Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-sonli Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-sonli qaroriga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-sonli Farmoni 1-ilovasida 17- va 18-bandlarining “Mas’ul ijrochilar” grafasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar Dasturida “Mas’ul ijrochilar” grafasining 9- va 31-pozitsiyalaridagi “(Mehnat vazirligi)” so‘zlari “(Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 3-, 4- va 6-ilovalaridagi “mehnat” so‘zi “bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlariga almashtirilsin;
b) 8-ilovasi “Ijro uchun mas’ullar” grafasining o‘zbek tili matnida 18-, 26-, 60-, 112-, 135-, 194-, 195-, 204 — 210-, 239- va 279-pozitsiyalardagi “Mehnat” so‘zi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 7-iyuldagi PQ-404-sonli qarori 6-bandining uchinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 4-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va yettinchi xatboshilaridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 6-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 10-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
e) 1-ilovaning 1-, 3- va 6-bandlaridagi “Bajarish uchun mas’ullar” grafasidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizom nomidagi hamda 1-, 2- va 18-bandlaridagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3-, 4-, 7-, 9-, 10-, 11- va 14-bandlari kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
19-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 3- va 5-bandlaridagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 3- va 4-bandlaridagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surgil konini kompleks obodonlashtirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 18-fevraldagi PQ-797-sonli qarorining 14-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokida “Jeneral Motors O‘zbekiston” korxonasini barpo etish to‘g‘risida” 2008-yil 21-fevraldagi PQ-800-sonli qarorining 11-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy to‘qimachilik uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 21-fevraldagi PQ-1484-sonli qarorining 9-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 24-martdagi PQ-2155-sonli qarorining 14-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 16-dekabrdagi PQ-2272-sonli qarorining 14-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “O‘zkimyosanoat” DAKka karashli “Navoiyazot” AJning talabnomalariga ko‘ra” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zkimyosanoat” AJga karashli “Navoiyazot” AJning talabnomalariga ko‘ra” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5868-sonli Farmoniga asosan 2019-yil 13-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5868/4009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5868-sonli Farmoniga asosan 2019-yil 13-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5868/4009-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi