T/r | Davlat ekologik ekspertizasi obyektlari | Davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etiladigan materiallar | Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazuvchi organ | Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganligi uchun haq to‘lash tartibi |
1 | Ijtimoiy sohani, shuningdek davlat tomonidan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini rivojlantirish davlat dasturlari, konsepsiyalari va sxemalari loyihalari | Ishlab chiqilgan hujjatlar | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Mazkur toifadagi loyihalar bo‘yicha DEE bepul o‘tkaziladi |
2 | Ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish konsepsiyalari, sxemalari loyihalari | Ishlab chiqilgan hujjatlar | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida |
3 | Barcha turdagi qurilish uchun yer uchastkalari ajratish materiallari | Atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasi tarkibida ko‘rib chiqiladigan ishlab chiqilgan hujjatlar (ATTA) | Ularning toifalariga muvofiq “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi yoki DEE mintaqaviy organlari | Yer uchastkasi ajratish materiallari ko‘rib chiqilganligi uchun alohida haq undirilmaydi |
4 | Faoliyat turlari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlari: | | | |
| I toifa | Atrof muhitga ta’sirni baholash (ATB) | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida |
| II toifa | ATB | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida |
| III toifa | ATB | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari miqdorida |
| IV toifa | ATTA loyihasi | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida |
5 | Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-metodik hujjatlarning loyihalari | Ishlab chiqilgan hujjatlar | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Tegishli toifa obyekti davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi haqining 30 foizi miqdorida |
6 | Texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar | Ishlab chiqilgan hujjatlar | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida |
7 | �trof tabiiy muhitga va fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar: | | | |
| I toifa | Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (obyektning atrof muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazishi fakti aniqlangan hollarda) | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida |
| II toifa | Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (obyektning atrof muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazishi fakti aniqlangan hollarda) | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida |
| III toifa | Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (Obyektning atrof muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazishi fakti aniqlangan hollarda) | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari miqdorida |
| IV toifa | Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (Obyektning atrof muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazishi fakti aniqlangan hollarda) | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida |
8 | Hududlarni keyinchalik ularga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida kompleks tekshirish materiallari | Ishlab chiqilgan hujjatlar | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida |
9 | Shaharsozlik hujjatlari: | | | |
| 50 mingdan ortiq kishi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan obyektlar uchun | ATB | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida |
| 50 ming kishi va undan kam aholi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan obyektlar uchun | ATB | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida |
10 | Faoliyat turlari bo‘yicha maxsus huquqiy rejimli obyektlar: | | | |
| I toifa | ATB | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida |
| II toifa | ATB | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida |
| III toifa | ATB | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari miqdorida |
| IV toifa | ATTA loyihasi | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida |