Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

1. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Ushbu chora-tadbirlarda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishni avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi o‘rinlarda — Tizim) bosqichma-bosqich ishlab chiqish va joriy etish, 2017-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) integratsiyalashgan Internet tarmog‘idagi Tizim orqali kechayu-kunduz o‘tkazish va hisobga qo‘yish ta’minlansin.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning yangi tartibini muvaffaqiyatli joriy etishni ta’minlash maqsadida qonunchilik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.

Quyidagilarni tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi:

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizom;

Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom;

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishda ro‘yxatga oluvchi va boshqa vakolatli organlarning hamkorlik qilish tartibi.

2016-yil

noyabr

Adliya vazirligi, SSP,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdorvazirlik va idoralar

2.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi:

muhr va shtamp eskizlari, fotokartochka, pasport nusxasi, ro‘yxatga olish (ruxsat berish) tartib-taomillaridan o‘tish kartochkasi, yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi bo‘yicha fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining tasdiqlovchi ma’lumotnomasi, mumkin bo‘lgan firma nomi band qilib qo‘yilganligini tasdiqlovchi noyob login va parol, hozirgi zamon talablariga javob bermaydigan boshqa hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni ro‘yxatga oluvchi organga taqdim etish bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga qo‘yilgan talablarni bekor qilish;

xorijiy investitsiyalarga ega korxonalarni va chet el kapitali ishtirokidagi boshqa korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ta’sis hujjatlarini notarial tasdiqlash, yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan joy bo‘yicha savdo reyestridan xorijiy ta’sischi haqida ko‘chirmani yoki ushbu yuridik shaxs faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ro‘yxatga oluvchi organga taqdim etish bo‘yicha talablarni bekor qilish;

tovarlarni olib kirish (import qilish) bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirkorlik subyektlariga “bir darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi yagona markazlar tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib o‘rnatish;

tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Internet tarmog‘i orqali amalga oshirilganda, davlat bojlari stavkasini amaldagiga nisbatan ikki baravar pasaytirish.

2016-yil

noyabr

Adliya vazirligi, SSP,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdorvazirlik va idoralar

II. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha tashkiliy va tayyorgarlik tadbirlari

3.

Ma’lumotlar bazalarini, billing modulini va Tizimning dasturiy ta’minotini yaratish uchun ishlab chiquvchini aniqlash.

Kelishuv bo‘yicha avval tuzilgan shartnomaning summasini o‘zgartirmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son qarorini amalga oshirish doirasida “Yagona darcha” markazlarida ariza beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni hamda davlat bojlari va yig‘imlari summasini hisobga olishning yagona billing tizimi”ni boshqarish tizimi yaratilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijrochini Tizimni ishlab chiquvchi (keyingi o‘rinlarda — tizim integratori) etib belgilash.

2016-yil

noyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

SSP

4.

Qog‘ozdagi hujjatlar va ma’lumotlarning elektron shaklga (raqamli format) o‘tkazilishini ta’minlash, keyinchalik bu hujjatlarni tizim integratoriga berish va ulardan foydalanish imkoniyatini yaratish bo‘yicha namunali tarmoq grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ro‘yxatga olingan ta’sis hujjatlarini, ularga o‘zgartishlarni (qo‘shimchalarni) va, eng avvalo, ishlab turgan tadbirkorlik subyektlariga berilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazgan holda namunali tarmoq grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016-yil

noyabr

SSP, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, DSQ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tizim integratori

Ro‘yxatga olingan ta’sis hujjatlari, ularga o‘zgartishlar (qo‘shimchalar) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida berilgan guvohnomalarning tegishli ro‘yxatga oluvchi organlar elektron raqamli imzosi bilan belgilangan tartibda imzolangan elektron fayllarini Tizim amalda joriy etiladigan sanagacha tizim integratoriga berish.

2016-yil

dekabr

Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga ro‘yxatga olingan ta’sis hujjatlari, ularga o‘zgartishlar (qo‘shimchalar) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida berilgan guvohnomalarning elektron fayllaridagi zarur ma’lumotlardan yagona nuqta orqali foydalanish imkoniyatini berish, bunda axborot xavfsizligini va ma’lumotlardan cheksiz, kechayu kunduz foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

2017-yilning

I choragi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida Tizimni boshqarish, texnik jihatdan samarali ishlatish va qo‘llab-quvvatlashni dolzarb holatda ta’minlash bo‘yicha guruh tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida Tizimni boshqarish, texnik jihatdan samarali ishlatish va qo‘llab-quvvatlashni dolzarb holatda ta’minlash bo‘yicha guruh tashkil etish to‘g‘risida tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash, guruh vazifalari va funksiyalarini belgilash, shu jumladan ro‘yxatga oluvchi organlarni aloqa vositalari va AKT bilan texnik qo‘llab-quvvatlash.

2017-yilning

I choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

SSP

6.

To‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar muddatlari va (yoki) miqdorlarini buzganlik uchun penya yozilishini istisno etish maqsadida tadbirkorlik subyektiningasosiy faoliyat turi kodi va (yoki) xodimlarning cheklangan o‘rtacha yillik soni o‘zgarganligi u to‘laydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar muddatlari va (yoki) miqdorlarining o‘zgarishiga olib kelishi sababli buhaqda moliyaviy, soliq, statistik yoki boshqa hisobot taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda Internet tarmog‘i orqali xabardor qilish tartibini takomillashtirish.

Moliyaviy, soliq, statistik yoki boshqa hisobotlar tadbirkorlik subyekti to‘laydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar muddatlari va (yoki) miqdorlarining o‘zgarishiga olib kelishi sababli ushbu hisobotlar taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda tadbirkorlik subyektini Yagona portalda “Tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali yoki u bo‘lmagan taqdirda pochta aloqasi orqali xabardor qilish mexanizmini takomillashtirish.

2017-yilning

I choragi

DSQ,

Davlat statistika qo‘mitasi,

SSP

7.

O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlari yagona reyestridagi ma’lumotlarni tadbirkorlik subyektlarining joriy etilayotgan noyob identifikatoriga muvofiqlashtirish uchun jismoniy shaxslar bo‘lgan soliq to‘lovchilarning avval berilgan identifikatsiya raqamlari (STIR) tartibini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya raqamidan (shaxsiy kodidan):

tadbirkorlik subyektining noyob identifikatori;

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) sifatida foydalaniladigan tartib o‘rnatish.

Chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va yuridik shaxslar uchun noyob identifikator sifatida avval belgilangan tartibga ko‘ra beriladigan STIRdan foydalaniladi.

Axborot resurslari va dasturiy-apparat komplekslaridagi jismoniy shaxslar bo‘lgan soliq to‘lovchilarning avval belgilangan tartib bo‘yicha berilgan identifikatsiya raqamlari (STIR) ma’lumotlarini jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga o‘zgartirish orqali axborot resurslari va dasturiy-apparat komplekslarini joriy etilayotgan noyob identifikatorga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish yuzasidan texnik choralar ko‘rish.

2016 2018-yillar

DSQ,

tegishli vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-maydagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibiga va Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

2018-yilning

II choragi

DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Davlat personallashtirish markazi

8.

Noyob identifikatorga ega tadbirkorlik subyektlarining (yuridik shaxslarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning) yagona davlat reyestrini shakllantirish va Elektron shakl tizimiga integratsiyalash.

Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari va yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat reyestrlarida mavjud bo‘lgan, ro‘yxatga oluvchi organlar tomonidan qog‘ozda yuritiladigan ma’lumotlarini elektron shaklga o‘tkazish.

Keyinchalik birlashtirish va elektron shaklda shakllantirish uchun tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrida tegishli ma’lumotlarni elektron shaklda tizim integratoriga o‘tkazish.

2016-yilning

IV choragi

davomida

Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, DSQ, SSP, tizim integratori

III. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish avtomatlashtirilgan tizimining tegishli ma’lumotlar bazalarini yaratish

9.

Elektron shaklda yaratilishi va Tizim bilan integratsiya qilinishi lozim bo‘lgan idoraviy axborot resurslarining ma’lumotlarini (axborot tuzilishi va turini) hamda ma’lumotlar bazalarining yagona formatlarini aniqlash va joriy etish.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishda tegishli manfaatdor organlar va idoralar o‘rtasida almashish uchun axborotning (ma’lumotlarning) tartibli tuzilgan to‘plamini yaratish maqsadida idoraviy axborot resurslari va ma’lumotlar bazalaridagi axborotlar, shuningdek, almashiladigan elektron fayllarning tuzilishi va turi bo‘yichayagona (majburiy) standartni belgilash.

Idoraviy axborot tizimlarini, resurslar va ma’lumotlar bazalarini takomillashtirishni, shuningdek, ularning Tizim bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga tegishli axborot yo‘llash.

2016-yil

noyabr

SSP, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tizim integratori, vazirlik va idoralar

10.

Ariza beruvchilarni Tizimda tasniflash uchun maqbul bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan ma’lumotnomalar va klassifikatorlarni Tizimga joylashtirish (yangilarini ishlab chiqish va amaldagilarini takomillashtirish, shuningdek, tegishli texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotni kodlash orqali).

Ma’lumotlarning yagona formatlari asosida axborot tuzilishi va turi asosida yangi idoraviy axborot resurslari hamda ma’lumotlar bazalarini ularning o‘zaro va Tizim o‘rtasida integratsiyasini ta’minlagan holda ishlab chiqish, mavjudlarini takomillashtirish orqali Tizimning umumiy ma’lumotnomasini yaratish, bu ma’lumotnomada quyidagilarni nazarda tutish:

idoralararo axborot hamkorligi va ma’lumotlar almashinuviga doir standartga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Tizimda ma’lumotlar va axborotni avtomatik yangilash;

hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun ularni tayyorlashda ariza beruvchilar tomonidan tanlanadigan ma’lumotlarni Tizimda kodlash.

2016-yilning

IV choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tizim integratori, Davlat statistika qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

DSQ, SSP, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

11.

Ro‘yxatga oluvchi va boshqa vakolatli organlarning, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini hisobga qo‘yuvchi davlat organlarining elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidano‘tkazish va hisobga qo‘yish,litsenziyalar hamda ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar berish bilan shug‘ullanadiganro‘yxatdan o‘tkazuvchi hamda boshqa vakolatli organlarningdavlat ro‘yxatiga olishdagi vakolatlari, funksiya va vazifalari batafsil tavsiflanganro‘yxati keltirilgan elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.

2016-yilning

IV choragi

Adliya vazirligi, SSP, tizim integratori

12.

Pasport ma’lumotlari mavjud bo‘lgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan axborot (pasport ko‘chirma nusxasi va fotosurat) taqdim etishga doir talablarni istisno etish maqsadida jismoniy shaxslar markaziy ma’lumot bazalarining va “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimining Tizim bilan integratsiyasini ta’minlash.Bunda yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy ma’lumotlari aholi reyestri axborot tizimida to‘g‘ri kiritilganligi avtomatik tasdiqlangandan keyin Tizimning pasport ma’lumotlariga ega tegishli ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olinishi nazarda tutiladi, axborot xavfsizligi va vakolatli organlarning qonun hujjatlarida belgilangan o‘z vakolati doirasida zarur ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati hisobga olinadi.

2016-yilning

IV choragi

Davlat personallashtirish markazi, IIV,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

SSP,

tizim integratori

13.

Tijorat tashkilotlarining barcha tashkiliy-huquqiy shakllari uchun namunaviy ta’sis hujjatlarining interaktiv ma’lumotlar bazasini elektron shaklda yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Ta’sis hujjatlarini interaktiv rasmiylashtirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida tijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlarining barcha namunaviy shakllarini qonun hujjatlariga muvofiq davlat tilida va rus tilida ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016-yil

noyabr

SSP, Adliya vazirligi, tizim integratori

Ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash.

2016-yilning

IV choragi

Adliya vazirligi

14.

Davlat bojlarining, yig‘imlarining stavkalari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, ularni undiruvchi ro‘yxatga oluvchi organlarning hisobvaraqlari to‘g‘risida axborotlarni o‘zida jamlaganelektron shakldagiidoraviy axborot resursini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchunto‘lanadigan davlat bojlari va yig‘imlari stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, shuningdek, uni Tizimga joylashtirish, ular qonun hujjatlariga muvofiq o‘zgartirilganda o‘z vaqtida yangilab borish.

2016-yilning

III choragi

davlat bojlari va yig‘imlarini undiruvchi vazirlik va idoralar, Moliya vazirligi, DSQ, SSP, tizim integratori

Davlat bojlari va yig‘imlarini Internet tarmog‘i orqali to‘lash imkoniyatini ta’minlash, shu jumladan tushayotgan mablag‘larni tegishli budjetlar va fondlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlash va hisobga olish jarayonini avtomatlashtirish.

Tizimni boshqarish, texnik jihatdan samarali ishlatish va dolzarb holatda saqlashni ta’minlovchi guruh ishini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni, shuningdek, Tizim billingi modulini saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kelishilgan takliflarni kiritish.

2016-yilning

IV choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Markaziy bank, DSQ

15.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini Tizim bilan integratsiyalash.

Ro‘yxatga oluvchi organ va statistika organi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi, shuningdek,tadbirkorlik subyektlarini statistika organlarida hisobga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish uchun tegishli registrning Tizim bilan integratsiyasini ta’minlash.

2016-yilning

IV choragi

Davlat statistika qo‘mitasi, SSP, tizim integratori

16.

Soliq to‘lovchilarning yagona davlat reyestrini takomillashtirish va Tizim bilan integratsiyalash.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish jarayonini avtomatlashtirish, soliq to‘lovchilarning berilgan identifikatsiya raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashish uchun tegishli reyestrning Tizim bilan integratsiyasini ta’minlash.

2016-yilning

IV choragi

DSQ, SSP, tizim integratori

17.

Geografik obyektlar nomlari davlat reyestri ma’lumotlar bazasini Tizimga joylashtirish.

Ma’muriy-hududiy birliklar (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar), aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari (mahallalar, prospektlar, ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar, skverlar), ularga o‘xshash obyektlarning qonun hujjatlarida belgilan�an nomlarini ariza beruvchilar tanlashi va aks ettirishi uchun sharoit yaratish maqsadida Geografik obyektlar nomlari davlat reyestrida mavjud ma’lumotlarni shakllantirish va tizim integratoriga berilishini ta’minlash.

2016-yilning

IV choragi

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

SSP, tizim integratori

Keyinchalik Tizimda tegishli ma’lumotlarni yangilab borish va dolzarb holatda saqlash.

doimiy ravishda

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

18.

Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish yagona davlat reyestrini Tizim bilan in�egratsiyalash.

Yangi tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi axborotlar almashinuvini ta’minlash uchun Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish yagona davlat reyestrining elektron shaklini yaratish va uni Tizim bilan integratsiyalash.

2017-yilning

I choragi

Davlat raqobat qo‘mitasi,

SSP, tizim integratori

19.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qo‘shib yuborish va qo‘shib olish uchun berilgan dastlabki rozilik to‘g‘risidagi idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatga olishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligi mavjudligini (mavjud emasligini) avtomatik tarzda tekshirish imkonini beradigan ma’lumotlar bazasini yaratish va tizim bilan integratsiyalash.

2017-yilning

I choragi

Davlat raqobat qo‘mitasi,

SSP, tizim integratori

20.

Bank hisobvaraqlarini ochish uchun zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Hisobvaraqlar ochiq uchun zarur hujjatlarda (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, tijorat tashkilotlarining ta’sis hujjatlari) mavjud ma’lumotlardan tijorat banklariga elektron raqamli imzo yordamida (ariza beruvchining ishtirokisiz) o‘z vakolati doirasida foydalanish imkonini beradigan elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

2017-yilning

I choragi

Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, SSP, tizim integratori

21.

Ustav fondida ta’sischilar ulushi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Quyidagi hollarni avtomatik tarzda aniqlash uchun tegishli axborotlarnio‘zida mujassamlashtirgan ma’lumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash:

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun xorijiy investitsiyalar ulushi miqdorining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq kelmasligi;

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning ta’sischilari orasida xorijiy yuridik shaxsning yo‘qligi;

bozorlarning ustav fondiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda ta’sischilar mablag‘lari kiritilishi ta’minlanmaganligi.

2017-yilning

I choragi

Adliya vazirligi,

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, SSP, tizim integratori

22.

Ustav fondini shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va muddatlarda ustav fondi shakllanganligini, shuningdek, davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan hisobotlar va ma’lumotlar bo‘yicha aniqlanadigan ta’sischilarning qarzdorligi borligini kuzatish imkonini beruvchi elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan birlashtirish.

2017-yilning

I choragi

DSQ, Moliya vazirligi,

Davlat raqobat qo‘mitasi,

SSP, tizim integratori

23.

“Uzkart”, “Upay” banklararo chakana savdo tizimini va boshqa elektron to‘lov tizimlarini Tizim bilan integratsiyalash.

Amaldagi tegishli elektron to‘lov tizimlarining Tizim billing moduli bilan integratsiyasini ta’minlash, bunda:

tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun davlat bojlari va yig‘imlarini Internet tarmog‘i orqali to‘lash;

tadbirkorlik subyektlarini va ro‘yxatga oluvchi organlarni o‘zaro hisob-kitoblar holati haqida Tizim orqali real vaqt rejimida xabardor qilish;

xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, protsessing markazlari va banklar uchun ariza beruvchilar to‘lovlarni amalga oshirishda ularni identifikatsiyalash imkoniyatini nazarda tutish.

2016-yilning

IV choragi

2017-yilning

I choragi

Banklar assotsiatsiyasi,

SSP, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar,

tizim integratori

24.

Shtempel-o‘ymakorlik korxonalariga tayyorlangan muhrlar va shtamplar haqidagi ma’lumotlarni tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritish imkonini beruvchi axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan birlashtirish.

Shtempel-o‘ymakorlik korxonalariga tayyorlangan muhrlar va shtamplar haqidagi ma’lumotlarni tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritish uchun mazkur reyestrdan cheklangan shaklda foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.

Quyidagilarni ta’minlash:

2017-yilning

I choragi

O‘zMAA, SSP,

tizim integratori

qog‘oz shaklda yuritiladigan, muhrlar va shtamplarni hisobga olish daftarchalarida mavjud ma’lumotlarni ro‘yxatga oluvchi organlar tomonidan elektron formatga o‘tkazish;

2016-yilning

IV choragi

Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, SSP, tizim integratori

vakolatli organlarga tegishli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini bergan holda ma’lumotlarni umumlashtirish va Tizimning ma’lumotlar bazasiga integratsiyalash hamda keyinchalik ro‘yxatga oluvchi organlar tomonidan muhrlar va shtamplar daftarchasini yuritishni bekor qilish.

Poligrafiya faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning litsenziya bitimiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

2017-yil

yanvar

O‘zMAA

25.

Tashkilotning ustav fondiga xorijiy ta’sischi tomonidan kiritilgan intellektual mulk hissasini baholash haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Ariza beruvchilar va baholash tashkilotiga korxonaning (tashkilotning) ustav fondiga xorijiy ta’sischi tomonidan kiritilgan intellektual mulkni baholash to‘g‘risida belgilangan tartibda tayyorlangan hisobotni taqdim etish imkonini beruvchi elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.

Baholash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning litsenziya bitimiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

2017-yilning

I choragi

Davlat raqobat qo‘mitasi, SSP, tizim integratori

26.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtiriladigan, yuridik shaxsni qayta tashkil etish to‘g‘risida xabarlar chop etilganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Kreditorlarni bemalol tanishtirish uchun yuridik shaxsni qayta tashkil etish to‘g‘risida axborot keltirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Quyidagilarni ta’minlash:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining maxsus bo‘limiga yuridik shaxslar tomonidan tegishli e’lonlar joylashtirilishiga qarab ularni avtomatik tarzda bepul yangilash imkoniyatini;

bosma ommaviy axborot vositalarida tegishli ma’lumotlarni majburiy e’lon qilish tartibini bekor qilishni.

2017-yilning

I choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP, �izim integratori

27.

Borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlar haqida ma’lumotlar bazasini yaratish va Tizimga kiritish.

Respublikaning borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlari haqidagi axborotlar keltirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish va ushbu tumanlarda tadbirkorlik subyektlari ochishda to‘lanadigan davlat bojlari miqdorlarini aniqlash imkoniyatini ta’minlash uchun uni Tizimga joylashtirish.

2017-yil

fevral

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

SSP, tizim integratori

28.

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar ishtirokida xorijda tashkil etilgan tashkilotlar reyestrining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan qog‘oz shaklida yuritiladigan tegishli reyestrlardagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar ishtirokida xorijda tashkil etilgan tashkilotlar hisobini yuritish uchun tegishli ma’lumotlarni almashish imkoniyatini ta’minlab, yagona reyestr yaratish va Tizim bilan integratsiyalash uchun ma’lumotlarni yagona axborot resursiga jamlash.

2017-yilning

I choragi

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, SSP, tizim integratori

29.

Tizimning dasturiy-apparat majmuini va ma’lumotlar bazasini tegishli server uskunasiga o‘rnatish, keyinchalik ularni tashkil etil?digan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlariga (“Data-tsentr”ga) joylashtirish.

Tizimning dasturiy-apparat majmuini va ma’lumotlar bazasini tegishli server uskunasiga o‘rnatish, shu jumladan Tizim ma’lumotlari zaxirasini yaratish hamda Tizimni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga o‘tkazib berish uchun keyinchalik ularni tashkil etiladigan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlariga (“Data-tsentr”ga) joylashtirish.

2017-yilning

I choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

SSP, tizim integratori,

Moliya vazirligi

IV. Joriy etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi mexanizmini keng yoritish, manfaatdor vazirliklar va idoralar mas’ul xodimlarining malakasini oshirish

30.

Respublika va hududiy tele- va radiokanallarda, bosma OAVda seminarlar, davra suhbatlari, shuningdek, maxsus maqolalar va ko‘rsatuvlar turkumini tashkil etish hamda o‘tkazish.

Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning yangi tartibini keng yoritish bo‘yicha seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish, shuningdek,maqolalar, tele- va radioeshittirishlar turkumini tashkil etish bo‘yicha tegishli jadvallar ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Ishlab chiqish — 2017-yil fevral;

amalga oshirish

— 2017-yil aprel

SSP, Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

31.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarini tanishtirish uchun Tizim bilan ishlash qoidalari haqida uslubiy qo‘llanma chop etish.

Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini, shuningdek, Tizimdan foydalanish qoidalarini tushuntirib beruvchi o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy ko‘rsatmalar chop etish.

O‘quv qo‘llanmalarini Yagona portalga va ro‘yxatga oluvchi organlarning Internet tarmog‘idagi veb-saytlariga hamma foydalanishi uchun joylashtirish.

2017-yilning

I choragi

Adliya vazirligi, SSP,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

32.

Mas’ul xodimlarni Tizim bilan ishlashga o‘qitish va malakasini oshirish.

Tizimga joylashtirilgan axborotning xavfsizligini ta’minlagan holda Tizim bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida birinchi navbatda ro‘yxatga oluvchi organlarning mas’ul xodimlari uchun tegishli kurslar o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Manfaatdor vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, baholash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini Tizim bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga o‘qitish yuzasidan amaliy seminarlar o‘tkazish.

2017-yil yanvardan boshlab muntazam ravishda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

SSP, vazirlik va idoralar, tizim integratori

 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, komissiya raisi

M.I. Atayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari

S.M. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati shu’basi mudiri

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

X.M. Mirzaxidov

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

G.K. Saidova

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

M.M. Ikramov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

R.S. Qosimov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

U.I. Inoyatov

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri

A.V. Alimov

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri

A.A. Axmedbayev

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

Z.A. Dusanov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

B.R. Parpiyev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

B.E.Turayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi

D.A. Xidoyatov

O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

S.A. Arabov

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

B.I. Zakirov

qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari

A.D. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

A.S. Sultanov

“O‘zbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi

F.I. Salomov

“O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi

K.O. Azimov

“O‘zavtosanoat” AK raisining o‘rinbosari

S.S. Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

T.N. Guskova

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

A.N. Fayzullayev

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

Kim Nam Sok

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari AKT bo‘yicha konsultant

N.S. To‘raxodjayev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori

I.R. Maxkamov

“O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori

F.T. Umarxodjayev

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i

Sh.X. Shermatov

Toshkent shahridagi Inxa universiteti rektori

T.Z. Teshabayev

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori

Sh.X. Xabibullayev

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori

Z.M. Raxmatullayev

Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi direktori

kelishuv bo‘yicha

Davlat xavfsizlik xizmati vakili

A.E. Shayxov

Savdo-sanoat palatasi raisi

I.Z. Abdullayev

Axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori

Lavozimiga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya kotibi.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi