O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 23-iyuldagi PF—2342-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 28-avgustdagi 669-I-son qarorining
2-bandini bajarish yuzasidan, shuningdek bankrot deb e’tirof etilgan korxonalarni tugatish jarayonlarini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mazkur Nizom “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 23-iyuldagi PF–2342-son
Farmoniga muvofiq bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan korxonalarni sog‘lomlashtirish hamda ularning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida o‘tkaziladigan suddan oldin sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi.