O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 23-iyuldagi PF—2342-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 28-avgustdagi 669-I-son qarorining
2-bandini bajarish yuzasidan, shuningdek bankrot deb e’tirof etilgan korxonalarni tugatish jarayonlarini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-son hamda “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 23-iyuldagi
PF-2342-son farmonlariga asosan ishlab chiqilgan va bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan korxonalarni sog‘lomlashtirish hamda to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida o‘tkaziladigan suddan oldin sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi.
qarorning nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
1-bandning ikkinchi va
to‘rtinchi xatboshilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
2 va
3-ilovalardagi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy organlariga ko‘rsatmalar chiqarib tashlansin;
2-bandning oxirgi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining tegishli hududiy boshqarmalari rahbarlarining taqdimnomasiga ko‘ra” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vaziri bilan kelishgan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: