizani o‘z ish yurituviga qabul qilib olgan kundan e’tiboran ikki haftalik muddat ichida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi “Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 6-bandiga ko‘ra apellatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan, xususan, ishda ishtirok etmagan, birinchi instansiya sudi uning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilmagan shaxs tomonidan berilganda, shikoyatning (protestning) XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilinishi rad etiladi.
Shu bois, sudning ajrimi bilan mazkur Plenum qarorining 6-bandiga havola qilgan holda apellatsiya shikoyatini qabul qilish rad etilgan.
Yuqorida qayd etilgan Plenum qaroridan kelib chiqib, apellatsiya shikoyatini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim XPK 117-moddasining ikkinchi qismiga mos holda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan yuboriladi.
XPK mazkur moddasining uchinchi qismiga asosan da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
XPK 153-moddasining ikkinchi qismiga ushbu Kodeksga muvofiq, ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo‘lgan ajrimlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrimlar daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Vaholanki, XPK 163-moddasining uchinchi qismiga asosan apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
XPK 124-moddasining birinchi qismiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.
XPKning 153-moddasiga asosan xo‘jalik sudi XPKning 153-moddasiga asosan xo‘jalik sudi alohida hujjat tariqasida ajrim chiqargan hollarda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ishdagi hujjatlardan ko‘rinishicha, 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining da’vo arizasi bo‘yicha 2014-yil 19-mayda hal qiluv qarori qabul qilingan. Mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib javobgar tomonidan apellatsiya shikoyati bergan va apellatsiya instansiyasi sudi 2014-yil 9-iyulda hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Biroq apellatsiya instansiyasi sudining qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarga XPKda belgilangan tartibda yuborilmagan. Ishda qaror yuborilayotganligi to‘g‘risidagi sanasiz kuzatuv xati mavjud bo‘lsada, unda da’vogar va javobgarning nomi, manzili ko‘rsatilmagan. Mazkur kuzatuv xatidan sud hujjati qachon, kimga va qayerga yuborilayotganligini anglab bo‘lmaydi. Shuningdek, ishda qaror topshirilganligi to‘g‘risidagi pochta aloqa xati yoki uni topshirilganligini tasdiqlovchi tilxat mavjud emas.
Vaholanki, XPK 171-moddasining to‘rtinchi qismiga asosan apellatsiya instansiyasi sudining qarori qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
XPKning 167-moddasiga ko‘ra xo‘jalik sudining hal qiluv qarori ustidan tushgan apellatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudiga tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda ko‘riladi.
Mazkur kodeks 125-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, alohida hollarda ishni ko‘rish muddati xo‘jalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
XPKning 185-moddasiga ko‘ra, xo‘jalik sudining hal qiluv qarori yoki apellatsiya instansiyasining qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda ko‘riladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) uning Rayosati tomonidan bir oylik muddatda ko‘riladi.
Mazkur kodeks 125-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, alohida hollarda ishni ko‘rish muddati xo‘jalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
20. Hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xo‘jalik sudi, agarda XPKning 180-moddasida nazarda tutilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari mavjud bo‘lmasa, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish bilan birga besh kunlik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga yuborishi lozim.
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining uchinchi xatboshisida hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xo‘jalik sudi, agarda XPKning 180-moddasida nazarda tutilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari mavjud bo‘lmasa, besh kunlik muddatda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga yuborishi belgilangan.
XPK 212-moddasining birinchi qismiga asosan ijro varaqasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
XPK 212-moddasi birinchi qismining 7-bandida ijro varaqasida ijro varaqasi berilgan sana va uning amal qilish muddati ko‘rsatilishi belgilangan bo‘lsada, XPKning o‘zida yoki boshqa qonun hujjatlarida ijro varaqasining amal qilish muddati belgilanmagan. Shu sababli sudya ijro varaqasida uning amal qilish muddati o‘rniga uni ijroga taqdim etish muddatini ko‘rsatadi.
XPK 213-moddasiga ko‘ra, ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etishda belgilangan muddat tugagan kundan yoxud ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan boshlab olti oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi mumkinligi belgilangan.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasi birinchi qismining 1-bandiga ko‘ra xo‘jalik sudlarining sud hujjatlari olti oy mobaynida ijroga topshirilishi mumkin.
22. XPK 97-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra muddatning oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan hollarda undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi.
XPK 97-moddasining ikkinchi qismiga asosan muddatning oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan hollarda undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi.
XPK 210-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga ko‘ra ijro varaqasi undiruvchiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan keyin beriladi.
Ijro varaqasi sud hujjati hisoblanadi va XPKda boshqa tartib belgilanmaganligi sababli u umumiy tartibda, ya’ni undiruvchiga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi.
24. XPK 210-moddasiga muvofiq ijro varaqasi undiruvchiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan keyin beriladi. Shu bois sud hujjati qonuniy kuchga kirishi bilan sud undiruvchiga ijro varaqasini berishi lozim.
Vaholanki, XPK 210-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga ko‘ra ijro varaqasi undiruvchiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan keyin beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi 06/196-sonli qarorining 1-bandida sudlarning e’tibori sud hujjatlarining ijrosini ta’minlash fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishiga qaratilishi to‘g‘risida tushuntirish berilgan.
Sud XPK va mazkur Plenum qarori talablaridan kelib chiqib hamda sud hujjati ijrosini o‘z vaqtida va imkoniyat darajasida to‘la-to‘kis ta’minlanishiga erishish maqsadida sud hujjati qonuniy kuchga kirishi bilan undiruvchiga ijro varaqasini berishi lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi