2. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “
Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi, “
Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
13. Profilaktika katta inspektori, ushbu Nizomning 12-bandida sanab o‘tilgan vakolatlar bilan birga, ichki ishlar organlari tayanch punkti va profilaktika inspektorlari faoliyatini tashkil etadi va umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.