O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi, xalqaro huquqning, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining prinsiplari va normalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga tayanadi;
Ushbu bandning birinchi va
ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan xavotirli tendensiyalar mavjud tanglik o‘choqlarining global miqyosda keskinlashuviga hamda yangilari paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Buning oqibatida jahondagi holat tobora murakkablashmoqda, taxmin qilinishi qiyin bo‘lgan xususiyat kasb etmoqda.
7. Mazkur bo‘limning 6-bandida ko‘rsatilgan omillar harbiy kuchni qo‘llash zaruriyatini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday sharoitda davlatning mudofaa salohiyati harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlarni jilovlash, neytrallashtirish va tugatishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib qoladi.
19. Qurolli Kuchlarni qo‘llash O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mamlakat mudofaasini rejalashtirishga doir boshqa hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi va amalga oshiriladi.