T/r | Tadbirlarning nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
I. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasida nazorat tizimini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish |
1. | Amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasidagi qonun hujjatlarini, shu jumladan xalqaro standartlarni implementatsiya qilish orqali takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil 1-avgustgacha | Bosh prokuratura, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish, shuningdek davlat nazorati organlarining ushbu sohadagi vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi Qonuni | 2019-yil 1-yanvargacha | Bosh prokuratura, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
3. | Qishloq xo‘jaligi texnikasi, meliorativ texnika va agrotexnika tadbirlarining holati ustidan nazorat o‘rnatish va ularnin� hisobini yuritish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil 1-dekabrgacha | Inspeksiya |
4. | Respublika ichida tashishda hamda eksport va import qilishda don, paxta xomashyosi, paxta urug‘i va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini davlat tomonidan majburiy tekshirish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil 1-noyabrgacha | Inspeksiya, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpaxtasanoat” AJ, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
II. Qishloq xo‘jaligi texnikasi va agrotexnik tadbirlarning holati ustidan nazorat tizimini takomillashtirish |
5. | Texnikaviy normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga javob beradigan va qishloq xo‘jaligida qo‘llashga tavsiya qilingan texnikalar reyestriga kiritish uchun qishloq xo‘jaligi texnikasini tezkor sinovdan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil 1-dekabrgacha | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Inspeksiya, manfaatdor vazirlik va idoralar |
6. | Agrotexnika tadbirlarini bajarish davrida texnikaning mavjudligi va tayyorligini joriy vaqt rejimida kuzatib borish va boshqa zarur funksiyalarni bajarish imkonini beradigan zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimli va dasturiy ta’minotli server uskunalarini sotib olish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil 1-yanvargacha | Inspeksiya, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
7. | Axborot xavfsizligi ta’minlanishini hisobga olgan holda idoralararo yagona elektron axborot almashinuvining tegishli veb-servisini ishlab chiqish va joriy etish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil 1-yanvargacha | Inspeksiya, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
8. | Qishloq xo‘jaligi texnikasi va meliorativ texnikaning sifat va texnikaviy ko‘rsatkichlarini, uni ta’mirlash va unga servis xizmatlarini ko‘rsatish sifatini tekshirish uchun ko‘p funksiyali asbob-uskuna va anjomlar bilan jihozlash. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil 1-yanvargacha | Moliya vazirligi, Inspeksiya |
III. Don, paxta xomashyosi, paxta urug‘i va ulardan qayta ishlangan mahsulotlardan foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash |
9. | Don, paxta xomashyosi, paxta urug‘i va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar tabiiy kamayishi normalarining to‘g‘ri qo‘llanishi va balans parametrlari ijrosini nazorat qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil 1-oktabrgacha | Inspeksiya, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpaxtasanoat” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar |
10. | Don, paxta xomashyosi, paxta urug‘i va ulardan qayta ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologik jarayonlarini yuritish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2019-yil 1-martgacha | Inspeksiya, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpaxtasanoat” AJ |
11. | Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida import qilinadigan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining sifatini tekshirish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil 1-noyabrgacha | Inspeksiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
IV. Suv resurslaridan va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan foydalanilish�ni nazorat qilish |
12. | Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish va suv iste’moli ustidan tekshiruvlar o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining mas’uliyatini oshirish mexanizmlarini nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil 1-oktabrgacha | Inspeksiya, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
13. | Suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha shartnomalar reyestri hisobini yuritish, shuningdek suvning to‘liq hisobini ta’minlash, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari tomonidan suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish jurnallari yuritilishi uchun dasturiy ta’minot yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish. | Tashkiliy tadbirlar | 2018-yil 1-iyungacha | Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Inspeksiya, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
14. | Suvni tejash texnologiyalari va uskunalari, jumladan tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish mexanizmini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2019-yil 1-yanvargacha | Inspeksiya, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi |
15. | Yerlarni sug‘orish va melioratsiya qilishning amaldagi tartibi va normalarini tanqidiy o‘rganish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari bo‘yicha sug‘orish va yerlarni melioratsiya qilish normalarini aniqlashning yangi usulini j�riy etish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil 1-iyulgacha | Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Inspeksiya |
16. | Qishloq xo‘jaligi sohasida suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va pasportlashtirish. | Tashkiliy tadbirlar | 2018-yil 1-dekabrgacha | Suv xo‘jaligi vazirligi, Inspeksiya |
V. Inspeksiya va uning bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnika va mexanizmlar bilan ta’minlash, xodimlarini rag‘batlantirish, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish |
17. | Zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajargan Inspeksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Idoraviy hujjat | 2018-yil 1-iyungacha | Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Inspeksiya |
18. | “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi ustavini ishlab chiqish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, boshqaruv apparatining tuzilmasini tasdiqlash. | Tashkiliy tadbirlar | 2018-yil 1-iyungacha | Inspeksiya |
19. | “Respublika don mahsulotlarini himoya qilish ekspeditsiyasi” davlat unitar korxonasining kelgusidagi faoliyati maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish. | Tahliliy hujjat | 2018-yil 1-avgustgacha | Inspeksiya, “O‘zdonmahsulot” AK |
20. | Inspeksiya xodimlarini, birinchi navbatda, tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘linmalari inspektorlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tizimli kurslarni tashkil qilish. | O‘quv dasturlari | 2018-yilning sentyabridan boshlab | Bosh prokuratura OO‘K, Inspeksiya, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
21. | Inspeksiyaning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, zamonaviy texnika va uskunalar bilan ta’minlash, shu jumladan laboratoriya uskunalarini, suv iste’molini hisobga olish asboblarini, videoregistratorli parvoz qiluvchi dronlarni va hokazolarni sotib olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2018-yil 1-sentabrgacha | Inspeksiya, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
VI. Agrosanoat majmuida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish |
22. | Don, paxta xomashyosi, paxta urug‘i va ulardan qayta ishlangan mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlariga (navi, toifasi, turi va hokazolarga) qo‘yilgan amaldagi talablarni, sifatini aniqlash tartibi va uslublarini o‘rganish, ularni yanada maqbullashtirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash. | Idoraviy hujjat | 2019-yil 1-yanvargacha | Inspeksiya, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” AK |
23. | Paxta mahsulotlarining mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va ma’lumotlar bazalarini takomillashtirish hamda modernizatsiya qilish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil 1-martgacha | “O‘zpaxtasanoat” AJ, Inspeksiya, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
24. | Qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘larida genmodifikatsiyalangan organizmlar (GMO) mavjudligini aniqlash uchun uskuna sotib olish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil 1-martgacha | Moliya vazirligi, Inspeksiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
25. | Import qilinadigan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining nav va ekin sifatlarini aniqlash bo‘yicha standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Normativ-huquqiy hujjat | 2019-yil 1-aprelgacha | “O‘zstandart” agentligi, Inspeksiya, manfaatdor vazirlik va idoralar |