Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ChORA-TADBIRLAR DASTURI

2-ILOVA
“Vaqf” xayriya jamoat fondining Vasiylik kengashi TARKIBI

Hujjat 13.12.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Diniy-ma’rifiy sohaga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Diniy-ma’rifiy sohaga oid qonun hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish, tahlil qilish, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

1. Xatlov va tahlil o‘tkazish, uning natijalari asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruh tuzish.

2. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2018-yil may

Adliya vazirligi (R. Davletov), DIQ

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov), DIQ

3.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida o‘qishlarini tartibga soluvchi Hukumat qarorini ishlab chiqish va qabul qilish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tashkil egish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil iyun

DIQ, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), TIV (A. Kamilov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

II. Diniy-ma’rifiy sohada ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Normativ-huquq�y hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritish.

2018-yil aprel

DIQ, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), TIV (A. Kamilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy-ma’rifiy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

1.Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil iyun

DIQ, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘MI (U. Alimov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

6.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ?a�arrufidagi muassasalarda fuqarolarga muqaddas Qur’oni karimni o‘rgatuvchi maxsus kurslar tashkil qilish.

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining buyrug‘ini qabul qilish.

2018-yil aprel

UMI (U. Alimov), DIQ, Adliya vazirligi (R. Davletov)

2. Maxsus kurslarni tashkil qilish.

Doimiy ravishda

7.

Umumta’lim maktablarida “Dunyo dinlari tarixi”, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida “Dinshunoslik” va “Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” fanlarining o‘quv dasturlari va darsliklarini, malakali kadrlar bilan ta’minlanganligini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Tadbirlar rejasini ishla� chiqish.

2. Ta’lim muassasalarida ko‘rsatib o‘tilgan fanlarning o‘qitilishini, malakali kadrlar xamda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik faoliyatiga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rgazmali va mediamateriallar bilan ta’minlanganini o‘rganish.

3. O‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida mazkur o‘quv fanlarining o‘qitilishini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va kiritish.

2018-yil may

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), DIQ, O‘MI (U. Alimov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

8.

Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunini o‘rganishga bag‘ishlangan “Axborot soati” va “Ma’naviyat kunlari”ni o‘tkazish ishlarini yanada takomillashtirish.

1. Qonun hujjatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan “Axborot soati” va “Ma’naviyat kunlari”ni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi vazirlarining ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarni o‘quv dasturiga kiritish bo‘yicha buyruqlarini chiqarish.

3. “Axborot soati” va “Ma’naviyat kunlari”ni o‘tkazish bo‘yicha sinf rahbarlari va o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar tashkil etish.

Alohida reja asosida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), DIQ Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kodirov)

III. Diniy bag‘rikenglik, konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish

9.

Nufuzli imom-xatiblar, mashhur sportchilar, madaniyat arboblari va ziyolilar ishtirokida dinning asl insonparvarlik mohiyatini ochib berishga bag‘ishlangan ijtimoiy roliklar namoyishini tashkil qilish.

1. Ijodiy guruhlarni tashkil etish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Roliklarni tayyorlashda jamoat va din arboblari, ziyolilarning ishtirokini ta’minlash.

3. Roliklarni televideniyeda qulay efir vaqtida, kinoteatrlarda seansdan avval namoyish etish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

2018-yil aprel

Doimiy

ravishda

DIQ, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Isroilov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “O‘zbekkino” MA (F. Zokirov), MTRK (A. Xodjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov), O‘MI (U. Alimov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

10.

Diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etish, buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi va islom dinining asl mohiyatini tushuntirishga yo‘naltirilgan audiovizual materiallar (elektron kitoblar, nashrlar, olimlarning sharhi bo‘lgan videoroliklar)ni kompleks ishlab chiqish, shuningdek, uyali telefonlarda va Internetning ilg‘or ijtimoiy tarmoqlarida bepul yuklab olish va foydalanish mexanizmlarini joriy etish.

1. Idoralararo rejalarni ishlab chiqish.

2018-yil aprel

TIV (A. Kamilov), DIQ, O‘MI (U. Alimov), MTRK (A. Xodjayev), ATKR vazirligi (A. Axmedxodjayev), O‘zMAA (L. Tangriyev)

2. Audiovizual materiallarni kompleks ishlab chiqish.

3. Materiallarni nashr etish va tarqatish.

2018-yil davomida

11.

O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy hayoti haqida Vikipediya internet- ensiklopediyasidagi ma’lumotlarni yangilab borish hamda Movarounnahr ulamolari hayoti va ijodi haqidagi materiallarni tarqatish.

1. Idoralararo ishchi guruh tuzish, tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Materiallarni tayyorlash va ularni Vikipediyaga o‘zbek, rus, arab, ingliz tillarida joylashtirish.

3. Joylashtirilgan materiallarni yangilab borish.

Doimiy ravishda

Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy XITM (Sh. Ziyodov), Imom Termiziy XITM (U. Uvatov), ATKR vazirligi (A. Axmedxodjiyev), DIQ, O‘MI (U. Alimov)

IV. Milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ziyorat turizmi uchun sharoitlar yaratishga oid tashkiliy chora-tadbirlar

12.

Diniy ibodatni ado etish uchun kulay sharoitlarni yaratish, mamlakatda ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida jamoat joylarida zamonaviy talablarga javob beradigan sanitariya-gigiyena uzellari (hojatxonalar) va tahoratxonalar qurilishini ta’minlash. Bunda katta magistral yo‘llarning bo‘yida davlat-xususiy sheriklik asosida ibodat qiluvchilar uchun tegishli infratuzilmani shakllantirish.

1. Jamoat joylaridagi sanitariya-gigiyena uzellari (hojatxonalar) ahvolini, tahoratxonalarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilish.

2018-yil aprel

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlan girish davlat qo‘mitasi (A. Abduhakimov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), DIQ, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi (A. Abduvaliyev), O‘MI (U. Alimov)

2. Ishchi guruh tomonidan ish reja loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil may

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan kompleks ish rejani tasdiqlash, mavjud sanitariya-gigiyena uzellari (hojatxonalar)ning ahvolini yaxshilash, ularni ta’mirlash, qayta qurish.

2018-yil sentyabr

4. Amalga oshirilgan ishlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.

2018-yil sentyabr

5. Qonun hujjatlariga, shaharsozlik norma va qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash, sanitariya-gigiyena uzellarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil iyul

13.

Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda “Halol” standarti va boshqa dinlarga taalluqli standartlar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar xodimlarini o‘qitish, tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari va amaliy seminarlarni tashkil etish.

1. Uquv-kurslari va amaliy seminarlarni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tuzish va uning ish rejasini tasdiqlash.

2. O‘quv-kurslari va amaliy seminarlarning konsepsiyasi va dasturlarini ishlab chiqish.

3. O‘quv-kurslari va amaliy seminarlarni hududlar kesimida o‘tkazish.

Alohida reja asosida

“O‘zstandart” agentligi (A. Karimov), DIQ, O‘MI (U. Alimov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Abduhakimov)

14.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi faoliyatini tashkiliy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini qabul qilish.

1. Idoralararo ishchi guruh tuzish.

2. Kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

3. Kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash.

2018-yil aprel-may

O‘MI (U. Alimov), DIQ, Hisob palatasi (M. Ikramov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), ATKR vazirligi (A. Axmedxodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

15.

Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan elektron turniket tizimini o‘rnatish.

1. Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni aniqlash, ro‘yxatini tuzish.

2. Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga elektron turniket tizimini o‘rnatish.

Alohida reja asosida

DIQ, O‘MI (U. Alimov), IIV (P. Bobojonov)

V. O‘zbekistonda konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi ishlarni keng targ‘ib qilish

16.

O‘zbekistonda dinlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi tajribani xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish, bu boradagi ilmiy-ijodiy faoliyatga ko‘maklashish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Jamoat va diniy tashkilotlar xodimlarining respublikada konfessiyalararo hamkorlik va bag‘rikenglik targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish uchun xorijiy safarlarini tashkil etish.

3. O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalariga mamlakatimizda ekstremizm va terrorizmning oldini olish, dinlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi materiallarni, jumladan audiovizual materiallarni xorijiy OAVlarida yoritish uchun taqdim etib borish.

4. Davlat, jamoat va diniy tashkilotlar veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda vijdon erkinligini ta’minlash, bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasida qilinayotgan ijobiy ishlarni keng targ‘ib etish.

2018-yil may

Alohida reja asosida

DIQ, TIV (A. Kamilov), SMTI (V. Norov), O‘MI (U. Alimov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov), Imom Buxoriy XITM (Sh. Ziyodov), Imom Termiziy XITM (U. Uvatov)

17.

Xorijiy OAVda O‘zbekistonning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, shuningdek, vijdon erkinligini ta’minlash borasida qilingan ishlar haqidagi ko‘rsatuv va roliklar namoyishini tashkil etish.

1. O‘zbekiston MTRKning xorijiy davlatlarning eng ommabop teleradiokanallari bilan hamkorligini o‘rnatish.

2018-yil may

MTRK (A. Xodjayev), TIV (A. Kamilov), EOAVMA (F. Abduxalikov), DIQ, O‘MI (U. Alimov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

2. Xorijiy OAVga taqdim etish uchun ko‘rsatuv, rolik va boshqa materiallarni tayyorlash.

3. Materiallarni namoyish etish va OAV hamda Internet tarmog‘ida yoritib borish.

Alohida reja asosida

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi