Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining 2011-yilga mo‘ljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining 2011-yilga mo‘ljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati REJASI

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tizimida ijro etilishini o‘rganish hamda muhokama qilish (Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 6.1.2-bandiga muvofiq).
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Qashqadaryo viloyatida ijro etilishini o‘rganish hamda muhokama qilish (xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 6.1.4-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1. va 1.2-bandlariga muvofiq).
“Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Surxondaryo viloyatida ijro etilishini o‘rganish hamda muhokama qilish (Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 5.2.2-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.2-bandiga muvofiq).
“O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Buxoro viloyatida ijro etilishini o‘rganish hamda muhokama qilish (Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 5.2.2-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.2-bandiga muvofiq).
“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini o‘rganish hamda muhokama qilish (Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 2.1.2-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.2-bandiga muvofiq).
“Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Samarqand viloyatida ijro etilishini o‘rganish hamda muhokama qilish (xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1. va 1.2-bandlariga muvofiq).
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Andijon viloyatida ijro etilishini o‘rganish hamda muhokama qilish (xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1. va 1.2-bandlariga muvofiq).
Farg‘ona viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyani (Nyu-York, 1979-yil 18-dekabr) bajarish borasidagi ishi haqida (2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1. va 1.2-bandlariga muvofiq).
Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ijro etilishini o‘rganish hamda muhokama qilish (Senatning Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi va xalq deputatlari Qashqadaryo hamda Farg‘ona viloyat Kengashlari bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 7-maydagi Harakat dasturining 5.1.1-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1. va 1.2-bandlariga muvofiq).
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, sog‘liqni saqlash, ekologiya sohasidagi davlat dasturlarining Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ijro etilishini o‘rganish hamda muhokama qilish (Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 7-maydagi Harakat dasturining 2.2.4-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.2-bandiga muvofiq).
“Homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Farg‘ona viloyatida ijro etilishini o‘rganish hamda muhokama qilish (Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 5.2.2-bandiga, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.2-bandiga muvofiq).
“O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent viloyatida ijro etilishini o‘rganish hamda muhokama qilish (xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1. va 1.2-bandlariga muvofiq).
Senatning 2010-yil 7-maydagi Harakat dasturi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzalarining asosiy qoida va xulosalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 42-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 3-dekabrdagi 116-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturi — Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi